3-mavzu Qonun Ustuvorligini Ta'minlash Va Sud Huquq Tizimini Yanada Rivojlantirish Ustuvor Yo'nalishlari Qonun ustuvorligi


Download 56.23 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi56.23 Kb.
#1512224
  1   2
Bog'liq
3-mavzu


3-mavzu Qonun Ustuvorligini Ta'minlash Va Sud Huquq Tizimini Yanada Rivojlantirish Ustuvor Yo'nalishlari
Qonun ustuvorligi - barcha davlat hokimiyati organlari faoliyatida konstitutsiya, qonunlar oliy yuridik kuchga ega bo’lib, ularning hokimiyat chiqaradigan boshqa hamma me’yoriy hujjatlar va yo’riqnomalardan ustun turishi. Qonun ustuvorligi jamiyatda demokratiya va qonunchilik ta’minlanishiga xizmat qiluvchi tamoyildir. Bu tamoyil O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasida mustahkamlangan: "O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so’zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko’radilar". Qonun ustuvorligi tamoyili birinchidan, jamiyat hayotining barcha jab-halarida qonunlarning qat’iy hukmronligini bildirib, yuqorida ta’kidlanganidek, barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning konstitutsiya va qonunlarga so’zsiz itoat etishida; ikkinchidan, ijtimoiy munosabatlarning jamiyat, fuqaro va davlat manfaatlariga mos tarzda tartibga solinganini anglatib, mamla-kat miqyosida barqarorlik, batartiblik va qonuniy tartibot muhiti o’rnatilganida; uchinchidan, huquq buzilishi hollarining oldini olish, shuningdek, huquqiy munosabat ishtirokchilari qonunni buzgan taqdirda qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun qonunlarning huquqiy asos vazifasini bajarishida namoyon bo’ladi.
Mamlakatda hokimiyatlar bo’linishi prinsipining real joriy etilganligi O’zbekistonda konstitutsiya va qonunlar ustunligini ta’minlashning muhim kafolatidir. Unga ko’ra, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati bo’g’inlari o’zlarining konsti-tutsiyada, qonunda belgilangan vakolatlari doirasida faoliyat yuritadilar. Ular o’rtasidagi munosabatlarni uyg’unlashtirishda eng oliy hakam qonundir.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, mamlakat prezidenti fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, Konstitutsiya va qonunlarga rioya etilishining kafilidir (93-modda). Prezidentning bu boradagi faoliyati muhim siyosiy-yuridik ahamiyatga ega. U o’z farmonlari, qarorlari bilan konstitutsiyaviy tamoyillarning , qonunlarda mustahkamlangan qoidalarning hayotga to’la joriy etilishi uchun yo’l ochadi, tegishli huquqiy mexanizmlarni yaratadi. O’zbekiston Respublikasi Preziden-tining "O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o’rganishni tashkil etish to’g’risida" farmoyish qabul qilganligi (2001 yil 4 yanvar) jamiyatda Kon-stitutsiyaning mavqei va nufuzini ko’tarishga qaratilgan muhim tadbir bo’ldi. Garchand, farmoyishning asosiy maqsadi aholi orasida konstitutsiyaviy savodxonlikni, huquqiy madaniyatni oshirishdan iborat bo’lsa ham, bu pirovardida, Konstitutsiyaning e’zozlanishi, unga ustuvor tarzda amal qilinishiga puxta zamin yaratadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarorida (1997 yil 9 okt.) umummajburiy tusdagi idoraviy normativ hujjatlarning Konstitutsiya va qonunlarga mosligini ta’minlash vazifasi Adliya vazirligiga yuklatilib, ularning davlat ro’yxatidan o’tkazilishi talab etilgan. Rasmiy tarzda ro’yxatdan o’tmagan idoraviy normativ hujjatlar yuridik kuchga ega bo’lmaydi, ularni hayotga joriy etish mumkin emas. Konstitutsiya va qonunlarning ustunligini ta’minlashda prokuror nazoratining roli kattadir. Mazkur vazifa doirasida prokuratura idoralari muayyan qonunlar ijrosini bevosita bajaruvchi vazirliklar, idoralar, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasa va tashkilotlarning mas’uliyatini oshirish, qonun buzilishining oldini olish, uning sabablari va shart-sharoitlarini o’z vaqtida bartaraf etish chora-tadbirlarini ko’radilar. Qonunni qo’pol buzish hollari aniqlanganda ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari qo’llaniladi.
O’zbekistonda konstitutsiya va qonunlarning ustunligini ta’minlash uchun tashkiliy-huquqiy kafolatlar va yuridik mexanizmlar muttasil takomillashtirilib, ularning samaradorligini oshirib borish lozim.

Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlash hamda odil sudlovga erishish darajasini oshirish sud-huquq tizimini isloh qilish sohasida davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi.


O‘tgan davr mobaynida sud tizimi faoliyati samaradorligini oshirish, sudyalarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish tartibini takomillashtirish, har bir ish bo‘yicha qonuniy, asoslantirilgan va adolatli sud qarori chiqarilishini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.


Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tuzildi, sud hokimiyatining yagona oliy organi – O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, ma’muriy sudlar tashkil etildi, shuningdek, sudyalik lavozimiga muddatsiz davrga tayinlash (saylash) tartibi joriy etildi.


Barcha toifadagi sud ishlarini sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqish amaliyotining kengaytirilganligi aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish va sud hokimiyatining ochiqligini oshirish yo‘lida ko‘rilgan muhim chora bo‘ldi.


Shu bilan birga, sud hokimiyati organlari faoliyatining tahlili ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan qator muammo va kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatdi.


Xususan, sudlarning jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan ishlari qoniqarsiz darajada tashkil etilganligi sud faoliyatini lozim darajada yoritish imkonini bermayapti hamda aholining sud hokimiyatiga ishonchi pasayishiga olib kelmoqda.


Sudyalarni moddiy ta’minlash va ijtimoiy himoya qilishning amaldagi tizimi sud hokimiyatining alohida mavqei va obro‘siga, sudyalar mustaqilligi prinsiplariga muvofiq emasligi kasbiy o‘sishni yanada rag‘batlantirishga to‘sqinlik qilib, kadrlar qo‘nimsizligiga olib kelmoqda.


Odil sudlovni amalga oshirish sifatini yaxshilash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyasi kafolatlarini kuchaytirish maqsadida, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:


1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Sudyalar oliy kengashi va O‘zbekiston Sudyalar assotsiatsiyasining quyidagilar orqali sud organlari faoliyatining shaffofligini yanada ta’minlash, aholi bilan ochiq muloqotni kengaytirish va odil sudlovni amalga oshirishda jamoatchilik rolini kuchaytirish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin:


O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi veb-saytida sud qarorlarini tizimli ravishda e’lon qilish tartibini bosqichma-bosqich joriy etish;


qabul qilingan sud hujjati o‘qib eshittirilganidan so‘ng uning mazmun-mohiyatini sud protsessi ishtirokchilariga tushuntirilishini sud amaliyotiga joriy etish;


sudlar faoliyati to‘g‘risida jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarini xabardor qilish maqsadida har chorakda viloyat sudlari raislari va ularning o‘rinbosarlari tomonidan brifinglar o‘tkazish;


O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hay’atlari tomonidan sud ishlarini nazorat tartibida, viloyatlar va ularga tenglashtirilgan sudlar tomonidan sud ishlarini apellyatsiya va kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish amaliyoti obzorlarini har chorakda e’lon qilish.


2. O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining sudyalarni tanlash va lavozimga tayinlashning xolisligi va shaffofligiga ishonchni oshirish maqsadida 


Download 56.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling