Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga


Download 3.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/72
Sana07.10.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1694878
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
Bog'liq
247 буйруқ Малака тавсифлари



30
avgust
03-01/3-3634
Oʻzbekiston Respublikasi
Adliya vazirligiga
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi
tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil
26-maydagi PF-79-son Farmonining 6-ilovasi 8.1-bandi ijrosi boʻyicha amalga
oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ilovaga muvofiq yuborilmoqda.
Ilova: ___ v.
Vazir oʻrinbosari
T.Komilov
IJRO.GOV.UZ тизими орқали ЭРИ билан тасдиқланган, Ҳужжат коди: MX23222399


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRINING
BUYRUG‘I
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston
Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar
va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari, tuman (shahar)
bo‘linmalari, vazirlik tizimidagi respublika tashkilotlari va muassasalari hamda
umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) xodimlari asosiy lavozimlarining
malaka tavsiflarini tasdiqlash toʻgʻrisida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekiston ma’muriy
islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 21-dekabrdagi
PF-269-son, “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga
qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2023-yil
25-yanvardagi PF-14-son va “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning
tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”
2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmonlariga muvofiq Maktabgacha va maktab ta’limi
vazirligi markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab
taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi
boshqarmalari
va
tuman (shahar)
bo‘linmalari,
vazirlik tizimidagi respublika
tashkilotlari va muassasalari hamda umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat)
xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash maqsadida buyuraman:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi markaziy
apparati xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari 1-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Maktabgacha va maktab taʼlimi
vazirligi,
Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari xodimlari
asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari 2-ilovaga muvofiq;
tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari xodimlari asosiy
lavozimlarining malaka tavsiflari 3-ilovaga muvofiq;
vazirlik tizimidagi respublika tashkilotlari va muassasalar hamda umumiy o‘rta
ta’lim maktabi (maktab-internat) xodimlarining malaka tavsiflari (keyingi oʻrinlarda
malaka tavsiflari) 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Maktabgacha ta’lim agentligi (A.Shin) hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim
muassasalari agentligi (A.Ubbiyev) ikki hafta muddatda agentlik va tizimidagi ta’lim
muassasalari xodimlarining malaka tavsiflarini ishlab chiqsin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Maktabgacha va maktab taʼlimi
vaziri,
Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari, tuman
(shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari hamda vazirlik tizimidagi respublika
tashkilotlari va muassasalari rahbarlari;


tegishli xodimlar uchun malaka tavsiflaridan foydalanish va ularni amalda
qo llash bo yicha seminarlar tashkil etsin va tushuntirish ishlari olib borsin;
xodimlarni ishga qabul qilish va ularni boshqa lavozimga o tkazishda mazkur
malaka tavsiflariga qat’iy rioya etilsin.
4. Devonxona (D.Isxakova) ushbu buyruqni bir kun muddatda Maktabgacha
ta’lim agentligi, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar
maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalariga yetkazilishini ta’minlansin.
5. Axborot xizmati (D.Sobirova) tasdiqlangan malaka tavsiflarini vazirlikning
rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini ta’minlasin.
6. O zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining “Xalq ta’limi xodimlari asosiy
lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to g risida” 2019-yil 7-dekabrdagi
393-sonli buyrug ining tegishli Qoraqalpog iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi,
Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarma
hamda tuman (shahar) xalq ta’limi bo limlari bo yicha tegishli ilovalari o z kuchini
yo qotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.

Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling