1. Sinf o`quvchilari sonining kamligi (3-5). Bu o`qituvchiga tez – tez so`rab turish, o`quvchilar bilimlaridagi kamchiliklarni aniqlash va tuzatish imkoniyatlarini beradi. 2. Oz komplektli maktab o`qituvchisi daftar tekshirishga oz vaqt sarflaydi. 3. O`quvchilar darsning taxminan 1/4 qismida mustaqil ishlaydi. Buning o`quv maqsadlaridan tashqari, katta tarbiyaviy ahamiyati ham bor: iroda mustahkamlanadi, uyushqoqlik, ishchanlik, qiyinchiliklarni mustaqil bartaraf qilish malakasi tarbiyalanadi, o`z – o`zini tekshirish malakalari tarbiyalanadi. 4. Katta sinf o`quvchilari kichik sinf o`quvchilariga yordam berishlari mumkin, chunki ular har kuni bitta sinf xonasida o`qishadi. 3. O`quvchilarning mustaqil ishlari va ularni tashkil qilish xususiyatlari. Mustaqil ish darsning asosiy qismini o`z ichiga oladi. Demak, o`quvchilarni metodlari bilan bog`liq ishlarning ahamiyati kattadir. Agar mustaqil ish maqsadi va bajarish usullari o`quvchilarga ravshan bo`lsa, ish muvaffaqiyatli amalga oshiriladi. Shu sababli ishni bajarishga oid yo`l – yo`riqlar muhimdir. Ular qisqa, aniq bo`lishi lozim. Masalan: masala yechishga oid yo`l – yo`riq quyidagicha bo`lishi mumkin: masala shartining .Boshqa usullar bilan yechib, yechimni tekshiring. a)Ishni mustaqil bajarishda o`quvchilarga yordam berishda kartochkalardan foydalanish kerak. b)Sinf o`quvchilari individual topshiriqni bajarishda tayyorlaydi: a) o`quvchilar masala yechayotganda qisqa yozuvni bajaradi. b) masalani yechayotgan o`quvchi yechimni boshqa varaqqa yozadi. v)Tarqatma material hosil qilishda o`quvchilar tuzgan misollardan ham
Do'stlaringiz bilan baham: |