3-Mavzu: O’qituvchi faoliyatida muloqat madaniyati va psixologiyasi Quyidagi amaliy ishlarni bajaring


Download 31.54 Kb.
bet1/2
Sana24.12.2022
Hajmi31.54 Kb.
#1056621
  1   2
Bog'liq
amaliy-3


3-Mavzu: O’qituvchi faoliyatida muloqat madaniyati va psixologiyasi
Quyidagi amaliy ishlarni bajaring:
I. Nazariy bilimlarni o’zlashtirishga oid ko’rsatmalar.
a) Ta`lim jarayonida muloqatni tashkil etishda milliy madaniy asoslar va umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi. Sharqona muloqot.
b) Pedagogik muloqot va uning funkciyalari
v) Muloqatni boshqarish uslublari.
II. Muloqotni kuzatish va o’zlashtirishga oid amaliy ishlar.
Nazariy mashg’ulotlar va kuzatishlar asosida muloqotga oid qarashlarni shakllantirish, rivojlantirish.
muosharat odobining ta`lim jarayonidagi ahamiyati. Sof adabiy tilda so’zlashish.
Muloqatga o’rgatuvchi o’yin mashqlaridan foydalanish.
ADABIYoTLAR

  1. Omonov X., Xo`jayev N., Madyarova S., Eshchonov E. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – T.: IQTISOD-MOLIYA, 2009

  2. Азизхўжаева Н.Н. Педагогик технология ва педагогик маҳорат. – Т.: Фан, 2006.

  3. Очилов М.,Очилова Н.Ўқитувчи одоби.Сайланма. –Т.:Ўқитувчи, 1997

  4. Zyazyuna Yu. Osnoviu pedagogicheskogo masterstvo.- M., 1998.

  5. Il`in I. Muomala san`ati. Pedagogik izlanish. -T., 1990.

  6. Muomala treningi. Muallif tuzuvchilar E.G`oziev, R.Toshimov. ToshDU. -T.,1994, 15-16 betlar

Tayyorlanish joyi- o’quv zali
O’tish joyi- auditoriya.

MAQSAD:


  • Ta`limiy- Talablarning muomala, pedagogik muloqat, sharqona muloqat, muloqatning vazifasti, tuzilishi haqidagi bilimlarini mustahkamlash.

  • Tarbiyaviy- O’zaro va o’quvchilar bilan insoniy, do’stona muomalaga o’rgatish.

  • Rivojlantiruvchi- Muomala, muloqat madaniyati tarkib topishiga ko’maklashish. Talabada muloqatning demokratik uslubi qaror topishiga yordamlashish.

MAShG’ULOTNING BORIShI:
"Ta`lim to’g’risida"gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" talablariga muvofiq ta`lim - tarbiya ishlarida milliy - madaniy va umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligiga e`tibor berib kelinmoqda. Bu ustuvorlik turli xildagi muloqotlarda ham saqlab kelinsa maqsadga muvofiqdir.
Milliy qadriyatlarimiz va sharqona tarbiyamizning ta`siri muloqotda ham sezilib turadi. Bizda kishilar bilan munosabat, so’zlashuv va shuningdek ish, xizmat bilan bog’liq aloqaga muomala deyiladi. eng go’zal muomala lutf - karamdir. Alisher Navoiy buni muomala - pardoz deb yozadi. Xullas xalqimizda odamlar bilan munosib tarzda muomala qila bilishlik madaniyat, olijanoblik alomati deb tushunilgan.
Muomala madaniyati, eng avvalo, xalqimizning bolajonligi, oilani muqaddas bilishida namoyon bo’ladi.
Barcha madaniy xalqlarda bo’lgani kabi o’zbeklarda ham muomal "Assalomu - alaykum" va "Vaalaykum assalom"dan boshlanadi, keyin hol-ahvol so’rashishga o’tiladi.
Muomala va muloqotda xalqimizning milliy an`analari va urf-odatlari ham ta`sirini ko’rsatadi.
Xalqimizda azaldan ko’pchilik ishtirokida o’tadigan turli bolalar o’yinlari, choyxona suhbatlari, to’y - ma`rakalar, mavsumiy bayramlar - lola sayli, "boychechak" aytish, qovun sayli, qizlar majlisi, kelin salomi, yuz ochtisi, sumalak, kurash, mehmon kutish kabi ko’plab marosimlarimiz o’zbek xalqiga xos bo’lgan "o’zbekona", "Sharqona" tarbiyalashda muhim rol` o’ynaydi.
Xalq og’zaki ijodimiz ham bolalarda turli axloqiy sifatlarni tarbiyalashda katta rol` o’ynaydi.
Sharqona munosabatda ota - onaga hurmat bilan qaralishi, oilada otani o’rni alohida bo’lganligi, ota -onaning gapini ikki qilmaslik, ota - onaning izmidan chiqmaslik, shu bilan birga otaga gap qaytarish, unga tik boqish gunoh hisoblanishi kabi holatlarni ko’rishimz mumkin. Yoki ustozga hurmat bilan qarash kabi xislatlar ham katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Muloqat va muloqat madaniyatining ta`lim-tarbiya jarayonidagi ahamiyati o’rganiladi. Faqat to’g’ri, demokratik uslubda tashkil etilgan muloqat asosidagina o’quvchilarning mustaqil, erkin fikrlashini, ijodkorligini, do’stona munosabatini tashkil etish va ta`lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish mumkin. Bu esa Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Prezidentimiz asarlarida ilgari surilayotgan muhim talablardan biridir. Bunday darslar esa o’quvchilar tafakkurini rivojlantirishda ham muhim rol o’ynaydi.
Nazariy savollarga javoblar asosida muloqat haqidagi talabalar tushunchalari namoyon bo’ladi. Maktab o’qituvchilari va tarbiyachilar bilan o’qituvchi-o’quvchi munosabati, muloqatni tashkil etilishi to’g’risida suhbat tashkil etiladi. Muloqatda sharqona va o’zbek urf-odatlari va ularning ahamiyati masalalari ham ko’rib chiqiladi. Bunda pedagogik muloqata e`tibor qaratiladi:
Muloqot pedagogik faoliyatdagi eng muhim kasbiy qurol va pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlaridan biridir.
Pedagogik muloqot bu o’qituvchining o’quvchilar bilan darsda va darsdan tashqari vaqtda eng qulay psixologik muhit yaratishga qaratilgan kasbiy munosabatdir. Noto’g’ri pedagogik muloqotdan o’quvchida qo’rquv, ishonchsizlik paydo bo’ladi, e`tibor, diqqat, ishchanlik pasayadi, nutq dinamikasi buziladi, mustaqil fikrlash pasayadi.
Pedagogik muloqot funksiyalari. Pedagogik muloqot social -psixologik jarayon sifatida quyidagi funkciyalari bilan xarakterlanadi: shaxsni bilish; axborot almashinish; faoliyatni tashkil etish; rollar bilan almashish; boshqalar uchun qayg’urish; o’zini tasdiqlash1.
Muloqotning axborot almashish funkciyasi materiallar va qadriyatlar bilan almashish jarayonini ta`minlab, hamkorlikdagi izlanish muhitini, o’quv tarbiya jarayoni uchun qulay sharoit yaratadi.
O’qituvchi ta`lim - tarbiya jarayoniga shaxsiy rolli shakl kiritadi: o’quvchilarni darsning turli elementlarini bajarishga jalb etadi, o’quvchilarga tashkilotchi va ijrochi rollarida qatnashishga imkoniyat beradi.
Muloqot shaxsni o’zini tasdiqlash funkciyasini ham bajaradi. Pedagogning vazifasi o’quvchiga o’zining "Menligi"ni anglashga o’zining shaxsiy ahamiyatini bilishga, o’ziga baho berishga o’rgatishi kerak.
O’qituvchi darsni rejalashtira turib, faqat axborot berishni emas, balki bolalarni o’z fikrlarini bildirish, o’zini tasdiqlash uchun imkoniyat ham yaratish kerak.
Pedagogik muloqot bu o’qituvchi professional faolligining bir ko’rinishi bo’lib, bunda ta`lim va tarbiya vazifalari o’qituvchi hamda o’quv tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilari o’rtasidagi o’zaro ta`sir vositasi bilan hal qilinadi.
Shu erda muomala haqida ham to’xtab o’tishga to’g’ri keladi. Muomala - hamkorlik faoliyatining extiyojidan vujudga kelib chiquvchi, shaxslararo muloqot rivojlanishining ko’p qirrali jarayonidir. Muomala quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topgan:
1. Kommunikativ (bir tomonlama axborot uzatish. Muomala o’z ichiga hamkorlik faoliyatining qatnashchilari bilan o’zaro axborot almashuvni qamrab olgan bo’lib, kommunikativ jabha sifatida tavsiflanishi mumkin. Odamlar bir - birlari bilan muloqotda kirishishi jarayonida muomalaning muhim vositalaridan biri tilga va nutq; faolyatiga bevosita murojaat qiladilar.
2. Interaktiv (ikki tomonlama ta`sir) - muloqotga kirishuvchilarni o’zaro ta`siri, ularning nutq faoliyatida na faqat so’z orqali fikr almashinuvi, balki hatti - harakat va xulq atvori bilan o’zaro ta`sir o’tkazishi tushuniladi.
3. Perceptiv (o’zaro bir - birini idrok qilishi, anglashi) bunda muloqotga kirishuvchilar o’zaro bir - birlarini idrok qilish jarayoni namoyon bo’ladi, ya`ni ulardan biri ikkinchisining ishonchiga loyiq, aqlli, farosatli, tajribali, yuksak tayyorgarlikka ega inson sifatida idrok qilinadi.
Pedagogik muomala deganda o’qituvchi va talabalar (o’quvchi) jamoasining o’zaro ta`sir malakasi, usuli va tizimi anglashinib uning mohiyati, o’zaro axborot almashishi, ta`limiy va tarbiyaviy ta`sir o’tkazish o’zaro tushunishga erishish va uni tashkil etish tushuniladi.
O’quv - tarbiya jarayonida pedagogik muloqotni boshqarish uslublariga ham to’xtab o’tish maqsadga muvofiqdir. Ular:

Download 31.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling