3-mavzu: O’qituvchining tarbiyachi sifatidagi mahorati


O‘qituvchining individual nutq madaniyati xususiytlari


Download 88.68 Kb.
bet2/7
Sana29.10.2023
Hajmi88.68 Kb.
#1733153
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-M

O‘qituvchining individual nutq madaniyati xususiytlari
a) nutqning to‘g‘riligi;
b) nutqning aniqligi;
v) nutqning ifodali bayon etilishi;
g) nutqning sofligi;
d) nutqning ravonligi;
j) nutqning boyligi.
O‘qituvchi pedagogik-psixologik muloqot jarayonining faol ishti-rokchisi sifatida o‘zida bir qator sifatlarni tarkib topishiga erishishi zarur. Chunonchi, u eng avvalo, mulohazali, bosiq, vaziyatni to‘g‘ri baholay oladigan, mavjud ziddiyatlarni o‘z iroda kuchi bilan bartaraf etishning uddasidan chiqa olishi zarur. O‘qituvchi o‘quvchilar, ota-onalar hamda hamkasblari bilan muloqot jarayonida fikrini aniq va to‘la bayon etilishi-ga ahamiyat qaratishi maqsadga muvofiqdir. Ular bilan munosabat jara-yonida so‘zni salbiy holatlar haqidagi dalillarni keltirishdan emas, aksin-cha, o‘quvchining (yoki hamkasbi, ota-onalar) muvaffaqiyatlarini e’tirof etishi, ularning yanada boyishiga ishonch bildirishi, u bilan tillasha olishiga imkon beradi. Muloqot jarayonida o‘qituvchining so‘zlaridan suhbatdoshiga nisbatan xayrixohlik, samimiylik, do‘stona munosabat sez-ilib turishi, shuningdek, imkon qadar ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lishi zarur.
O‘qituvchining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi uning o‘quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar orasida obro‘-e’tibor qozo-nishini ta’minlaydi.
2. Dars – ta’lim jarayonining asosiy shakli
Dars ta’lim jarayonining asosiy tashkiliy usuli bo‘lib, unda sinf dars tizimining barcha xususiyatlari aks etadi. Darsda o‘qituvchi tashkiliy tartibni va ta’limning muntazamligini ta’minlaydi.
Dars bevosita o‘qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomi-da muayyan o‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shaklidir. O‘qituvchining o‘quvchilarga pedagogik ta’sir ko‘rsatish mahorati dars jarayonida namoyon bo‘ladi.
O‘qituvchi darsda muayyan tayyorgarlikka ega o‘quvchilar jamoasi bilan faoliyat olib boradi. Darsda o‘qituvchi o‘ziga tegishli mutaxassislik fanining ma’lum bir reja asosida belgilangan mavzusini o‘quvchilarga tushuntirish bo‘yicha ishlaydi. Bilimlarni ta’lim metodlari asosida o‘quv-chilar ongiga singdiradi, o‘quvchilarning olgan bilimini muntazam ra-vishda baholab boradi. Dars doirasida ommaviy, guruhli va individual ta’lim shakllarini birlashtirish imkoniyatlari paydo bo‘ladi.
Darsda o‘qituvchi rahbar sifatida har bir o‘quvchining bilim olish xususiyatlarini inobatga oladi, o‘quvchilarning ta’lim jarayonida o‘rgani-layotgan fan asoslarini egallab olishlari, ularning idrok etish qobili-yatlarini rivojlantirish va ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalash hamda shakllantirish uchun qulay sharoitlar yaratadi.
Darsning tuzilishi oddiy va ancha murakkab bo‘lishi mumkin. Bu o‘quv materialining mazmuniga, darsning didaktik maqsadlariga, o‘quv-chilar va sinf jamoasining xususiyatlariga bog‘liq.
Ta’lim jarayonida darsning quyidagi turlari ajratib ko‘rsatilgan:
- aralash darslar;
- yangi materiallar bilan tanishish darslari;
- bilimlarni mustahkamlash va takrorlash darslari;
- o‘rganilganlarni umumlashtirish va tizimlashtirish darslari;
- ko‘nikma va malakalarni ishlab chiqish va mustahkamlash darslari;
- bilimlarni tekshirish darslari;

Download 88.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling