3-Mavzu: O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li
“O'zbekiston Respublikasining davlat gerbi to'g'risida”gi Qonun
Download 38.81 Kb.
|
3-seminar topshiriq
“O'zbekiston Respublikasining davlat gerbi to'g'risida”gi Qonun 1992-yil 2- iyulda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.
Gerbning markazida tasvirlangan — qanotlarini keng yozib turgan Humo qushi — baxt saodat va yerksevarlik ramzidir. Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy Humo qushini barcha tirik mavjudotlar ichida eng saxovatlisi deb ta'riflagan. Gerbning yuqori qismida respublikamizning sobit va barqarorligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan. U “qutlug” degan ma'noni anglatadi. Uning ichida yarim oy va besh qirrali yulduz ifodalangan. Quyosh tasviri — davlatimizning yo'li hamisha nurli bo'lishi uchun bildirilgan yaxshi niyat timsoli. Ayni paytda u respublikamizning noyob iqlim sharoitini ham ko'rsatib turadi. Boshoqlar — rizq-ro'zimiz bo'lmish g'allaning timsoli, oppoq bo'lib ochilayotgan paxta chanoqlari tasvirlangan g'o'za shoxlari — serquyosh yurtimizning dong'ini butun dunyoga taratgan asosiy boyligimiz ramzidir. Bug'doy boshoqlari va paxta chanoqlarining davlat bayrog'iga o'xshagan lenta bilan o'rab qo'yilganligi — bu respublikada yashayotgan xalqlar yakdilligining timsolidir. Gerb rangli tasvirda bo'lib, Humo qushi kumushrangda; quyosh, boshoqlar, paxta chanog'i va „O'zbekiston" degan yozuv tillarangda; g'o'za shoxlari va barglari, vodiylar yashilrangda; tog'lar havorangda; chanoqdagi paxta, daryolar, yarim oy va yulduz oqrangda; O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i tasvirlangan lenta to'rt xil rangda berilgan. Gerb suveren davlatimiz ramzi sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotda keng qo'llaniladi. O'zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan tuzilgan bitim va shartnomalarida, davlatlararo aloqa va diplomatik hujjatlarda O'zbekiston Respublikasining davlat gerbi tasviri tushirilgan bo'ladi. Shuningdek, gerb davlat ahamiyatiga molik ichki hujjatlarda, davlat korxonalari va muassasalarining muhrlarida, o'zaro aloqa hujjatlarida ham gerb tasviri boiadi. Milliy valutamiz — so'mda ham davlat gerbi o'z ifodasini topgan.
Download 38.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling