3-mavzu Ozuqa turlari,ularga qo’yiladigan zootexnik talablar
Download 86.35 Kb.
|
3-mavzu Ozuqa turlari,ularga qo’yiladigan zootexnik talablar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-mavzu Ozuqa turlari,ularga qo’yiladigan zootexnik talablar
- Chorvachilik mahsulotlaridan ozuqalar
- Ozuqa ratsioni
- Foydalanilgan adabiyotlar
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VETERINARIYA VA CHORVACHILIKNI RIVOJLANTIRISH DAVLAT QO’MITASI SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIALI “Veterinariya va zooinjeneriya” fakulteti “Zooinjeneriya (turlar bo’yicha)” mutaxassisligi 1-bosqich talabasi Rozimova Surayyoning “Chorvachilikni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish”fanidan MUSTAQIL ISHI Qabul qildi: Ibraimov T Topshirdi: Rozimova S 3-mavzu Ozuqa turlari,ularga qo’yiladigan zootexnik talablarReja:
1.Ozuqa turlari.Dag’al ozuqalarO'zlarida 30-40% kletchatkalardan iborat bo'lgan pichan,somon, poxol, yantoq, poya va boshqalar kiradi. Paxtani qayta ishlashdan chiqadigan sheluxa ham dag'al ozuqalar guruhiga kiradi. Shirali ozuqalar o'z navbatida 40% dan katta miqdordagi suv miqdori bo'lgan ko'k massa (ko'k o't), ildizmevali ozuqalar, silos, senaj va boshqalar kiradi. Konsentrlangan (donli) ozuqalar asosiy energiya manbai bo'lib, 1,0 kg ozuqada 0,5 hazm bo'ladigan protein, 10% gacha kletchatka va 40% gacha suv bo'ladi.Bu turdagi ozuqalarga donli mahsulotlar, ularning urug'lari va ularni qayta ishlash tufayli olinadigan mahsulotlar kiradi.O'simlikshunoslik mahsulotlarini qayta ishlashdan chiqadigan chiqindi mahsulotlardan olinadigan ozuqalar natural holda (kunjara, barda, shrot va boshqalar) omuxta em tarkibida yoki ozuqa aralashmalari tarkibida ishlatiladi.
Chorvachilik mahsulotlaridan ozuqalarBu ozuqalarga (4-5%) sut va sut mahsulotlari, hayvonlarni va ulardan olinadigan boshqa mahsulotlarni qayta ishlashdan chiqadigan chiqindi mahsulotlar kiradi. Qo'shimcha ozuqalar. Bu turdagi ozuqalarga ishlatilayotgan asosiy ozuqalar tarkibida bo'lmagan lekin hayvonlar uchun zarur bo'lgan va oz miqdorda ularga qo'shib beriladigan moddalar kiradi. Qo'shimcha ozuqalar o'z navbatida, mineral ozuqalar (mel, tuz, fosforli ozuqalar), azotli sintetik birlashmalarga (karbomid, ammiakli suv), mikroelementlar (mis, kobalt, temir va boshqalar), antibiotiklar, mikrobli oqsil, fermentlar, dorivor preparatlar, vitaminli konsentratlar va boshqalar kiradi. Ozuqa ratsioniOzuqa ratsioni deb - vaqt birligi (kun) uchun oziqlantirish normasiga asosan tanlangan ozuqalar majmuasi (to'plami) ga aytiladi. Ratsion oziqlantirish turi (asosiy ozuqa turi ya‘ni senajli, ko'k massali, konsentratli va hokazolar),fermaning joylashgan hududini, yil mavsumlarini, hayvonlarning yoshini,mahsuldorligini va fermadagi boshqa sharoitlarni hisobga olgan holda tuziladi. Chorvachilikda ishlatiladigan ozuqalar o'z navbatida quyidagi turlarga bo'linadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
Download 86.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling