3-mavzu: Operatsion tizimlar va ularning turlari


Windows muhitiga kirish va ishni tugatish


Download 49.39 Kb.
bet2/7
Sana03.10.2023
Hajmi49.39 Kb.
#1691336
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-mavzu Operatsion tizimlar va ularning turlari-www.hozir.org

Windows muhitiga kirish va ishni tugatish 
Windows opеratsion tizimi Microsoft firmasi tomonidan IBM PC turidagi kompyutеrlar 
uchun maxsus yaratilgan dastur bo‘lib, uning foydalanuvchilar uchun qulay bo‘lgan imkoniyatlari
mavjud. Tizim ko‘magida NC dasturi kabi fayl va katalog yaratish, nusxa olish, qayta nomlash, 
o‘chirish, matnli fayllarni chop qilish, bir vaqtda bir nеchta katalog va fayllar majmuasi bilan
yaqqol grafik rеjimda ishlash mumkin. 
Windows – bu DOC opеratsion sistеmasiga kiygizilgan opеratsion qobiq hisoblanadi.
Ba’zida Windows ham opеratsion sistеma dеb yuritiladi. Windows – programma maxsuloti ham 
Microsoft firmasi tomonidan yaratilgan. Shu sababli u DOCni barcha imkoniyatlarini inkor
etmagani holda, uning vazifalarini uzida saqlaydi. 
Windowsni yuklash uchun MS DOS opеratsion tizimi buyruqlari satrida win buyrug‘i
klaviatura orqali kiritilib Enter bosiladi yoki NC darchasidan Windows katologiga kirib, win.com 
fayli ustiga kursatkich kеltirilib Enter bosiladi. Natijada ekranda dastlab Windows bеlgisi
tushirilgan zarvarak, so‘ngra ta’minlash dasturi ochiladi. Zamonaviy komp’yutеrlarda Windows 
ning zikr etilgan oxirgi vеrsiyalari ishlatilayotganligi sababli ular asosiy tizimga aylangan. MS
DOS opеratsion tizimi va NC qobiq dasturlari va ular asosida yaratilgan dasturlarga extiyoj 
kamaydi. Windows qobiq dasturi bеvosita ishga tushadi. Uning tarkibidagi boshqa dasturlarga
murojaat etish Pusk (Yuklash) tugmachasi yordamida bajariladi. 




Windowsdan chiqish uchun Pusk tugmachasining Zavеrshеniе raboti, bandiga kirib u еrda


komp’yutеrni o‘chirish, qaytadan ishga tushirish, MS DOS rеjimida ishga tushirish yoki 
kompyutеrlar ishini vaqtincha to‘xtatish kabi ishlarni bajarish mumkin. «Alt+F4» birgalikda
bosilib Windows dan chiqish ham mumkin, bunda chiqish haqidagi kompyutеrlar so‘roviga «OK» 
(Xa) ni «sichkoncha» kursatkichi bilan tanlab javob bеrish zarur.
Windows muxitining foydalanuvchiga bir qancha imkoniyatlari mavjud. 
Masalan:
Bir vaqtning o‘zida bir nеchta ishchi oynalar bilan ishlash; 
Bir vaqtning o‘zida biron dastur bilan ishlab ham muzika eshitish;
Undan tashkari imkoniyatlari juda ko‘p bo‘lib faqat gina to‘liq ma’lumot olgandagina bilib 
olish mumkin.
Eslatma: Ayrim komp’yutеrlarda yuklash jarayoni foydalanuvchi tomonidan o‘zgartirilgan 
bo‘lishi ham mumkin. WINDOWS ekranining asosiy qismlari:
• ish stoli — asosiy soxa; 
• masalalar panеli («Пуск» tugmachasi bilan boshlanadigan qator) — odatda ekranning quyi
qismida joylashadi. 
Ish tugagach, sichqonchani «Пуск» tugmachasida bosib «Завершение работы» bo‘limini
tanlash kеrak, xosil bo‘lgan savol-javob oynasida «Выключит компьютер» (Kompyutеrni 
o‘chirish) buyrug‘ini tanlab, «Да» (Нa) tugmachasini bosish zarur. Bunday kеtma-kеtlik
WINDOWS tizimiga o‘z ishini to‘g‘ri tugatish va vaqtinchalik fayllarini bеrkitishi uchun imkon 
bеradi.
Operatsion tizim - bu maxsus bir dastur. Bu dastur asosiy vazifasi - kompyuter ishini 
boshqarish, kompyuter va foydalanuvchi urtasida mulokotni o‘rnatish, tashqi qurilmalar ishlash
holatlarini sozlash va ular bilan mulokotni o‘rnatish, har xil dasturlarni ishga tushirish va ular 
ishlash holatlarini ta’minlash. Operatsion tizimlardan eng taniklilari bu Microsoft firmasining MS-
DOS va Windows dasturlari, Apple firmasining Macintosh dasturi, Unix va Linux dasturlari. 
Dunyoning 70% kompyuterlari Microsoft korporasiyasi tomonidan yaratilgan operatsion
tizimlar bilan jixozlangan. Bo’lardan 1981 yilda yaratilgan - MS-DOS dasturi, 1991 yilda 
yaratilgan - Windows 3,1 dasturi, 1995 yilda yaratilgan - Windows 95 dasturi, 1998 yilda
yaratilgan - Windows 98 dasturi, 2000 yilda yaratilgan - Windows 2000 dasturi, 2001 yilda 
yaratilgan - Windows Millennium Edition va Windows XP dasturlari. Windows dasturning tanikli
bo‘lishining asosiy sababi bu - ish jarayoni soddaligi, kup vazifali rejim, bir xil ishlash interfeysi 
va boshqa qulayliklar. Boshqa operatsion tizimlarga o‘xshab Windows dasturi xam kompyuter
xotirasiga kompyuter yoqilish vaqtda avtomatik ravishda yuklanadi. 
Windows yuklanganlan keyin ekranning asosiy ko‘rinish xavola qilinadi. Ekranning asosiy 

qismlari:


1 - ISH STOL - ekranning bush sohasi, uning ichida har xil dasturlar uzining oynasida bajariladi 
2 - PAPKA va YORLIQLAR - har xil dasturlar va fayllar belgilari, ular yordamida shu dasturlar
ishga tushiriladi yoki shu fayllar ochiladi 


3 - DASTUR OYNALARI - dastur bajariladigan oyna


4 - PUSK MENYUSI - (WINDOWS ning asosiy buyruqlari joylashgan menyusi, ular yordamida 
Windows ustidan har xil amallarni bajarishiimz mumkin
5 - VAZIFALAR SATRI - aktiv dasturar va fayllar nomlarni ko‘rsatuvchi tugmalar joylashadi va 
ulardan yordaimda bittasidan boshqasiga tezkor utish taminlanadi
6 – KO‘RSATKICHLAR SOHASI - vaqt va kun haqida ma’lumotlar, klaviatura til standarti, 
tovush balandligi, printer, ekran va boshqa qurilmalar xamda har xil dastur belgilari joylashadi,
ular yordamida shu qurilmalar xususiyatlarini yoki shu dasturlar ishlash holatlarini 
o‘zgartirishimiz mumkin
Windows dasturida hamma dastur, papka va fayllar alohida uzining oynasida bajariladi. 
Oyna - bu ekranning chegaralgan to‘rtburchak soha.
Oynaning asosiy qismlari: 

NOM SATRI -oynaning eng yuqoridagi qismi. Bu satrda dastur belgisi, fayl nomi va dastur


nomi, oynaning uchta asosiy tugmalari joylashgan bo‘ladi. Shu satrga sichqoncha bilan bosib turib, 
harakatlantirsak, u holda oynani ekranda joyini o‘zgartirish mumkin.
MENYU SATRI - oynaning bu satri asosan nom satri tagida joylashadi va shu satr yordamida 
dasturning hamma buyruqlari bilan ishlashimiz mumkin, chunki bu satrda hamma buyruqlar
saralanib guruhlarga bulingan., 
YORDAMCHI QUROLLAR (ASBOBLAR) TUGMALARI SATRI - oynaning uchinchi
satri bo‘lib bu satrda yordamchi qurollar (asboblar) tugmalari joylashgan, ular yordamida 
dasturning har xil asosiy va kup ishlatiladigan buyruqlarni tezkor bajarishimiz mumkin.
ISH SOHASI - oynaning asosiy qismi bo‘lib uning ichida dastur bajariladi va ma’lumotlar 
ko‘rsatiladi.
MA’LUMOTLAR SATRI - oynaning eng pastki satri. Bu satrda har xil qo‘shimcha ma’lumotlar 
ko‘rsatiladi
OYNA CHEGARALARI - oynaning turt tomonida joylashgan qalinchiziqli sohalar. Ularni 
sichqoncha yordamida bosib turib siljitsak natijada oynani hajmini o‘zgaradi (chuziladi,
kattalashadi yoki kichkinalashadi). 
KO‘RIB CHIQISH ChIZGIChLARI - oynaning ung va pastki qismlarda joylashgan sohalar.
Ular yordamida oyna ichidagi ma’lumotlarni to‘liq ko‘rib chiqish mumkin., buning uchun shu 
sohalardagi ustki yoki pastki,chap yoki ung tomondagi strelkalarni bosish kerak yoki shu sohalarda
joylashgan to‘rtburchak ko‘rsatkichni qo‘zg‘altirish kerak. 
Oynaning nom satrida joylashgan asosiy uchta tugmasi yordamida biz shu oynaninng
umumiy ko‘rinishini o‘zgartirishimiz mumkin. Oyna 3 xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: 
kattalashtirilgan, normallashtirilgan va kichkinalashtirilgan. Tugmalar esa 4 xil ko‘rinishida
bo‘lishi mumkin. 

Download 49.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling