3-mavzu. Qadimgi dunyoning iqtisodiy g‘oyalari reja


Download 34.95 Kb.
bet4/6
Sana05.01.2022
Hajmi34.95 Kb.
#209232
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-мавзу. Кадимги дунё икт гоялари

Siseron Mark Tulliy (m.a. 106-43 yy.) taniqli davlat arbobi va mashhur notik bo'lgan. U yashagan davrda davlat ancha markazlashgan bo'lib, savdo-sotiq ancha o'sdi, sudxo'rlik boyish manbaiga aylandi. U qishloq xo'jaligini qo'llagan holda (chunki bu soha bozor uchun ham mahsulot etkazar edi), yirik savdo va sudxo'rlikni boyish manbai deb hisobladi. Demak, Siseron boshqalardan farqli ravishda quldorlar bilan birga savdogar va sudxo'rlarning manfaatini ham himoya qildi.

Quldorlik tuzumining ichki qarama-qarshiligi tobora o'sdi, qullar qo'zg'oloni ro'y berdi. Tarixda Spartak boshchiligidagi (m.a. 73-71 yy.) qullar qo'zg'oloni katta ahamiyatga ega, u beayov bostirilgan bo'lsa ham, tuzum zaminiga jiddiy zarba bo'ldi. Lusiy Sergey Katalina m.a. 63-62 yy. kambag'al aholi yordamida hokimiyatni egallamoqchi, qulchilikni yo'q qilmoqchi va boyimoqchi bo'ldi, ammo uning harakatlari ham zoe ketdi.

Yangi eramizning I-II asrlarida Rim imperiyasida nisbatan barqarorlik davri bo'ldi, lekin quldorlik ekspluatasiyasining samarasizligi tobora ayon bo'lib qoldi, kolonat o'sdi. Aristotel g'oyalarida qulchilik tabiiy zarurat deyilgan bo'lsa, endilikda bunga sharoit taqozosi tufayli kelingan, degan fikrlar yuzaga chiqa boshladi.


Download 34.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling