3-Mavzu: Numizmatika fani shakllanishi va taraqqiyoti. G’arb va Sharq mamlakatlari numizmatikasi. Reja


Download 95.5 Kb.
bet9/28
Sana05.01.2022
Hajmi95.5 Kb.
#230616
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28
Bog'liq
Numizmatika 2dc75692e96c26f94c5205a82c7902dc

Qadimgi Rim tangalari.

Dastlab Rim respublikasi, keyinroq Rim imperiyasi о‘sha zamon uchun muhim iqtisodiy omil bо‘lgan tanga zarb etish san’atini mukammal egallaganligi hozirgi kunda ham kishilarni hayratda qoldirmoqda.

Apenin yarim orolining о‘rta qismida Tibr daryosi oqib о‘tadi. Bu daryo tog‘lardan boshlanib, tekislik bо‘ylab dengizga oqib о‘tadi. Tekislik orasida tepaliklar bо‘lib, qadim zamonda bu tekislik botqoqlik bо‘lib, tepaliklar esa yaproqli о‘rmon bilan qoplangan. Tekislikda lotinlar qabilasi yashagan. Tibr dengiziga quyiladigan joydan 25 kilometr narida, daryoning sо‘l qirg‘og‘idagi tepaliklarda kichkina Rim shaharchasi bunyodga kelgan. Rivoyatlarga kо‘ra, u eramizdan avvalgi VIII asr о‘rtalarida barpo qilingan. Rim va uning atrofida lotin, sabiyan va etrusk qabilalari yashaganlar. Bular birlashib Rim davlatiga asos solganlar. Bular Rimning eng qadimgi aholisi bо‘lib, ular patritsiylar deb atalgan. Patritsiylar (lotincha, «pater» о‘zbekchada ota degan sо‘zni bildiradi) ota – bobolari shaharga asos solganliklari bilan faxrlanib yurardilar. Patritsiylarning nufuzli oqsoqollardan «keksalar kengashi» tuzilgan bо‘lib, lotincha senat deb atalgan. Dastlab Rimni senat va podsho idora qilardi.

Rimda hunarmandchilik va savdo rivojlana boshlagan. Bozorlarda, ya’ni formalarda hunarmandchilik, qishloq xо‘jalik mahsulotlari va chorva mollari bilan savdo qilish kuchaygan. Bu tanga – pullarning muomulaga yanada kо‘proq chaqirishni talab qilardi.

Mil. av. 510-509 yillarda Rimning mahalliy aholisi qо‘zg‘olon kо‘tarib, о‘z podsholarini jabr – zulmligi tufayli taxtdan ag‘darib, uni quvib yuborganlar. Rimda podsho boshqaradigan xokimiyat yо‘q qilingan. Uning о‘rniga respublika ma’lum muddatga saylab qо‘yiladigan kishilar idora qiladigan davlat barpo bо‘lgan. Rimda davlatning oliy xokimiyati xalq kengash – konsullar hisoblangan.

Rimliklar mil. av. 238 – yilda Karfagenning zaifligidan foydalanib, Sardiniya va Korsika orollarini bosib oladilar. Sulh muzokaralariga kо‘ra, Sardiniya 1mln.tonna kumush beradi. Shuningdek Karfagen va Sardiniya kumush konlarining chuqurligi 1kilometrgacha chuqurlikkacha yetib borgan. Rimning koloniyalarini bosib olishining kо‘p qismi Reyn bilan bog‘liq. 1886 yilgi «Gorniy jurnal» ida shunday yozilgan edi.«Reynning о‘ng qirg‘og‘ida rim tog‘ ishlarini Vogaza yaqinidagi Jiroman va Markirxada uchratish mumkin…». «Yuqori Elzasda 200 sajendan ortiq rim shaxtalari joylashgan…». «Prireyna viloyatida rimliklar Shvarsvaldeda kumush konlariga ega bо‘lgan». Bu hududlarning barchasi Yuliy Sezar bosib olgandan keyin Rimning Galliya provinsiyasiga tegishli edi. Shuning uchun ham Galliyada galliya kumushidan Yuliy Sezar tangasi zarb qilingan.

Qadimda Rim respublikasida tovar – pul munosabatlari takomillashib, rivojlanib bordi. Buning natijasida Rimda juda kо‘plab pullar zarb qilina boshlandi. Jumladan eng qadimgi Rim tangalaridan biri Rim assisdir. Ass - qadimgi Rim pul birligi bо‘lib, kumushdan ishlangan bо‘lgan. Rim respublikasida mil.av.VI asrning 2-yarmidan qо‘yilgan tangalar chiqarila boshlagan. Ass rim funti, librama teng bо‘lgan, shuning uchun u libral assi deb atalgan. Mil. avvalgi III asr boshlarida ass 1 g 16 funtga kamaygan, ya’ni 54,59 grammga teng bо‘lgan. Miloddan avvalgi 218 yilda 1g‘12 funtga kamaygan, ya’ni 27,3 grammga, miloddan avvalgi 89 –yilda esa 1g‘24 funga kamaygan, ya’ni 13,46 grammga teng bо‘lib qolgan. Assning og‘irligi kamayib borgan sari unga bо‘lgan talab ham pasayib borgan. Ayni shu davrdan boshlab mis tangalar muomolaga chiqarila boshladi.

Ass aversida ikki yuzli Yanus tasviri, reversda esa kema burni va undan keyin tanga qiymatini bildiruvchi 1 belgisi mavjud bо‘lgan. Mil.avv. 217 yilgacha 10 ass 1 kumush dinorga teng bо‘lgan.Shuningdek mil.avvalgi III asrda zarb qilingan rim kumush tangasi aversida Ona bо‘ri va о‘g‘il bolalar tasvirlangan.

Yana bir qadimgi Rim tangalaridan biri denariydir. Denariy (lotincha dinarius sо‘zidan olingan) rim kumush tangasidir. Bir denariy kumush tangasi – 10 mis assga teng bо‘lgan. Denariy zarb qilina boshlaganda bir denariy 1,72 funtni tashkil qilgan, ya’ni 4,55 grammni tashkil qilgan.

Mil. av.217 yilda denariy 1.84 funtga pasaygan, ya’ni 8,9 grammni tashkil qilgan va 16 assga teng bо‘lib qolgan. Neron davrida (54-88 yy) denariy 1,96 funtni tashkil etgan, ya’ni 3,41 grammga teng bо‘lib qolgan.

О‘rta asrlarda denariy eng kо‘p muomolada bо‘lganligi uchun kо‘pchilik davlatlar denariyni turli davlatlarda boshqa – boshqa nomlar bilan atalgan. Masalan, Angliyada penni, Germaniyada pfennig, Fransiyada denye deb atalgan.

Viktoriat - qadimgi rim kumush tangalaridan biridir. Viktoriat kumush tangasi miloddan avvalgi 269 yildan zarb qilina boshlagan. Viktoriatning og‘irligi 3,9 grammga teng bо‘lgan. Keyinchalik Rim dinori keng muomalaga kiritilib zarb qilina boshlaydi, chunki dinorlar juda kо‘plab davlatlarda muomalada edi. Shuning uchun viktoriatga bо‘lgan talab pasaya bordi va sekin – asta muomaladan chiqib ketdi.

Rim respublikasi о‘zining oltin tangalari bilan ham dunyoga mashhur bо‘lgan. О‘sha tangalardan biri aureusdir. Aureus lotincha sо‘zdan olingan bо‘lib, «oltin» degan ma’noni bildiradi. Aureus rim oltin tangasi birinchi bor Yuliy Sezarning harbiy yurishlaridan keyin zarb qilina boshladi.Ungacha Rimda oltin tangalar juda kam chiqarilgan, ular sanoqli miqdorda bо‘lgan. Masalan Avgust davrida (30-14yy) oyiga 40 ta oltin rim funti chiqarilgan va u 8,19 grammga teng bо‘lgan.

Dastlab Rim respublikasi, keyinroq Rim imperiyasi о‘sha zamon uchun muhim iqtisodiy omil bо‘lgan tanga zarb etish san’atini mukammal egallaganligi hozirgi kunda ham kishilarni hayratda qoldirmoqda.

Qadimda Rim respublikasida tovar – pul munosabatlari takomillashib bordi. Natijada Rimda juda kо‘plab pullar zarb qilina boshlandi. Jumladan, eng qadimgi Rim tangalaridan biri assdir. Ass - kumushdan ishlangan. Rim respublikasida miloddan avvalgi VI asrning 2-yarmidan qо‘yilgan tangalar chiqarila boshlagan. Ass rim funti, libramaga teng bо‘lgan, shuning uchun u libral assi deb atalgan. Miloddan avvalgi III asr boshlarida ass 1g 16 funtga kamaygan, ya’ni 54,59 grammga teng bо‘lgan. Miloddan avvalgi 218 yilda 1g 12 funtga kamaygan, ya’ni 27,3 grammga, miloddan avvalgi 89 –yilda esa 1 g 24 funtga kamaygan, ya’ni 13,46 grammga teng bо‘lib qolgan. Assning og‘irligi kamayib borgan sari unga bо‘lgan talab ham pasayib borgan. Ayni shu davrdan boshlab mis tangalar muomalaga chiqarila boshladi.

Aversida ikki yuzli Yanus tasviri, reversida kema burni va tanga qiymatini bildiruvchi 1 belgisi mavjud bо‘lgan. Miloddan avvalgi 217 yilgacha 10 ass 1 kumush dinorga teng bо‘lgan. Shuningdek, miloddan avvalgi III asrda zarb qilingan rim kumush tangasi aversida ona bо‘ri va о‘g‘il bolalar tasvirlangan.

Yana bir qadimgi Rim tangalaridan biri denariydir. Denariy (lotincha dinarius sо‘zidan olingan) Rim kumush tangasidir. Bir denariy kumush tangasi – 10 mis assga teng bо‘lgan. Denariy zarb qilingach bir denariy 1,72 funtni tashkil qilgan, ya’ni 4,55 grammni tashkil qilgan.

Miloddan avvalgi 217 yilda denariy 1,84 funtga pasaygan, ya’ni 8,9 grammni tashkil qilgan va 16 assga teng bо‘lib qolgan. Neron davrida (54-88 yy) denariy 1,96 funtni tashkil etgan, ya’ni 3,41 grammga teng bо‘lib qolgan.

О‘rta asrlarda denariy eng kо‘p muomalada bо‘lgani uchun kо‘pchilik davlatlarda denariy turli nomlar bilan atalgan. Masalan, Angliyada penni, Germaniyada pfennig, Fransiyada denye deb atalgan.

Viktoriat - qadimgi Rim kumush tangalaridan biridir. Viktoriat kumush tangasi miloddan avvalgi 269 yildan zarb qilina boshlagan. Viktoriatning og‘irligi 3,9 grammga teng bо‘lgan. Keyinchalik Rim dinori keng muomalaga kiritilib zarb qilina boshlaydi, chunki dinorlar juda kо‘plab davlatlarda muomalada edi. Shuning uchun viktoriatga bо‘lgan talab pasaya bordi va asta-sekin muomaladan chiqib ketdi.

Rim respublikasi о‘zining oltin tangalari bilan ham dunyoga mashhur bо‘lgan. О‘sha tangalardan biri aureusdir. “Aureus” lotincha sо‘z bо‘lib, “oltin” degan ma’noni bildiradi. Aureus Rim oltin tangasi birinchi bor Yuliy Sezarning harbiy yurishlaridan keyin zarb qilina boshladi. Ungacha Rimda oltin tangalar juda kam chiqarilgan, ular sanoqli miqdorda bо‘lgan. Masalan, Avgust davrida oyiga 40 ta oltin Rim funti chiqarilgan va u 8,19 grammga teng bо‘lgan.


Download 95.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling