3-Mavzu: O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li
Mustaqillik – meyoriy-huquqiy asoslarining yaratilishi
Download 38.81 Kb.
|
3-seminar topshiriq
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Siz О ‘zbekistonning mustaqil, teng huquqli
6.Mustaqillik – meyoriy-huquqiy asoslarining yaratilishi.
О‘zbekistonning mustaqillikka erishishida qо‘yilgan navbatdagi muhim qadamlardan biri bu – 1990 yil 20 iyunda respublika Oliy Soveti tomonidan «Mustaqillik Deklaratsiyasi»ni qabul qilinishi edi. Mazkur hujjat О‘zbekiston qonunlarining Ittifoq qonunlaridan ustuvorligini ta’minladi. Shu bilan birga, «Mustaqillik Deklaratsiyasi» О‘zbekistonning 1991 yil 31 avgustga qadar mavjud bо‘lgan boshqaruv, huquqiy faoliyatini ta’minladi, barcha sohada mustaqil siyosat olib borish imkonini berdi. Deklaratsiyada har bir millatning о‘z taqdirini о‘zi belgilash huquqidan kelib chiqqan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlariga va demokratiya tamoyillariga asoslanib О‘zbekiston SSRning davlat suvereniteti e’lon qilindi. Mustaqillik Deklaratsiyasi 12 moddadan iborat bо‘lib, quyidagilar bayon etilgan: О‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Soveti: о‘zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an’analari, har bir millatning о‘z takdirini о‘zi belgilash huquqini ta’minlashdan iborat oliy maqsadi haqi, har bir kishining farovon hayot kechirishini ta’minlashni oliy maqsad bilgan holda, О‘zbekiston xalqlarining kelajagi uchun tarixiy mas’uliyatni chuqur his etgan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya prinsiplariga asoslanib, О‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qiladi. 1. О‘zbekiston SSRning demokratik davlat mustaqilligi respublikaning о‘z hududida barcha tarkibiy qismlarida va barcha tashqi munosabatlardagi tanho hokimligidir. 2. О‘zbekiston SSRning davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga qо‘yilmay turib о‘zgartirilishi mumkin emas. 3. О‘zbekiston SSRda davlat hokimiyati uning hududiga kiradigan barcha tarkibiy va bо‘linmas qismlari ustidan amalga oshiriladi va Shu hududda yashaydigan aholiga taalluqlidir. 4. SSSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar О‘zbekiston SSR Konstitusiyasiga muvofiq О‘zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan tasdiqlangandan keyingina О‘zbekiston SSR hududida kuchga ega bо‘ladi. 5. О‘zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga О‘zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi. 6. О‘zbekiston SSR xalqaro hukuqning asosiy prinsiplarini tan oladi va hurmat qiladi. 7. О‘zbekiston SSR ittifokdosh respublikalar va boshqa davlatlar bilan о‘zining siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa munosabatlarini shartnomalar asosida belgilaydi va amalga oshiradi. 8. О‘zbekiston SSR о‘zining taraqqiyot yо‘lini, о‘z nomini belgilaydi va davlat belgilarini (gerb, bayroq, madhiya) о‘zi ta’sis etadi. 9. Qoraqalpog‘iston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi mustaqilligini Muxtor Respublika Konstitusiyasi ta’min etadi. О‘zbekiston SSR uning Asosiy Qonuni va О‘zbekiston SSR Konstitusiyasi asosida Qoraqalpog‘iston MSSR manfaatlarini himoya qiladi. 10. О‘zbekiston SSRning qonun chiqaruvchi hokimiyati О‘zbekiston SSR davlat mustaqilligini amalga oshirish uchun zarur bо‘lgan qonunlarni ishlab chiqadi, О‘zbekiston SSRning siyosiy va iqtisodiy sistemalari tarkibini va qurilishini belgilaydi. 11. О‘zbekiston SSR Oliy Soveti umumxalq muhokamasi asosida demokratik huquqiy davlat tuzishga qaror qilganini bildiradi, О‘zbekiston SSRda yashayotgan barcha millat va elatlarning qonuniy, siyosiy, iqtisodiy, etnik, madaniy huquqlariga hamda ona tillari rivojlantirilishiga kafillik beradi. 12. Ushbu Deklaratsiya О‘zbekiston SSRning yangi Konstitusiyasini hamda yangi ittifoq shartnomasini ishlab chiqish uchun asosdir. Deklaratsiyaning qabul qilinishi bilan О‘zbekistonda respublikaning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina boshlandi. Shunday bir tarixiy sharoitda sobiq SSSRdagi siyosiy vaziyat keskinlashib bordi. XX asrning 90 – yillari boshlarida Ittifoq tarkibidagi kо‘pchilik respublikalar mavjud vaziyatni о‘zgartirishni talab qilisha boshladi. 1990 yil bahorida Sovet Sotsialistik Respublikalari hisoblangan Boltiqbо‘yidagi Litva (11 mart), Latviya (4 mayda), Estoniya (8 may), keyinroq Gruziya (oktabr) va Ozarbayjon (1991 yil fevral) Ittifoq tarkibidan chiqqanligini e’lon qildi. Bu holat SSSRning davlat butunligiga jiddiy ta’sir kо‘rsatdi. Moskva 1990 yil kuzida Markaz bilan respublikalar о‘rtasidagi munosabatlarni yangilash yuzasidan muzokaralar jarayonini boshlab yubordi. Shu asosda markaziy hokimiyat jamoatchilikning talablari ostida Ittifoq shartnomasini yangilash zaruratini e’tirof etishga majbur bо‘ldi. SSSR Oliy Soveti Ittifoq shartnomasini о‘zgartirish, SSSRni teng huquqli suveren respublikalar Federatsiyasi sifatida yangilash xususida xalqning fikrini bilish maqsadida 1991 yil 17 mart kuni Butunittifoq referendumini о‘tkazishga qaror qildi. 1991 yil 20 fevralda О‘zbekiston Oliy Kengashning Rayosati referendum о‘tkazishni ma’qulladi va SSSR Oliy Soveti tomonidan tayyorlangan byulleten bilan birga yana bitta qо‘shimcha byulletenni ovozga qо‘yishga qaror qildi. Qо‘shimcha byulletenga «Siz О‘zbekistonning mustaqil, teng huquqli Download 38.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling