3-Mavzu: O’qituvchi faoliyatida muloqat madaniyati va psixologiyasi Quyidagi amaliy ishlarni bajaring


Download 31.54 Kb.
bet2/2
Sana24.12.2022
Hajmi31.54 Kb.
#1056621
1   2
Bog'liq
amaliy-3

Avtoritar uslub. O’qituvchi guruhning faoliyat yo’nalishini shaxsan o’zi belgilaydi, kim - kim bilan o’tiradi, kim bilan ishlaydi o’qituvchi o’zi hal qiladi. Bunday uslubda ish yurituvchi o’qituvchi o’quvchilar tashabbusiga yo’l bermaydi. Hamkorlikning asosiy shakli - buyruq, ko’rsatma, instrukciya, ogohlantirish. Hatto kamdan kam bildiriladigan minnatdorchilik ham kamsitish shaklida bo’ladi. "Sen bugun yaxshi javob berding. Sendan buni kutmovdim" kabi.
O’quvchi xatosini ko’rsa, uni tuzatish o’rniga ustidan kuladi. U yo’g’ida ish sekinlashadi yoki butunlay tuxtab qoladi.
Demokratik uslub. O’qituvchi faoliyat maqsadini har bir o’quvchi ongiga etkazishga, ish borishini hal etishga hammani faol ishtirok etishga undaydi. O’zining vazifasini faqat nazorat va muvofiqlashtirishda emas balki tarbiyalaShda deb biladi, har bir o’quvchi rag’batlantiriladi, unda o’ziga ishonch paydo bo’ladi, o’z - o’zini boshqarish rivojlanadi. Demokratik uslubda boshqaruvchi o’qituvchi bolalarning individual qobiliyat va qiziqishlarini hisobga olib vazifalarni optimal tarzda taqsimlashga undaydi. Faollikni rag’batlantiradi, tashabbusni quvvatlaydi. Muloqotning asosiy shakli -iltimos, maslahat, axborot tarzida bo’ladi.
Liberal uslub. O’qituvchi jamoa faoliyatiga aralashmaslikka harakat qiladi, faollik ko’rsatmaydi, maslahatlarga formal qaraydi, turli ta`sirlarga tez beriladi. Javobgarlikdan o’zini olib qochadi.
eng yaxshi uslub - demokratik uslub. Miqdoriy ko’rsatkichlar avtoritar uslubdan kam bo’lishi mumkin, lekin ishlash ishtiyoqi, o’quv rahbar yo’g’ida ham davom etadi. Ijodkorlik yuqori bo’ladi, javobgarlik hissi, o’z jamoasi uchun faxrlanish rivojlanadi. eng yomon uslub - liberal uslub bo’lib, bunda ham ish kam bajariladi, ham sifat yomon bo’ladi.
Avtoritarizm o’qituvchi etukmasligini, uning axloqiy va siyosiy tarbiyasizligini bildirib, pedagogik madaniyati pastligi bilan xarakterlanadi.
Bolalarning mustaqil fikr yurita olish davri qaysi yoshdan boshlanadi? Maktablardagi mashg’ulotlar o’quvchilarning mustaqil fikr yurita olishlariga asoslanganmi? degan yurtboshimizning savollariga talabalar javob izlaydilar. O’qituvchi va o’quvchi muloqatidagi majburiy itoatkorlikdan voz kechish, ongli intizom jarayonini vujudga keltirish va uning ahamiyati tahlil etiladi.
O’qituvchining asosiy vazifasi o’quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko’nikmalarini hosil qilish, ijodkorligini oshirishga qaratilgan bo’lmog’i lozim.
Talabalarning muloqatga kirishish ko’nikmalarini aniqlash maqsadida qator testlardan, masalan, K.N. Tomos tomonidan tuzilgan «Shaxslararo munosabatni aniqlash testi» dan foydalanish mumkin.
Talabalardagi o’zaro shaxsiy munosabatning hissiylik darajasini sub`ektiv baholash uchun «Siz bilan muomalada bo’lish yoqimlimi?»2 deb ataladigan testdan foydalanish mumkin. Bunda tekshiriluvchilarga 10 ta savolga javob berish taklif qilinadi. Tekshiriluvchi savolga «ha», yoki «yo’k» deb javob berishi lozim.
Test savollari:

  1. Siz gapirishga qaraganda eshitishni yaxshi ko’rasizmi?

  2. Siz hatto o’zingiz tanimagan notanish kishi bilan ham suhbatlashish uchun mavzu topa olasizmi?

  3. Siz doimo suhbatdoshingizni e`tibor bilan tinglaysizmi?

  4. Siz maslahatlar berishni yoqtirasizmi?

  5. Agar suhbat mavzusi Siz uchun qiziqarsiz bo’lsa, buni suhbatdoshingizga bildirasizmi?

  6. Agar Sizni tinglashmayotgan bo’lsa, jahlingiz chiqadimi?

  7. Sizda har qanday masala bo’yicha o’z fikringiz bormi?

  8. Agar suhbat mavzusi siz uchun notanish bo’lsa, unda suhbatni davom ettirar edingizmi?

  9. Siz hammaning nigohida bo’lishni yoqtirasizmi?

  10. Siz yetarli bilimga ega bo’lgan hech bo’lmasa uchta predmetni egallaganmisiz?

Testning kaliti:


«Ha»: 1, 2, 3, 6, 7, 8, 9, 10.
«Yo’q» 4, 5.
Kalitdagi mos tushgan javoblarning hammasi qo’shib hisoblab chiqiladi. Har bir mos tushgan javob 1 ballga tengdir.
1-3 ball: Siz bilan muomala qilish har doim ham yoqimli emas, hatto ba`zida bir oz og’ir ham.
4-8 ball: Siz har doim yoqimli va diqqat e`tiborli suhbatdoshsiz, ammo kayfiyatingiz yomon bo’lsa suhbatdoshingizga e`tibor bermay qo’yasiz.
9-10 ball: Siz muomala jarayonida juda yoqimli suhbatdoshsiz, faqat juda oshirib yubormang.
Talabalardagi tinglay olish qobiliyatini aniqlash uchun «Siz suhbatdoshingizni tinglay olasizmi?»3 degan testdan foydalanish mumkin.
Bunda tekshiriluvchilardan 10 ta savolga javob berish talab qilinib, u quyidagi ko’rsatilgan javob variantlaridan birini tanlashi lozim bo’ladi:
a) har doim;
b) ko’p hollarda;
v) ba`zan
g) juda kam;
d) hech qachon.

Test savollari:



  1. Agar suhbat mavzusi yoki suhbatdoshingiz qiziqarsiz bo’lsa, unda suhbatni tezroq tugatishga harakat qilasizmi?

  2. Suhbatdoshingizning suhbat davomidagi hatti-harakatlari sizning jahlingizni chiqaradimi?

  3. Suhbat davomida suhbatdoshingiz tomonidan aytilgan noo’rin so’z yoki hatti-harakat sizni qo’pollikka undashi mumkinmi?

  4. Notanish kishi Siz bilan suhbatlashishga intilayotgan bo’lsada, lekin siz bunday suhbatdan qochishga harakat qilasizmi?

  5. Sizda suhbatdoshingizning gapini birdan bo’lib qo’yish odati bormi?

  6. Sizda umuman boshqa narsani o’ylab turgan holda, o’zingizni diqqat bilan suhbatdoshingizni tinglayotgandek ko’rsatish hollari bo’lib turadimi?

  7. Sizning suhbatdoshingiz kim ekanligiga bog’liq ravishda so’zlash ohangingiz, tovushingiz, yuz qiyofangiz o’zgarib turadimi?

  8. Agar suhbatdoshingiz Siz uchun gapirish noqulay bo’lgan mavzudan gap ochsa, unda suhbat mavzusini o’zgartirarmidingiz?

  9. Agar suhbat davomida suhbatdoshingiz so’zlarini noto’g’ri talaffuz qilsa, nom va terminlarni noto’g’ri aytsa, uni darrov to’g’rilashga harakat qilarmidingiz?

  10. Siz suhbat davomida talaffuz ohanglariga va kinoyalarga befarq bo’la olasizmi?

Test kaliti:


a) har doim- 2 ball;
b) ko’p hollarda- 4 ball;
v) ba`zan- 6 ball;
g) juda kam- 8 ball;
d) hech qachon- 10 ball.
Olingan javoblar test kalitiga solinganidan keyin umumiy ball hisoblab topiladi.
Suhbatdoshni tinglay olish qobiliyati olingan ballar asosida belgilanadi.
55 ball- o’rtacha daraja.
62 ball- tinglay olish qobiliyati o’rtachadan yuqoriroq.
Suhbatdosh to’plagan ball yig’indisi qanchalik ko’p bo’lsa, uning tinglay olish qobiliyati shunchalik yuqori bo’ladi.
e.G’oziev va R.Toshimovlarning «Muomala treningi» kitobidagi «Muloqatga o’rgatishga oid o’yin mashqlarining sistemalaridan» foydalanish ham mumkin.
O’yinga oid trening- bu muloqatga o’rgatish uchun bajariladigan o’yin mashqlarining sistemasidir. Treningning asosiy maqsadi- shaxsni ruhiy ozod qilish, unda tabiiy erkinlikni his etishni, o’z guruhida va undan tashqarida o’zaro munosabat va aloqa o’rnata olishni shakllantirishdan iboratdir. Bunda o’yinni tashkil etish, olib borish yo’llari ko’rsatilgan.
O’qituvchi-o’quvchi muloqatiga doir masalalar, pedagogik vaziyatlar ham berilib, muhokama etiladi.
XULOSA Barcha masalalar bo’yicha talabalar javoblari tinglanib, echilmagan masalalar yoritib beriladi. Muloqatni aniqlashga oid test javoblari, talabalarning mashg’ulotda ishtiroki, savollarga bergan javoblari tahlil etilib, har bir talabalaga tegishli maslahatlar beriladi. Talabalarning ishtirokiga mos ballar qo’yiladi.



1Yu.V. Zyazyuna. Osnoviu pedagogicheskogo masterstva. M., 1988 , 145 b.

2 Muomala treningi. Muallif tuzuvchilar E.G`oziev, R.Toshimov. ToshDU. -T.,1994, 11-12 betlar.

3 Muomala treningi. Muallif tuzuvchilar e.Ђoziev, R.Toshimov. ToshDU. -T.,1994, 15-16 betlar.

Download 31.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling