3. Mavzu: O’simliklarning asosiy bo’limlari va o’zbekistonning o’simlik qoplami Oʻsimliklar dunyosi


MAVZU: O’SIMLIK TURKUMLARI VA ULARNING TABIIY JOYLASHISHLARI


Download 57.38 Kb.
bet2/2
Sana10.02.2023
Hajmi57.38 Kb.
#1185442
1   2
Bog'liq
tabiiy fan 222 mustaqil ish

10.MAVZU: O’SIMLIK TURKUMLARI VA ULARNING TABIIY JOYLASHISHLARI
o’simliklar xom ashyobop turlar bo’lib, tabiiy flora tarkibida uchraydigan, bevosita foydalaniladigan yoki qayta ishlov berish mumkin bo’lgan o’simliklardir. Foydali o’simliklarni ularning foydalanilishiga ko’ra asosan ikki guruhga ajraladi: 1. Texnik o’simliklar (kauchik saqlovchi, smola saqlovchi va boshqalar), 2. Natur o’simliklar (oziq ovqat, dorivor, vitaminli va boshq.). Har bir guruh yana kichik guruhlarga bo’linadi. Ayrim o’simliklar yuqoridagi har ikki guruhga mansub bo’lishi mumkin. Foydali o’simliklarning tarqalishi, xo’jalikda ishlatilishining imkoniyatlari va mexanizmlarini eng muhim dorivor, oziq – ovqat va boshqa foydali o’simliklar zaxiralarini baholash va ularni o’rganish uslublarini ishlab chiqadigan fan bu botanika resursshunosligi deb ham ataladi.
O’zbekiston florasida 4500 ga yaqin yuksak o’simliklarning turlari mavjud bo’lib, ularning asosiy qismi foydali o’simliklarga kiradi, ya’ni bugungi kunda turli maqsadlarda foydalaniladi. Masalan, oziq ovqat o’simliklari 42 turni, ozuqabop (yem-xashak) o’simliklar 107 turni, dorivor o’simliklar 113 turni, alkaloid saqlovchi o’simliklar 76 turni, saponin saqlovchi o’simliklar 15 turni, efir moyli o’simliklar 53 turni, yog’ saqlovchi o’simliklar 56 turni, tanid saqlovchi o’simliklar 59 turni, bo’yoqbop o’simliklar 58 turni, kamed saqlovchi o’simliklar 9 turni, smola saqlovchi o’simliklar 9 turni, mum saqlovchi o’simliklar 5 turni, kauchuk saqlovchi o’simliklar 4 turni, selyuloza qog’ozbop o’simliklar 14 turni, yog’och beruvchi o’simliklar 16 turni, ziynat (bezak) uchun foydalaniladigan o’simliklar 30 turni, asal shira beruvchi o’simliklar 115 turni o’z ichiga oladi. O’zbekiston tabiati o’zining betakror go’zalliklari, serquyoshligi, tuproq va suvi bilan alohida ajralib turadi. SHuning uchun ham uning o’simliklar dunyosi nihoyatda boydir. Ko’p o’simliklar o’zining shifobaxshligi bilan halqimiz orasida keng tarqalgan bo’lib, ular halq va ilmiy tabobatda muvaffaqqiyatli qo’llanib kelinmoqda.
O’zbekiston foydali o’simliklari fani — foydali o’simlik turlari, foydali o’simliklarning foydali xususiyatlariga ko’ra guruhlarini o’rganadi, tahlil qiladi. O’zbekiston foydali o’simliklari fanining vazifasi foydali o’simliklarning botanik tavsifi va sistematikasi, tabiiy tarqalishi va ekologiyasi, foydali xususiyatlari va xalq xo’jaligida qo’llanilishi, inson hayotidagi roli va ahamiyati masalalarini o’rganishdan iborat. O’simliklar o’z tarkibida kishi organizmiga qandaydir ta’sir ko’rsata oladigan biologik faol moddalar saqlaydi. Biologik faol moddalar o’simliklarning hamma organlarida bir xil miqdorda to’planmaydi. Ba’zi o’simliklarda yer ostki organlarida, ba’zilarida yer ustki qismida to’planadi. Hozirgi paytda shifobaxsh o’simliklardan tayyorlangan dori-darmonlar keng miqyosda qo’llanilib kelinmoqda. Ruhiy xastaliklarni davolashda dorivor o’simliklarning 18 turidan, saratonni davolashda 7 turidan, qandli diabetda 24 turidan, ateroskleroz, yurak-qon tomirlari sklerozida 25 turidan, oshqozon xastaliklarida 10 turidan, qon bosimi xastaliklarida 22 turidan keng foydalanilmokda. Bundan tashqari, kashandalik va alkogolizmning oldini olishda, qondagi xolesterinni muvofiqlashtirib turishda ham shifobaxsh giyohlardan tayyorlangan dori-darmonlar yordam bermoqda. 15 Meva, sabzavot-poliz va ziravor o’simliklar kishi organizmini vitaminlar, uglevodlar, organik kislotalar, mineral tuzlar va boshqa muhim biologik faol moddalar bilan tahminlashda asosiy, bahzan yagona manba. Sabzavot, mevalar, ayniqsa ziravor o’simliklar mehda shirasining ajralishini kuchaytiradi, ishtaha ochadi va ovqat hazm bo’lishini yaxshilaydi. Natijada organizmdagi modda almashinuviga katta ta’sir ko’rsatadi. Lekin bundan xulosa qilib, faqat o’simlik mahsulotlari bilan ovqatlanib kun ko’rish mumkin, degan xulosaga kelinsa to’g’ri bo’lmaydi. Sababi o’simlik mahsuloti qanchalik foydali bo’lmasin, ularni ko’pchiligini tarkibida oqsil va moy kam saqlangani uchun birgina o’simliklarning o’zi inson organizmini yuqori sifatli, kerakli ovqat moddasi bilan tahminlay olmaydi.
Faqat o’simlik va hayvonlar mahsulotlarining kerakli miqdordagi aralashmasidan tashkil topgan ovqat ancha foydali bo’lib, insonni sog’lom bo’lib o’sishini tahminlay oladO’zbekiston foydali o’simliklarini foydali xususiyatlari va ishlatilishiga ko’ra quyidagi guruhlarga ajratiladi: 1.Oziq-ovqat o’simliklari; 2.Sabzavot-poliz o’simliklari; 3.Ziravor o’simliklar; 4.Dorivor o’simliklar; 5.Vitaminli o’simliklar; 6. Saponinli o’simliklar; 7.Manzarali o’simliklar; 8.Narkotik o’simliklar; 9.Asal beruvchi o’simliklar; 10.Bo’yoq beruvchi o’simliklar; 11.Efir moyli o’simliklar; 12.Tolali o’simliklar; 13.Oshlovchi moddali o’simliklar; 14.Moyli o’simliklar; 15.Em-xashak o’simliklari; 16.Madaniy o’simliklar; 17.Zaharli o’simliklar va b. O’zbekiston foydali o’simliklari fani ham barcha sohalarda bo’lganidek, boshqa fanlarning yutuqlariga tayanmasdan turib, o’zi mustaqil ravishda rivojlana olmaydi.

13.Mavzu; Hayvonot olamining yashash tarzi, turlari , ko’payishi va tarqalishi haqida


hayvonot olamining xilma-xilligi va tarixiy taraqqiyotini, hayvonlarning tuzilishi, hayot kechirishi, tarqalishi, rivojlanishi, shuningdek, ularning yashash muhiti bilan munosabatlarini oʻrganadi. 3. keng tarmoqli kompleks fan boʻlib, bir qancha mustaqil fanlarni oʻz ichiga oladi. Sistematika turlarning xilma-xilligi, ularning oʻzaro oʻxshashligi yoki bir-biridan farq qiluvchi belgilari asosida hayvonlarni sistemaga solish bilan shugʻullanadi. Hayvonlarning tashqi tuzilishini morfologiya, ichki tuzilishini anatomiya oʻrganadi. Solishtirma va evolyusion morfologiya turli sistematik guruxlarga mansub boʻlgan hayvonlarning tuzilishi va tarixiy rivojlanishini, embriologiya embrional rivojlanishini, etologiya xulq-atvorini tekshiradi. Fi-logenetika hayvonot dunyosining tarixiy taraqqiyotini, paleozoologiya qad. geologik davrda yashab qirilib ketgan hayvonlarni, ekologiya hayvonlarning tashqi muhit bilan va oʻzaro munosabatlarini, fiziologiya hayvonlar organizmi funksiyasini, biokimyo hayvonlar organiz-mining kimyoviy tarkibini oʻrganadi.
Tekshirish obʼyektlariga binoan ham 3. bir kancha fanlarga ajratiladi. Maye, bir hujayralilarni protozoologiya, yaʼni protistologiya, parazit chu-valchanglarni gelmintologiya, mollyuskalarni malakalogiya, qis-qichbaqasimonlarni karsionolo-giya, oʻrgimchaksimonlarni araxnologiya, kanalarni akarologiya, hasharotlarni entomologiya, baliklarni ixtiologiya, qushlarni ornitologiya, sut emizuvchilarni teriologiya oʻrganadi.
3. boshqa biol. fanlari hamda tibbiyot, veterinariya va q.x. bilan uzviy boglik. Z.ning koʻpgina boʻlimlari esa parazitologiya, gidrobiologiya, epizootologiya, epidemiologiya kabi kompleks fanlar tarkibiga kiradi. Odam va hayvonlarning parazitlarini oʻrganish tibbiyot va veterinariya parazitologi-yasi uchun muhim ahamiyatga ega. Tuproqda yashovchi hayvonlarni oʻrganish esa tuproq hosil boʻlishi jarayonlarini tushunib olib, tuproq unumdorligini oshirish tadbirlarini ishlab chiqish imkonini beradi. Ekologo-zoologik tadqiqotlar chorvachilik, ipakchilik, baliqchilik kabi q.x. tarmoqlarini rivojlantirish, ovlanadigan hayvonlar sonini tartibga solish, foydali hayvonlarni iqlimlashtirish va koʻpaytirish, shuningdek, q.x. zararkunandalariga qarshi kurashni toʻgʻri tashkil etishga yordam beradi. Turli hayvonlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni, shuningdek, hayvonlar organizmidagi biokimyoviy oʻzgarishlarni tadqiq etish parazit va zararkunanda hayvonlarga qarshi biologik kurash choralarini ishlab chiqishda muhim oʻrin tutadi. Zoologik tadqiqotlarda toʻplangan ilmiy maʼlumotlar organik olamning rivojlanishi toʻgʻrisidagi evolyusion taʼlimotni yaratish uchun asos boʻlib xizmat qilgan.
Hayvonlar haqidagi ilk yozma maʼlumotlar mil. av. 5—4 a.ga oid Misr, Xitoy va Yunon adabiyotlarida uchraydi. Z.ni rivojlantirishda Aristotel asarlari muhim rol oʻynaydi. U 452 tur hayvonning tuzilishi, hayot kechirishi va tarqalishi haqida maʼlumot bergan. Qad. Rim tabiatshunoslaridan Gay Pliniy (mil. 23—79 y.lar) oʻzining 37 kitobdan iborat "Tabiat tarixi" asarida oʻsha davrda maʼlum boʻlgan barcha hayvonlarni taʼriflab bergan. Boshqa tabiiyot fanlari qatori Z.ning bundan keyingi rivojlanishi Uygʻonish davridan boshlanadi. Bu davrda Xristofor Kolumb, Marko Polo, Magellan kabi sayyoxlarning dengizlar osha sarguzashtlari natijasida ilgari no-maʼlum boʻlgan yangi hayvon turlari kashf etildi. Ayni shu davrda shveysariyalik vrach va naturalist K. Gesnerning (1516—1565) 17 jildli "Hayvonlar tarixi" ensiklopedik asari pay-do boʻladi.
Z.ning taraqqiyotida 17-asrda mikroskopning kashf etilishi katta ahami-yatga ega boʻldi. Golland olimi A. Le-venguk "Mikroskop yordamida ochilgan tabiat sirlari" asari orqali mikros-kopik hayvonot dunyosini ochib berdi. Italiyalik olim M. Malpigi umurt-qali xayvonlar qon aylanish, ayirish sistemasi va terisining tuzilishini tushuntirib berdi. 17-asr oxiri va 18-asrning 1-yarmida J. Rey va ayniqsa K. Linneyning ishlari tufayli hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasiga za-min yaratildi. Aynan oʻsha davrdan 3. ayrim mustaqil tarmoklarga ajrala boshladi. K. Linney tur, urugʻ (avlod), turkum, sinf deb nomlangan sistematik kategoriyalarni umumlab berdi. Linney hayvonot dunyosini sut emizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar (suvda va quruqlikda yashovchilar bilan birga), baliqlar, hasharotlar va chu-valchanglar sinflariga ajratadi. U turni ikki nom bilan atash (binar nomenklaturshik taklif etadi. Fransuz J. Byuffon 3. sohasidagi barcha maʼlu-motlarni toʻplab, 36 jildli "Tabiat tarixi" asarini yozadi. Fransuz olimi J. Kyuvye qad. hayvonlarning kaznima qoldiqlarini oʻrganadi va organiz-mning bir butunligi, organlarning oʻzaro bogʻlikligi toʻgʻrisidagi organlar korrelyasiyasi taʼlimotini yaratdi. U fanga "tip" tushunchasini kiritdi va hayvonot olamini umurtqalilar, yumshoq tanlilar, boʻgʻimoyoklilar, ignaterililar tiplariga hamda 19 sin-fga ajratadi. 19-asrda biol.da tirik tabiatning murakkab formalari oddiy formalardan kelib chiqqanligidagi evolyusion gʻoyalarning rivojlanishida T. Shvan va M. Shleyden tomonidan hujayra nazariyasining ilgari suri-lishi katta ahamiyatga ega boʻldi. Turlarning oʻzgarishi va oddiy formalarning kelib chiqishini birinchi boʻlib J. B. Lamark tushuntirib berdi. U Linney sistematikasini takomillashti-rib, hayvonlarni 14 sinfga ajratadi.
Organik dunyo evolyusiyasi haqidagi materialistik taʼlimot asoschisi Ch. Darvin Z.ning rivojlanishiga ham be-vosita oʻz hissasini qoʻshgan, uning "Bigl" kemasida sayohatlari toʻgʻrisidagi "Izlanishlar kundaligi" (1839) asarida Jan. Amerika va unga yaqin orollardagi kemiruvchilar, qushlar, kaltakesaklar, toshbaqalar va b. hay-vonlar toʻgʻrisida ilk bor maʼlumot beriladi. Ayniqsa, uning boshchiligida tayyorlangan "Zoologiya" asari, "Moʻylovoyokli qisqichbaqasimonlar" monografiyasi (1851—54) katta ahamiyatga ega boʻldi. Z.da evolyusion gʻoyalar faqat Ch. Darvinning "Tabiiy tanlanish yoʻli bilan turlarning paydo boʻli-shi" asari nashr etilgandan soʻng toʻla-toʻkis oʻz asosini topdi. Olimning taʼ-limoti Z.ga qiziqishni yanada kuchay-tirib, bir qancha mamlakatlarda 3. jamiyatlari tashkil etildi. 1889-yildan boshlab zoologlarning xalqaro sʼyezdi, entomologlar va ornitologlarning xa-lqaro kongresslari chaqirila boshlandi. Dengiz, okean va quruqlik hay-vonlarini oʻrganish maqsadida juda koʻplab ekspeditsiyalar tashkil etiladi.
20-asrning 2-yarmidan boshlab sistematika sohasidagi tadqiqotlarda anʼ-anaviy usullar bilan bir qatorda tobo-ra koʻproq biokimyoviy, serologik, ka-riologik, molekulyar va genetik usullar keng tadbiq qilina boshladi. Bu borada DNK molekulasi strukturasining aniklanishi (A. N. Belozerskiy), tuproq hosil boʻlishida hayvonlar ahamiyatining koʻrsatib berilishi (Gilyarov), zararkunanda hasharotlarga qar-shi kurashning genetik usuliga asos solinishi (A. S Serebrovskiy) katta ahamiyatga ega boʻldi.
Oʻzbekistonda Z.ning rivojlanishi Sharqning buyuk allomalari nomi bilan bogʻliq. Abu Rayhon Beruniy 101 hay-von va ulardan olinadigan doridar-monlar toʻgʻrisida yozib qoldirgan. Uning "Hindiston" asarida (1030) bu oʻlka hayvonlari toʻgʻrisida qiziqarli maʼlumotlar keltiriladi. Abu Ali ibn Siyaoning "Kitob ash-shifo" asarida odamda parazitlik qiluvchi gelmintlar toʻgʻrisida maʼlumot beriladi. Bu asardagi ayrim gelmintlar nomi (qovoqsimon qurt, mitti qurt) xrzir-gacha saqlanib qolgan.

Download 57.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling