3-Mavzu: Numizmatika fani shakllanishi va taraqqiyoti. G’arb va Sharq mamlakatlari numizmatikasi. Reja


Download 95.5 Kb.
bet12/28
Sana05.01.2022
Hajmi95.5 Kb.
#230616
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28
Bog'liq
Numizmatika 2dc75692e96c26f94c5205a82c7902dc

So‘g‘d tangalaridagi yozuvlar. O.I.Smirnova tuzgan “Katalog”ida 1493-1577 raqamlari ostida birlashtirilgan tangalar tarixiy filologik, san’atshunoslik tadqiqotlari uchun qimmatli manba bo‘lib xizmat qiladi.

Qadimgi Xorazm tangalari.

Miloddan avvalgi II asrda Yevkradit tetradrahmalariga taqlidan yirik kumush tangalar zarb etilgan bo‘lib, reversida o‘ziga xos belgi (tamg‘a) bilan ajralib turadi. Keyinchalik aversida Yevkradit tasviri mahalliy hukmdor surati bilan o‘zgartirilgan va yunon yozuvlari bilan bir qatorda podshoning ismi va unvoni haqida ma’lumot beruvchi Xorazm tilidagi yozuvlar, tanganing reversida esa suvoriylar tasvirlangan.

Ilk o‘rta asrlarda Xorazm mamlakatimizning boshqa hududlariga nisbatan farqliroq o‘z boshqaruv tarziga ega hukmdorlik edi. Ayniqsa, So‘g‘d va Toxaristandan farqli o‘laroq, bu yerda nisbatan markazlashgan sulola hukm surgan.

Xorazm tangalarining aversida chetga qarab turgan, peshonasida yarim oy, o‘ziga yarashiqli toj kiygan, soqolsiz shohning tasviri berilgan. Shohning bo‘ynida ikki qator marjon, boshi uzra tillaqosh tasmalari bor. Tangada shoh nomi zikr etilgan so‘g‘d yozuvi bo‘lib, uning tarjimasi: “Siyovushdek dongdor”: – demakdir. Tanganing reversida Xorazm suvoriylari hamda “Siyovush podsho hazratlari” degan yozuv bor.1 Shuningdek ulapga hukmdor qalpog‘i ustida o‘z davri mifologiyasi bilan bog‘liq turli e’tiqod timsollari, tuya, burgut kabi hayvonlarning tasviri aks etgan.

Vohaning islomgacha bo‘lgan numizmatikasi B.I.Vaynberg tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, qadimgi Xorazm yozuvlari aks etgan tangalarni tadqiq etish mobaynida tadqiqotchi yozma manbalarda, ayniqsa Abu Rayhon Beruniy asrlarida qayd etilgan 22 nafar Xorazm hukmdoridan bir qanchasining ismini topishga muvaffaq bo‘gan.2

Qadimgi Xorazm tarixini o‘rgangan arxeolog S.P.Tolstov “juda ko‘p tangalarning topilishi savdo ishining benihoyat rivoj topganidan xabar beradi”, degan edi.

Xorazmshohlar tomonidan zarb qilingan so‘nggi tangalarda arab yozuvlari paydo bo‘lib, bu o‘z o‘rnida Xorazmda arab xalifalarining ta’siri kuchayganligidan dalolat beradi.3


Download 95.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling