3-mavzu: Ovqat hazm qilish tizimining yosh xususiyatlari va ovqatlanish gigiyenasi. Qon va qon aylanish tizimining yosh xususiyatlari va gigiyenasi. Ayiruv va nafas tizimlarining yosh xususiyatlari va gigiyenasi Reja


Download 167.98 Kb.
bet2/23
Sana20.06.2023
Hajmi167.98 Kb.
#1634224
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
3-mavzu

Ovqat hazm qilish organlariga: og’iz bo’shlig’i va undagi organlar, xalqum, qizil o’ngach, meda, iingichka va yo’g’on ichaklar hamda meda osti bezi, jigar kabi organlardan tashkil topgan. Ularning ish faoliyati markazi uzunchoq miyada bo’lib, markaziy nerv sistemasi tomonidan boshqariladi.
Og’iz bo’shlig’i ovqat hazm qilish organlarining boshlang’ich qismi bo’lib, dahlizi va haqiqiy og’iz bo’shlig’idan tashkil topgan.
Lablar. Uyqori pasrki lablar muskullardan iborat bo’lib, ular og’izning kirish qismini hosil qiladi.
Og’iz bo’shlig’ida tishlar, til va so’lak bezlarining kanalchalari joylashgan.
Tishlar, ularning tuzilishi va gigiyenasi. Tishlar ikki hil bo’ladi: sut tishlari 20 ta doimiy tishlar 32 ta. Bola 6-8 oylik bo'lganda sut tishlar chiqa boshlaydi. Dastlab kurak tishlar, so'ng qoziq, kichik oziq tishlar chiqadi. Sut tishlar 7 yoshdan boshlab tushib, ularning o'rniga doimiy tishlar chiqa boshlaydi. 7 yoshda 1-katta oziq tish, 8 yoshda 1-kurak tish, 9 yoshda 2-kurak tish, 10 yoshda 1-kichik oziq tish, 13-16 yoshda katta oziq tish, 11-15 yoshda 2-oziq tish, 18-30 yoshda 3-oziq tishlar chiqadi.
Doimiy tishlar soni 32 ta bo’lib, yuqori va pastki jag’da 16 tadan, jag’larning o’ng va chap tomonida 8 tadan bo’ladi. Shulardan olingi ikkitasi kurak, 1 tasi qoziq, 2 tasi kichik oziq tish va uchtasi katta oziq tishlardir. Doimiy tishlarning 28 tasi 12-14 yoshgacha chiqadi 4 tasi, ya’ni yuqori va pastki jag’lardagi oxirgi katta oziq tishlar (aql tishlar) 18 yoshdan keyin chiqadi.
Tish uch qismdan iborat:tish toji (koronka), boyni va ildizi. Tishning ko’rinib turgan tashqi qismi koronka deb atalib, u oq emal moddasi bilan qoplangan. Bu modda tishga qattiqlik hususiyatini beradi. Tishning milk bilan birikkan joyi uning bo’yin qismi deb ataladi. Tishning ildiz qismi jag’ suyaklariga birikkan bo’ladi.
Sut tishlar tushib, doimiy tishlar chiqa boshlaganda bolalarga tishni cho'tka bilan yuvishga (uxlashdan oldin), ovqatlangandan so'ng og`izni iliq suv bilan chayishga o'rgatish, juda sovuq yoki issiq ovqat yeyish, qattiq narsalarni tishda chaqish zararli ekanligini o'qtirib borish kerak.
Til. Muskullardan tashkil topgan organ bo’lib, ovqatni aralashtirib xalqum (tomoq) gacha itarib beradi. Bundan tashqari til so’zlarning ravon talaffuz qilishida ham muhim rol o’ynaydi.
So'lak bezlar. 3 juft (til osti, jag' osti, quloq oldi) bo'lib, so'lak tarkibida musin, ptialin uglevodlarni parchalaydi), lizosim ( mikroblarni eritadi) kabi moddalar bor. Bir sutkada katta odamda 1,6 l so'lak ajralib so'lakning 98,5-99,5% suv, qolgani shilimshiq moddadan iborat. So'lak ajratish markazi uzunchoq miya va katta yarim sharlarda joylashgan.
Bola so’lak bezlaridan so’lak ajralishi 3-7 yoshlarda ko’p bo’ladi. So’lak tarkibidagi amilaza kraxmalni disoxoritlargacha parchalovchi fermentlarning aktivligi ham 2-7 yoshlarda eng yuqori bo’ladi. Bolaning quloq osti bezlari boshqa so'lak bezlariga nisbatiga ko'proq so'lak tarkibida oqsil miqdori oshib boradi,11-12 yoshda oziq moddalarga bir kecha-kunduzda 200sm3, ovqat yemaganda 400-600 sm3 so'lak ajraladi.
Quloq oldi bezi (glandula parotoidea) seroz suyuqlik ishlab chiqaruvchi bez bo’lib, og’irligi 20-30 g. U eng katta so’lak bezi bo’lib, noto’g’ri shaklga ega. Quloq oldi bezi quloq suprasini oldida va pastida, pastki jag’ suyagi shoxining tashqi yuzasida joylashib, qisman chaynov mushagini yopib turadi. Uni tashqi tomondan fastsiya va teri qoplagan. Yuqorida bez yonoq ravog’igacha borsa, pastda pastki jag’ urchagigacha tushadi.

Download 167.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling