3-mavzu: Pedagogik riskologiyaning psixologiya, sotsiologiya, madaniyatshunoslik bilan bog‘liqligi
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu Pedagogik riskologiyaning 2 soat
3-mavzu: Pedagogik riskologiyaning psixologiya, sotsiologiya, madaniyatshunoslik bilan bog‘liqligi Reja: 1. Ob’ektiv va sub’ektiv risklarning psixometrik tavsifi. Pedagogik risklarning fenomenologik jihatlari. 2. Madaniy muhit va pedagogik risklarning o’zaro aloqadorligi. 3. Pedagogik riskologiya faniningmaqsadi, vazifalari, tadqiqot ob’ekti va predmeti Iqtisodiyotda shunday tushuncha mavjudki, iqtisodiyot mavjud boʻlmasidan oldin bu tushuncha amalda boʻlgan. Ammo e‘tibor qaratilmagan bu tushuncha, hali hanuz ahamiyatini yoʻqotgani yoʻq. Bu tushuncha riskdir! Unga dunyo miqyosida katta e‘tibor berilayotgan paytda, Oʻzbekistondagi milliy ishlab chiqaruvchilar, xoʻjalik yurituvchi subyektlari e‘tiboridan chetta qolayotgani, balki yirik korxonalarning, korporatsiyalarning vujudga kelishiga toʻsqinlik qilayotgan boʻlsa ajab emas! Ammo, bu muammoni bartaraf qilish uchun quyidagi savollarga javob topmog‗imiz darkor: ―Risk oʻzi nima? Uning faoliyatga ta‘siri qanday? U qayerdan paydo boʻladi? Undan qochish yoki uning ta‘sirini kamaytirish imkoni bormi? Xalqaro tajribada risklarni boshqarish bilan bog‗liq muammolar N.I. Babenkoning “Sanoat holdingida integratsiyalashgan risklarni boshqarishni tashkil etish”, D.B. Pomelovning “Tashkilotda risklarni boshqarishning nazariy va axborot ta‘minotidagi jihatlari”, N.N.Skribaning “Risklarni boshqarishning maxsus fanlararo ta‘limot sifatidagi konsepsiyasi”, E.Xolmsning “Risklarni boshqarish” va boshqalarning ilmiy tadqiqot ishlarida oʻz ifodasini topgan boʻlib, risk tushunchasiga, ya‘ni, kompaniyaning risk-menejmenti asosida yotuvchi: istalgan natijadan og‗ishuvchi risk-yoʻqotish, risk-imkon, risk-chetlanish kabi yondoshuvlarga ega boʻlgan turlicha qarashlar va paradigmalar borligini koʻrsatadi. Shunga koʻra, Rossiyalik iqtisodchi olim V.T.Sevruk riskka quyidagicha ta‘rif beradi: “Risk – bu zarar koʻrish yoki manfaatni qoʻldan chiqarish bilan bog‗liq ehtimollar oʻlchovidir”. Professor V.M.Usoskin oʻzining “Zamonaviy tijorat banklari” nomli izlanishida “Risk doimo noaniqlik bilan kelib, oxiri oʻz navbatida oldindan koʻra bilish yoki mumkin boʻlmagan voqealar bilan bog‗liq boʻladi”, deb izoh beradi. Agar iqtisodiy adabiyotlarda berilgan ta‘riflarni umumlashtirilsa quyidagi ma‘noni olish mumkin: Risk – bu iqtisodiy kategoriya boʻlib, u jamiyatning rivojlanishidagi ijtimoiy- iqtisodiy jarayonlarda aniq bir yechimga ega boʻlmagan holatning miqdor va sifat jihatdan qoʻshimcha daromad koʻrish yoki ma‘lum zarar koʻrish ehtimoliga aylanishi mumkin boʻlgan voqelikdir. Risk – bu, miqdor va sifat jihatdan yoʻqotishlar ehtimolini koʻrsatsa, unga hayotning har bir jabhasida duch kelishimiz hech kimga sir boʻlmay qoldi. Xususan, risk iqtisodiyot subyektlari oldida yechimi topilmagan muammolardan boʻlib hisoblanishi, unga boʻlgan e‘tibor yildan yilga koʻpayotganligidan dalolat beradi. Oʻzbekistonda risklarni boshqarish standarti mavjud emas, uni milliy iqtisodiyotga tatbiq etishdan oldin, xalqaro andozalarni koʻrib chiqqan ma‘qul hisoblanadi, zero ―Tayyoriga qarab toʻn bichish‖ ham oson, ham qulay va eng asosiysi, vaqtni va pulni tejaydi. Bu oʻz navbatida yoʻlimizni oydinlashtiradi, chunki xalqaro standartlar yuqoridagi savollarga toʻliq javob bera oladi! Birinchi navbatda, moliyaviy risklarni boshqarishning alohida faoliyat sohasi sifatida paydo boʻlish va rivojlanishi bosqishlarini koʻrib oʻtadigan boʻlsak, u risk sohasining oʻziga qaraganda uncha uzoq boʻlmagan, ya‘ni taxminan 40 yillik tarixga ega ekanligini koʻrishimiz mumkin. Bu sohani paydo boʻlishi 1973-yildagi 3 ta muhim voqeiliklar bilan bog‗liq: - Qat‘iy belgilangan valyuta kurslar siyosatining tugashi (Bretton- Vuds tizimining qulashi); - Chikago opsionlar birjasi ish faoliyatini boshlanishi (Chikago Board Options Exchange); - Amerika iqtisodchilari Blek, Shoulz va Mertonlarning opsionlar qiymatini hisoblash modeli (yevropacha) nashr etilishi. Moliyaviy-risklarni boshqarish rivojlanishi, asosiy moliyaviy risklarni baholashning yangi metod va yondoshuvlari shakllangan uch bosqichdan oʻtdi, ular: Birinchi sifat bosqichi, moliyaviy risklarni baholash, nazorat va boshqaruvi metodologiyasi sohasidagi, 1980-yillar oxiri – 1990-yillar boshidagi risk me‘yori qiymati modeli VaR (Value-at-risk, ―riskdagi qiymat‖) paydo boʻlishi bilan bog‗liq. VaR moliyaviy instrument bilan egalik qilgandagi yoʻqotishning mutloq maksimal hajmini koʻrsatadi. VaR koʻrsatkichi birinchi navbatda, yirik moliyaviy institutlar tomonidan ma‘qullangandan keyin, moliya bozori boshqaruvchilari tomonidan e‘tirof etilgan. Bunda ehtimol soʻngisi boʻlib, 1994 yilda J.P. Morgan banki tomonidan Risk Metriks tizimida risklarni boshqarish metodologiyasini ochilishi boʻldi. Shunday qilib, moliyaviy risklarni boshqarish sohasidagi birinchi sifatiy yuksalish bozor riskini baholash, nazorat va boshqarish bilan bog‗liq boʻldi. Moliyaviy risklarni boshqarishni rivojlanishining ikkinchi bos- qichi 1990-yillarning ikkinchi yarmiga toʻg‗ri kelib, kredit riskini baholash va nazorati bilan bog‗liq. Bu erda ham J.P. Morgan banki oʻzining bozor riskini baholash va nazorat metodi bilan ssuda portfelining kredit riskini baholashi metodini umumlashtirib namoyon qilishi va 1997-yilda bank tomonidan ishlab chiqilgan Kredit Metriks tizimi risk qiluvchilarda bozor va kredit riski oqibatlarini ehtimoliy yoʻqotishlari koʻrsatkichini integral hisoblab chiqish imkoniyati paydo boʻldi. Bu birinchi marta, moliyaviy risklarda qoʻllash mumkin boʻl- gan, integratsiyalashgan risklarni boshqarish haqida gapirishga imkon berdi. Uchinchi bosqich 1990-yillar oxirida boshlandi va yildan-yilga jarayon rivojlanib bordi. Bu bosqich oldingi bosqichlarga nisbatan, klassik moliyaviy risklarga emas, bevosita operatsion risklarga aloqadorligi bilan ajralib turadi. Hozirgi vaqtda moliya bozori qatnashuvchilari operatsion risk baholashga umumiy ―operatsion VaR‖ kabi, miqodoriy yondoshuv ishlab chiqishga harakat qilmoqdalar. Bu operatsion risklarni miqdoriy nazorati, moliyaviy risklarni nazorati bilan birgalikda qimmatli qog‗ozlar bozori professional ishtirok- chilariga qabul qilinayotgan risklarni toʻliq baholashga erishish imkoniyatini beradi deb hisoblamoqdalar. Oxirgi 40 yilda moliyaviy risklarni baholashni 4 ta asosiy yoʻnalishlarini ajratib koʻrsatish mumkin, bular: Sezgirlik tahlili – tashqi omillarning oʻzgarishiga sezgirlik tadqiqotini ssenariy metodi; Tebranuvchanlik (volatilnost) tahlili - umumiy koʻrsatkichga nisbatan kutilgan qiymatning oʻzgarish oʻlchovini oʻrganish; Negativ risk tahlili (dovnside risk). VaR metodi boshqa risk tahlili metodlariga qoʻshimcha tarzda qoʻllaniladi. Bundan tashqari, LVaR va SaR metodlari ham mashhur. Nisbiy tahlil - benchmark bilan taqqoslash orqali riskni koʻrib chiqadi (tanlangan indeksda). Oxirgi 25 yilda risklarni boshqarish sohasida revolyusion oʻzga- rish sodir boʻldi: risklarni boshqarish faqatgina moliyaviy korporat- siyalarda emas, balki iqtisodiyotning boshqa sektorlarida ham qoʻlla- nila boshlandi. Risklarni boshqarishdagi yangi paradigmasi, kompani- yalar, holdinglar va iqtisodiyotning butun tarmoqlari risklarini bosh- qarishda aniq operatsiya va faoliyat sohalari boʻyicha tor doirada qismli yondashuvidan kompleks boshqaruvga oʻtishni koʻzda tutadi (1- rasm). Yevropa Ittifoqidagi davlat institutlari risklarni boshqarishning amaliy koʻnikmalarini ekologik, texnologik, sotsial va boshqa masa- lalarni yechishda qoʻllay boshladilar. Risklarni boshqarish menejment- ning muhim va ajralmas qismlaridan biri boʻlib, risk koʻrsatkichlari top-menejerlardan boshlanib, kichik boshqaruvchilarga qadar rag‗bat- lantirish va mukofotlash omiliga, shuningdek, KPI 5ning hal qiluvchi indikatoriga aylandi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling