3-mavzu. Oliy o‘quv yurtlarida boshqaruv va ularning strukturasi
Oliy ta`lim muassasasi vakolatlari doirasida rektor
Download 181.21 Kb.
|
3 мавзу Oliy o‘quv yurtlarida boshqaruv va ularning strukturasi
Oliy ta`lim muassasasi vakolatlari doirasida rektor:
oliy ta`lim muassasasi ishchilar va talabalari uchun majburiy bo’lgan buyruq va topshiriqlarni chiqaradi; prorektorlarning aniq majburiyatlarini va mas`uliyatlarini belgilab beradi; ishchi va xizmatchilarni, hamda ilmiy pedagogik xizmatchilarni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilagan tartibda ishga qabul qiladi va ishdan bo’shatadi; oliy ta`lim muassasa tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar va bo’limlarining ilmiy tadqiqot, tajribiy- eksperimental kompetentsiyasini aniqlab beradi, va ularning nizomlarini tasdiqlaydi; oliy ta`lim muassasalari ishchilari lavozimli maoshlarini orttiradi yoki qo’shimcha to’lovlarni belgilab beradi; kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki boshqa davlat organi bilan kelishilgan holda ishchilarning ichki tartib qonun qoidalarini tasdiqlaydi; Qonunchilikda ko’rsatilgan boshqa vakolatlarni bajaradi. Rektor byudjetdan ajratilgan va oylik maosh fondi mablag’lari chegarasida, oliy ta`lim muassasasi xizmatchilarining lavozim maoshlari tarif setkasi va oyliklarga o’rnatilgan limitlardan kelib chiqqan holda: oliy ta`limni boshqarish bo’yicha davlatning vakolatli organi bilan kelishilgan holda ilmiy kengashning maslaxatiga ko’ra fakultetlarni ochish va yopish huquqiga ega; O’zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalariga ajratilgan shtatlarga dekan va dekan o’rinbosarlarini tayinlash huquqiga ega. Oliy ta`lim muassasasi faoliyatining asosiy masalalarini ko’rib chiqish uchun ilmiy kegash tashkil qilinadi. Oliy ta`lim muassasasida ijtimoiy boshqaruv organi bo’lgan vasiylar kengashi tashkil qilinadi. Uning tarkibiga ta`sischilar, mahalliy hokimiyat organlari, vazirlik va idora sohalari, muassasa va tashkilotlar, boshqa ta`lim muassasalari, ijtimoiy tashklotlar, fondlar va homiylarning vakillari kiradi. Oliy ta`lim muassasasi haqidagi amaldagi qonunchiligiga va Nizomiga ko’ra unda ijtimoiy tashkilotlar, ilmiy va ko’ngilli jamiyatlar, dissertatsiyani himoya qilish kengashlari, ilmiy-uslubiy va ilmiy-texnik kengashlar, hamda yosh olimlar kengashini va shunga o’xshashlarni tashkil qilinishi taqiqlanadi. Download 181.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling