3-mavzu. Oliy o‘quv yurtlarida boshqaruv va ularning strukturasi
1.Oliy o‘quv yurtlari boshqaruvining markaziy, hududiy organlari va ularning vazifalari.
2.Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining tashkiliy tuzilmasi.
3.Oliy o‘quv yurtlarining fakultetlari, kafedralari va ularning vazifalari.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: аqliy hujum, dialogik yondashuv, insert usuli, qanday sxemalari, blits-so‘rov, munozara, diagramma- venna, o‘z-o‘zini nazorat, piramida.
Abadiyotlar: A1, А 4, А 5, Q8, Q10, Q11, Q12, Q13, Q 14, Q15, Q16, Q17, Q19, Q20, Q21, Q22, Q23, Q26
O’zbekiston Respublikasining ta`lim tizimi quyidagilardan iborat:
davlat ta`lim standartlariga muvofiq ta`lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta`lim muassasalari;
ta`lim tizimi ishlashi va rivojlanishi uchun kerakli tadqiqot ishlarini olib boruvchi ilmiy-pedagogik tashkilotlar;
ta`lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari shuningdek ular boshqaruvi ostidagi korxona, muassasa va tashkilotlar.
O’zbekiston Respublikasi ta`lim tizimi yagona va yaxlitdir.
O’zbekiston Respublikasida ta`lim quyidagi ko’rinishlarda amalga oshiriladi:
maktabgacha ta`lim;
umumiy o’rta ta`lim;
o’rta maxsus kasb-hunar ta`limi;
oliy ta`lim;
oliy ta`limdan keyingi ta`lim;
malaka oshirish va kadrlarni qayta tayorlash;
maktabdan tashqari ta`lim.
1-rasm. O‘zbekiston Respublikasida ta’lim turlari
TA`LIMNI BOSHQARISH ORGANLARI
Ta`lim tizimining umumiy boshqaruvini Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Shuningdek,Vazirlar Mahkamasi alohida oliy ta`lim muassasasi, Toshkent Islom Universiteti, shuningdek xalqaro mashhur xorijiy OTMlar (MDU, Westminster Universiteti va hokazo) filiallarini bevosita boshqaradi.(2- rasm)
Do'stlaringiz bilan baham: |