Avreliy Avgustin Blajenniy (353-430) asarlarida ham berilgan. U hammaning mehnat qilishi zarurligini, «ishlamagan tishlamaydi» (apostol Pavelning fikri) g'oyasini ilgari surdi (sosializmning asosiy tamoyilini eslang), dehqonchilik eng faxriy kasb ekanligini aytdi, savdoni esa faqat foyda, naf olish uchun qilinadigan ish deb qoraladi. Aqliy mehnatni jismoniy mehnat kabi baholash muhim edi. Ammo Avgustin qullarni ozod qilishni qat'iy talab etgan emas, u dinning bosh vazifasi aholining ahloqiy takomillashuviga yordam berish, degan qisqacha xulosalar chiqargan. Bu dinda odil baho tamoyili, mahsulotlarni shaxsiy emas, balki ijtimoiy baholash, mulk, boylik va boshqa ko'pgina iqtisodiy muammolarga tegib o'tilgan. Avgustin Blajenniy «Faflatda yotgan xalqni uyg'otish uchun avvalo uning tarixini uyg'otish zarur», degan buyuk fikrni ifoda etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |