3-Mavzu: O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li


Taraqqiyotning “O‘zbek modeli” va uning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 38.81 Kb.
bet4/10
Sana05.01.2022
Hajmi38.81 Kb.
#229532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-seminar topshiriq

3.Taraqqiyotning “O‘zbek modeli” va uning o‘ziga xos xususiyatlari.

O'zbekistonning demokratik jamiyatni barpo etishda Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek, “Davlat va jamiyatni isloh etish hamda modernizatsiya qilishda o'zbek modelining muhim tarkibiy qismi bo'lgan bosqichma-bosqichlik tamoyiliga bundan buyon ham qat'iy amal qilinishi ta'minlanadi . «O'zbek modeli» tuShunchasi, avvalo, O'zbekistonning mustaqil milliy taraqqiyoti qanday bo'lishi lozimligini asoslaydigan, uni muayyan maqsadlarga yo'naltiradigan eng umumiy nazariy xulosalar va mo'ljallar bilan davlatning belgilangan maqsadlarga erishishiga qaratilgan amaliy siyosatining mushtarakligini anglatadi (davlat siyosati deganda hokimiyatning har uchala bo'g'ini faoliyati nazarda tutilmoqda).

Iqtisodiyot nazariyasida ayrim olimlar iqtisodiy taraqqiyot modelini davlat tuzumi desa, boshqalar ijtimoiy-iqtisodiy formasiya, uchinchilari esa ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning aniq belgilangan yo'li, deb hisoblaydi. Iqtisodiy taraqqiyot modeli, N.To'xliyev va boshqa bir guruh olimlarning fikriga ko'ra, iqtisodiy munosabatlarning keng miqyosli tizimi bo'lib, u huquqiy, ma'muriy hamda xo'jalik mexanizmlari orqali boshqariladi . Bunday munosabatlarning sub'ekti mulk yegalari, xo'jalik faoliyati ishtirokchilari, uyushmalar, davlat va xususiy sektor, mamlakat doirasidagi mintaqa va tarmoqlar hisoblanadi. Iqtisodiy taraqqiyot modeliga axloq va dunyoqarash, mentalitet, turmush tarzi, madaniyat kabi ijtimoiy me'yorlar ma'lum darajada o'z ta'sirini o'tkazadi.

Taraqqiyot modellarining o'zigsha xos yo'nalishlari va xususiyatlari:

“O'zbek modeli” - O'zbekistonning o'ziga xos va mos taraqqiyot yo'li ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o'tish;

“Amerika modeli” - “Erkin bozor munosabatlari”

“Fransiya modeli” – “davlatning roli kuchli”

“Nemis va shved modili” – “ijtimoiy yo'nalish ustuvor”

Lotin Amerikasi va Afrika modeli – “Iqtisodni barqarorlashtirish”

Sharqiy Yevropa modeli – Iqtisodiyotda “SHok trapeya” usulidan foydalaniladi;

«Yaponiya modeli» iqtisodiy munosabatlarda davlatning yetakchi o'rni bilan belgilanadi;

Janubi-Sharqiy Osiyo (Singapur, Janubiy Koreya, Tayvan, Gonkong) – “ijtimoiy soha va yeksportni rag'batlantirish”

Iqtisodiy taraqqiyot modeli global va milliy xarakterda bo'ladi. Hozirgi vaqtda taraqqiyotning bir qator tipik global modellari mavjud.

“O'zbek modeli” – qisman Yerxard (nemis) modeliga o'xshab ketadi. Nemislarga o'xshab, mamlakatimizda 2 ta islohot o'tkazildi. 1) 1993–94 yillarda pul islohoti (kupon) joriy qilinib, milliy sum muomalaga kiritildi; 2) Narx-navo islohati 1991–2001 yillar va undan keyingi hozirgi davrgacha davom yetmoqda.

“O'zbek modeli” uning asosiy tamoyillari va jamiyat ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy hayot sohalarida namoyon bo'lishi

O'zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganidek, ―Biz mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab, o'z umrini o'tab bo'lgan eski mustabid sovet tizimidan voz kechib, mamlakatimizda ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga azmu qaror qildik.

Bu modelning mohiyati O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan islohotlarning besh tamoyilida ta'riflab berildi. Mamlakatimiz aholisi o'z davlat mustaqilligining yigirma to'rt yilligini butun jahon jamoatchiligi bilan tantanali ravishda nishonlayotgan bugungi kunda, to'la ishonch bilan aytish mumkinki, bu yo'l tajriba sinovidan o'tdi. Tarixan qisqa, ammo zafarli natijalarga boy bo'lgan taraqqiyotimiz, tanlangan modelning to'g'riligini isbotladi.

Ma'lumki, taraqqiyotning ―o'zbek modelining mohiyati asosiy g'oyalari eng dastlab Davlatimiz rahbarining ―O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li nomli fundamental asarida ko'rsatib o'tilgan edi. Keyinchalik mazkur taraqqiyot modeli haqidagi g'oyalar birinchi Prezidentimizning boshqa asarlarida yanada rivojlantirildi va takomillashtirib kelinmoqda. Xususan, birinchi prezidentimizning O'zbekiston – bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li, ―O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida nomli asarlarida taraqqiyotning ―o'zbek modelining asosiy mazmunini, o'zagini belgilab beruvchi tamoyillar yanada chuqurroq asoslab berildi.

Birirnchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek, ―Beshta asosiy qoida O'zbekiston davlat qurilishi va iqtisodiyotini isloh qilish dasturining o'zagidir. Ularning mohiyati quyidagicha: bir tomondan milliylik, ikkinchi tomondan umuminsoniylik yo'nalishlari uyg'unlashdi yoki ularning dialektik mutanosibligi o'z aksini topdi. “Birinchi tamoyilimizda, - deb yozgan edi I.A.Karimov, - avval-iqtisod, keyin siyosat degan shiorni olg'a surdik”. Boshqacha qilib aytganda, iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi nazarda tutiladi. Iqtisodiy islohotlar siyosatdan ortda qolmasligi zarur.

Ikkinchi tamoyil - bu davlatning bosh islohotchi ekanligi. Yangilanish va o'zgarishlar siyosatini ishlab chiqish va ularni izchillik bilan amalga oshirishni davlat o'z zimmasiga oladi.

Uchinchi tamoyil, o'z navbatida jamiyat hayotida, barcha sohalarda qonunning ustuvorligi ta'minlanadi. Aynan O'zbekiston Respublikasining 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyasi ham umuminsoniy va milliy tamoyillarning mujassamlashgan yorqin namunasi hisoblanadi.

To'rtinchi tamoyil, bu aholining demografik vaziyati, ayniqsa, uning 60 foizidan ko'prog'ini yoshlar tashkil yetganligi, kam ta'minlangan oilalarni, bolalarni, nafaqaho'rlarni ijtimoiy himoyalash maqsadida kuchli ijtimoiy siyosat olib boriladi.

Beshinchi tamoyil - bu halqimiz an'analari, urf-odatlari hamda bozor iqtisodiyotining ob'ektiv qonun-qoidalarini hisobga olgan holda unga «shok terapiyasi» asosida emas, balki evolyusion tadrijiy asosda, puhta o'ylab bosqichma-bosqich o'tish nazarda tutiladi.

O'zbekiston mustaqillik yillarida demokratik jamiyatga o'tishning uchta bosqichini bosib o'tdi. Ularning birinchisi, Birinchi Prezident Islom Karimov tomonidan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi - birinchi chaqiriq VI sessiyasida (1996 yil 29 avgust) «Hozirgi bosqichda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari»; ikkinchisi, Birinchi chaqiriq o'n to'rtiinchi sessiyasida «O'zbekiston XXI asrga intilmoqda» (1999 yil, 14 aprel) va nihoyat, uchinchisi, ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning to'qqizinchi sessiyasida «O'zbekistonda demokratik o'zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo'nalishlari» (2002 yil 29 avgust) qilgan ma'ruzalarida ko'rsatib berildi.

Albatta, ana Shu bosqichlar biri ikkinchisidan keskin farq qilmasada, ulardagi asosiy g'oya demokratik jarayonlarning olg'a tomon rivojlanishini va ma'lum bir vaqtga kelganda bu jarayonga yangi kuch, qudrat hamda faollik baxsh etishdir. CHunki jarayonlar izchillik bilan tahlil yetilmasa, undagi asosiy muammo aniqlanmasa va istiqboldagi vazifalar belgilanmasa, rivojlanish ham bo'lmaydi. Shu ma'noda ham Prezident demokratik jamiyat qurish borasidagi vazifalarni «chuqurlashtirish» (1996 yil) «erkinlashtirish» (1999 yil) va «demokratik o'zgarishlar orqali fuqarolik jamiyat asoslarini shakllantirish» (2002 yil) kabi konseptual g'oyalarida belgilab bergan.

Ammo bu - o'tish davrining mustaqil ravishda bir necha bosqichlardan iborat ekan, - degan xulosa kelib chiqishiga asos bo'lmasligi kerak. Chunki o'tish davrining o'zi mamlakatning turli tuzumlardan demokratiyaga o'tishdagi mustaqil «oralig'i», «ko'prigi» hisoblanadi. Yuqorida ko'rsatilgan bosqichlar o'tish davrining uzluksizligini ifodalaydigan ko'rsatgichdir.

O'zbek modeli tuShunchasi, avvalo, O'zbekistonning mustaqil milliy taraqqiyoti qanday bo'lishi lozimligini asoshakligan, uni muayyan maqsadlarga yo'naltiradigan eng umumiy nazariy xulosalar va mo'ljallar bilan davlatning belgilangan maqsadlarga erishishga qaratilgan amaliy siyosatining mushtarakligini anglatadi.

Bizning bosh strategik maqsadimiz - ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etishdir. Bozor iqtisodiyoti, eng avvalo, ko'pmulkchilikka va ular o'rtasidagi raqobatga tayanadi. Unda mulkning barcha qonuniy shakllari teng huquqqa yega bo'lib, bu huquq davlat tomonidan kafolatlanadi.

«O'zbek modeli»ni bugungi kunda demokratik jamiyat barpo etish muhim o'ziga xos modeli ekanini dunyoning juda ko'plab siyosatShunos yetakchi olimlari o'rganmoqda va uni tahlil qilmoqdalar . Masalan, rossiyalik tadqiqotchilar M.S.Gafarli, A.G.Kasayev, germaniyalik L.Levitin, Rossiya Fanlar Akademiyasining akademigi F.Burlaskiy uni yuksak baholashgan.



Download 38.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling