3-mavzu. O‘zbek tilining leksik qatlamlari


Bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlar


Download 18.81 Kb.
bet2/3
Sana11.05.2023
Hajmi18.81 Kb.
#1450358
1   2   3
Bog'liq
3-mavzu matni testi topshirigi (1)

Bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlar
Tildagi so‘zlar bir ma’noli va ko‘p ma’noli bo‘ladi.Gap ichida ham, gapdan tashqarida ham aynan bir ma’noni ifoda etuvchi o‘zlar bir ma’noli so‘zlar[1] deyiladi. Masalan, kompas, marmar, morfologiya, taassurot, xulosa, gigiena, g‘ oya, mimika, qobiliyat, fonema va b.
So‘zlar ba’zan alohida holatda, nutqdan tashqarida bir xil ma’noni, gap tarkibida boshqa so‘zlar bilan bog‘liq holda boshqa bir ma’no anglatishi mumkin. Masalan, pasaymoq so‘zi gapdan tashqarida olinganda erga tomon yaqinlashmoq ma’nosini bildiradi. Gap tarkibida esa bilimi pasaydi, ko‘rish sezgisi pasaydi kabi boshqa ma’nolarni bildiradi.
Bu so‘zlar birdan ortiq leksik ma’no ifodalayotgani uchun ko‘p ma’noli so‘z sanaladi.
Demak, nutqdan tashqarida bir ma’no, nutq tarkibida boshqa so‘zlar bilan bog‘liq holda yana boshqa ma’no ifodalovchi so‘zlar ko‘p ma’noli so‘zlar[2] deyiladi.
Ko‘p ma’nolilik til taraqqiyoti davomida kelib chiqadi. Tildagi har qanday so‘z, avvalo biror narsa yoki hodisani atash tufayli paydo bo‘ladi, ya’ni bir ma’nonigina ifodalaydi. Keyinchalik esa shu so‘z taraqqiyoti ma’no tufayli ko‘p ma’noli so‘zga aylanishi mumkin. Ko‘p ma’noli so‘zlarda 2 xil ma’no farqlanadi: 1) bosh (asl, o‘z) ma’no; 2) yasama (ko‘chma) ma’no. Bosh ma’no so‘zning nutqdan tashqarida ifodalagan ma’nosi bo‘lib, u boshqa ma’nolarning kelib chiqishiga asos bo‘ladi. Yasama ma’no bosh ma’noning taraqqiyoti bilan yuzaga keladi. Masalan, og‘iz so‘zining bosh ma’nosi insonning tana a’zosi, g‘ orning og‘zi, qopning og‘zi yasama ma’no. So‘zning yasama ma’nosi gapdagi boshqa so‘zlar bilan bog‘liq holda anglashiladi.


3-mavzu topshirig‘i

1-topshiriq. Alisher Navoiyning til, so‘z haqidagi hikmatlarini daftaringizga ko‘chirib, ularning mazmunini o‘z so‘zlaringiz bilan izohlang va hikmatlarniyodoling.
2-mashq. Matnni o‘qib, ajratilgan so‘zlar ishtirokida matn mazmuniga mos mustaqil gaplar tuzing.
Kishilar bir-birlari bilan til orqali o‘zaro munosabatda bo‘ladilar, bir-birlariga fikr va istaklarini etkazadilar. Alisher Navoiy tilning faqat insonlarga xos hodisa ekanligini ta’kidlab, «insonni so‘z ayladi judo hayvondin, Bilkim guhari sharifroq yo‘q ondin» deganlar.
Tafakkur va til bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy hodisalardir. Inson nutqi bo‘lmasa, til vositalari bo‘lmasa fikrlash ham bo‘lmaydi. Tafakkur bo‘lmasa, til, nutqning ham bo‘lishi mumkin emas. Tafakkur va til bir-birisiz mavjud bo‘lmasa ham, ular aynan bir xil hodisa emas. Tafakkur botiniy olamning inson miyasida umumlashgan, til bilan ifodalanadigan in’ikosidir. Til esa fikrni ifodalash usuli, uni qayd etish va boshqa kishilarga, avlodlarga etkazish vositasidir. Boshqacha aytganda, til tafakkurning borliq shakli bo‘lsa, tafakkur tilning mazmunidir.
Til milliy madaniyatning shakli sifatida tafakkurning harakati, uning faoliyati natijasida yaratilgan ma’naviy boyliklarni zamon va makonda abadiylashtiradi: Ular doimo bir-birini taqozo qiladi, bir-birining yashashiga va rivojlanishiga ѐrdam beradi.


Download 18.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling