3-mavzu: Ovqat hazm qilish tizimining yosh xususiyatlari va ovqatlanish gigiyenasi. Qon va qon aylanish tizimining yosh xususiyatlari va gigiyenasi. Ayiruv va nafas tizimlarining yosh xususiyatlari va gigiyenasi Reja
Download 167.98 Kb.
|
3-mavzu
Kekirdak yoki traxeya. Traxeya hiqildoqning pastki qismida ya’ni VI-VII bo’yin umurtqalari ro’parasidan boshlanib V ko’krak umurtqasigacha davom etadi. Traxeya yangi tug’ilgan bolalarda kalta va nozik bo’lib, tog’ay va muskul qavatdan iborat. Uzunligi 3-4 sm, 5 yoshda 5-6 sm, 10 yoshda 6,3 sm, 15 yoshda 7,5 sm kattalarda esa 9-13 smgacha bo’ladi. Uning uzunligi va tog’aylar kattaligi yosh ortishi bilan ortib boradi. Traxeya shilliq qavati nozik, qon va linfa tomirlari bilan mo’l ta’minlangan bo’ladi. Shuning uchun ham chang zarrachalari va mikroblar traxeya shilliq qavatiga tez o’rnashib oladi, bronxga o’tkazib beradi.
Bronxlar. Traxeya V ko’krak ro’parasiga kelib o’ng va chap bronxlarga bo’linadi. Bronxlar 7 yoshgacha tez o’sib, o’pka to’qimasiga kirib, xuddi daraxt shoxiga o’xshab, juda ko’p mayda bronxlarga tarmoqlanadi va bora-bora alveola pufakchalarini hosil qiladi. O’pka. O’pka bir juft bo’lib ko’krak qafasining ikki tomonida joylashgan bo`lib, o`ng va chap o`pkadan iborat bo`ladi. Har bir o`pka qonussimon bo`lib, ustki qismi, uchi, pastki qismi esa asosi deyiladi. Bolalarning yoshi ortishi bilan o`pkaning og`irligi va hajmi ortib boradi. Yangi tug`ilgan bolalarda ikki o`pkaning og`irligi 50-57 g, 1-2 yoshda 225 g, 5-6 yoshda 350 g, 9-10 yoshda 395 g, 15-16 yoshda 690-700 g, kattalarda esa 1000 g. bo`ladi. O`pka hajmi yangi to`g`ilgan bolalarda 70 sm3, 1 yoshda 270 sm3, 8 yoshda 640 sm3, 12 yoshda 680 sm3, katta odamda esa 1400 sm3 bo`ladi. O`pkaning o`sishi asosan, alviolla hujayralarining ortib borishi hisobiga bo`ladi. Bu nafas va gaz almashinuviga ta'sir qiladi. Alveolalar-devorlari yupqa bo`lishi va ularning qon kapilyarlar turi bilan o`ralib turishi qon gazlari bilan o`pka gazlari orasida almashinuv jarayonlari yuzaga chiqishida imqon beradi. Yangi tug`ilgan bolalarda alviollalarning soni katta odamlarnikiga qaraganda 3 marta kam bo`ladi. Alviollalarning intensiv o`sishi ayniqsa bolaning 12 yoshidan boshlanadi. Bu esa o`pkaning yuzasini ancha ortishiga sabab bo`ladi, chunki bolalarda gaz almashinuvi intensiv kechib, bola tez o`sib rivojlanadi. Yangi tug`ilgan bolalarda alviollalarning hajmi 0,5mm, 3-4 yoshda 0,12mm, 15 yoshda 0,17mm keladi. Yangi to`g`ilgan o`g`il va qiz bolalarda nafas olish qorin tipida, ya'ni asosan diofragma hisobiga bo`ladi. Ko`krakning yuqori qismlari harakati juda kam bo`ladi. Bola 2 yoshdan tik yura boshlashi bilan ko`krak qafasi vertikal holatda ko`proq bo`lib, bolada ko`krak tipidagi nafas olish taraqqiy eta boshlaydi. Bolaning 3 yoshidan boshlab ko`krak tipidagi nafas olish yaqqolroq vujudga kela boshlaydi. Bolalarda nafas olish kattalarga nisbatan tez va yuzaki bo`ladi. Bolaning yoshi ortishi bilan o`pkaning havo sig`imi ortib boradi. Bolaning nafas olishi tez bo`lgani uchun o`pkaning ventilyatsiyasi yuqori bo`ladi. Yosh bolalarda organizmning kislorodga bo`lgan talabi juda yuqoridir, chunki bolalarda energiya va moddalar almashinuvi juda intensiv ravishda kechadi. M-n: 1 kg. bola organizmi kislorod bilan normal ta'minlanishi uchun, o`pkasidan 1 minutda 1400-1500 sm3 havo o`tishi kerak. Katta odamning 1 kg. tirik massasining kislorodga bo`lgan extiyojini qondirish uchun esa 300-400sm3 havo o`tishi kerak. Bolalarning tinch holatida va ayniqsa muskul ishida kattalarga nisbatan tez-tez nafas oladi. Agarda bolalar sistematik ravishda jismoniy mashq bilan, ayniqsa qayiqda suzish, voleybol, yengil atletika, suzish sporti bilan shug`ullansa, o`pkaning tiriklik sig`imi ortadi. Bunga asosiy sabab, jismoniy mashqlanish jarayonida organizmni kislorodga bo`lgan extiyoji ortadi, natijada o`pkaning nafasda ishtirok etadigan yuzasi ham asta-sekin kattalashib boradi. Shu bilan birga tomirlardan vaqt birligi ichida o`pkaga oqib keladigan qon miqdori hamko`payib boradi, bu esa bolalarda gazlar uchun ancha qulay sharoitlarni yaratadi. O`pka maxsus parda yoki plevra bilan qoplangan bo`ladi. Plevraning bir varag`i ko`krak nafasi bilan diafragmaning ichki tomondan qoplab tursa, ikkinchi varag`i o`pkani o`rab turadi va bu varaqlar o`pka oldi yonida bir-biri bilan bilinmay qo`shilib ketadi. Yopiq turadigan varaqlar orasidatirqishsimon bo`shliq plevrabo`shlig`i bo`ladi, unda bir oz miqdorda suyuklik bo`ladi, shu suyuqlik varaqlarni namlab turadi va bir -biriga ishqalanishga yo`l qo`ymaydi. Download 167.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling