Risk-menejmentining tashkilotlardagi tizimini tuzish yoʻllari.
Shunga koʻra, xar bir yuqorida keltirilgan standartlar turlicha va hammasini
birday qoʻllash koʻpgina chalkashliklarga olib keladi.
Shuning uchun, biz
faqatgina ayrim standartlarni koʻrib chiqamiz.
Misol uchun, Homiylik tashkilotlari, Treadvay komissiya komiteti
(Kommittee of Sponsoring Organizations of ze Treadvay Kommission, KOSO)
tomonidan ishlab chiqilgan “Tashkilotlar riskini boshqarishning
integratsiyalashgan
modeli”. Bu modelni kompaniya 2001 yilda “Prisevaterhouse Koopers”
kompaniyasi bilan birgalikda ishlab chiqadi. Bu hujjat tashkilotlar doirasida
risklarni boshqarish asoslari va tashkil etish yoʻllari haqida batafsil ma‘lumot
beradi. Bunda risklarni boshqarish jarayoni bir-biri bilan bog‗liq 8 ta tarkibiy
qismdan iborat deyiladi, ular:
ichki muhitni aniqlash; Maqsadlarni aniqlash;
Riskli voqealarini aniqlash; Riskni baholash; Risk ta‘siriga
javob berish; Nazorat
vositasi; Axborot va aloqa; Monitoring.
Jahon tajribasida ―KOSO kubi‖ nomini olgan bu standart tash- kilotlar
maqsadlari (strategik, operatsion, hisobotga tayyorgarlik va qonunlarga rioya
qilish), kompaniyaning tashkiliy tuzilmasi va risk
boshqaruv jarayoni tarkibiy
qismlari oʻrtasida bog‗liqlikni ifodalaydi (3-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: