1.5.Сохранить как- joriy hujjatni boshqa papkaga yoki diskga, boshqa nom yoki formatda yozish (saqlash).
1.6.Сохранить все - word matn muxarririda ochilgan hamma oynadagi hujjatlarni diskka yozish.
1.7. Свойства – joriy hujjat haqida axborot olish va shu axborotlarni uzgartirish.
1.8.Пaрaмeтры страницы – varaq sahifalarining- ko'rinishini izohlash. Bunda xoshiyalarni, varaq o'lchamini va boshqa parametrlarni ko'rsatish mumkin.
1.9. Предварительный просмотр- hujjatni printerga chop etishga yuborishdan avval qog'ozdagi ko'rinishini ekranda ko'rish.
1.10. Печать - hujjatni printerga chop etish uchun yuborish. Bunda printerni, varaqlar raqamini, nusxalar sonini ko'rsatish mumkin.
1.11. Bundan oldingi ish seansda ishlatilgan hujjatlar ro'yxati. shu ro'yxatdan hujjat nomini tanlab hujjatlarni tez ochish mumkin.
1.12. Выход - prosessoridan chiqish.
1.3. Elektron jadval yacheykalari va
ular ustida amallar bajarish.
Excel jadval prosessorida yangi ochilgan fayl (kitob) bir nechta varaqlarga bo'lingan va bu varaqlar sonini 256 tagacha ko'paytirish mumkin. Varaqlar nomi (лист1, лист2, лист3 va xk.) Excel oynasi past qismida keltirilgan. (rasmga qarang).
Varaqlar qo'shish uchun varaq nomi kontekst menyusi ishga tushiriladi va Добавить buyrug'i ishga tushiriladi. O’chirish uchun Удалить, nomini o'zgartirish uchun Переименовать, ko'chirish yoki nusxa olish uchun Переместить/Скопировать buyrug'idan foydalaniladi.
Excel jadval prosessorida butun varaq yacheykalarga bo'lingan. Yacheykalar standart ravishda vertikaliga ustunlar sarlahasi harflar bilan gorizontaliga satrlar sarlahasi sonlar orqali ketma-ket nomlanadi va mos ravishda har bir yacheyka jadvaldagi o'rniga qarab quyidagicha nom oladi: A1, A2, A3 ...... B1, B2, B3 va hokazo.
Yacheyka nomi yacheyka nomi maydonida ko'rsatib turiladi va uning nomini shu maydon orqali o'zgartirilishi mumkin.
|
Yacheykalar eni quyidagicha o'zgartiriladi: Ustun sarlahasi o'ng tarafidagi chiziqqa kursatkichni keltirib va ikki taraflama strelka ko'rsatilgandan keyin sichqoncha chap tugmasini bosgan holda keraklicha ustun yacheykalarining eni o'zgartiriladi yoki menyu satridan “Формат”-“столбец”-“ширина” buyrug'ini tanlab, yacheyka eni son bilan ko'rsatiladi. Bunda butun ustun eniga o'zgaradi. Agar bir nechta ustunlar bir xil bo'lishi kerak bo'lsa, ular avval ustunlar sarlavhasi orqali belgilab olinadi va ixtiyoriy bittasi eni o'zgartiriladi. (rasmga qarang).
|
|
Yacheykalar bo'yiga quyidagicha o'zgartiriladi: satr sarlavhasi tagidagi chiziqqa ko'rsatkichni keltirib, tepaga-pastga strelka ko'rsatilgandan keyin sichqoncha chap tugmasini bosgan xolda xarakatlantiriladi yoki menyu satridan “Формат” -“строка” -“высота” buyrug'ini tanlab, yacheyka bo'yi son bilan ko'rsatiladi. Bunda butun satrdagi yacheykalar bo'yiga o'zgaradi. Agar bir nechta satr bo'yini bir xilda o'zgartirish kerak bo'lsa, bu satrlar belgilab olinadi. (rasmga qarang).
|
|
Yacheykalar ish varag'iga quyidagicha qo'shiladi: menyu satridan “Вставка”-“ячейки” buyrug'ini tanlash yo'li bilan yoki kontekst menyudan “Добавить ячейки” buyrug'ini tanlash yo'li bilan. Bu ikkala xolda “Добавление ячеек” oynasi ochiladi, undan tanlash yo'li bilan yacheyka, satr yoki ustun qo'shish kerakligini ko'rsatiladi. satr yoki ustun qo'shish uchun menyu satridan mos ravishda “Вставка” - “строка” yoki “столбец” buyrug'ini tanlash mumkin. Joriy kitobga yangi ish varag'ini qo'shish uchun menyu satridan “Вставка”-“Лист” buyrug'i ishga tushiriladi.
|
|
Yacheykalar ish varag'idan quyidagicha o'chiriladi (olib tashlanadi): menyu satridan “Правка”-“удалить” buyrug'ini tanlash yo'li bilan yoki suzuvchi menyudan “Удалить” buyrug'ini tanlash yo'li bilan. Bu ikkala xolda “Удаление ячеек” oynasi ochiladi, undan tanlash yo'li bilan yacheyka, satr yoki ustun o'chirish kerakligi ko'rsatiladi. Joriy kitobdan ish varag'ini olib tashlash (o'chirish) uchun menyu satridan “Правка”-“Удалить листь” buyrug'i ishga tushiriladi va so'rovlarga mos ravishda javob beriladi. O’chirilgan varaqni “Правка” - “отменить” buyrug'i orqali qayta tiklab bo'lmaydi.
|
Yacheyka formati quyidagicha o'zgartiriladi: menyu satridan “Формат”-“Ячейки” buyrug'i yoki suzuvchi menyudan “Формат ячеек” buyrug'i ishga tushiriladi. “Формат ячеек” oynasida quyidagilar o'zgartiriladi: sonlarning formati, yacheykadagi yozuv joylashish o'rni, harf turi va ko'rinishi, chegarasi chiziqlari, ko'rinishi, rangi va ximoya parametrlari. (rasmga qarang).
1.
Son formatini tanlash oynasi.
|
2.
yacheykadagi yozuvni gorizontaliga tekislash maydoni.
yacheykadagi yozuvni vertikaliga tekislash maydoni.
Yacheykadagi yozuv eniga joylashmasa keyingi satrga o'tkazish bayroqchasi.
Belgilangan yacheykalarni birlashtirish va bekor qilish bayroqchasi.
Yozuvni tanlash orqali ma'lum gradusga og'dirish.
Yozuvni og'dirish burchagini ko'rsatish maydoni (gradusda).
|
3.
Shriftlarni sozlash varag'iga izoh:
Shrift turini tanlash ro'yxati.
Shrift ko'rinishini tanlash ro'yxati.
Shrift o'lchamini tanlash ro'yxati.
Shrift tagiga chizish chiziqni ko'rsatish maydoni.
Shrift rangini tanlash ochiluvchi palitrasi.
Shrift ustiga chizish bayroqchasi.
Yuqorigi indeks.
Pastki indeks.
Avvaldan ko'rish joyi.
|
4.
Chegara chizig'ini ko'rsatish varag'iga izoh:
Chiziq turini tanlash maydoni.
Chiziq rangini tanlash maydoni.
Chegara chizig'ini to'liq yo'qotish.
Atrofiga to'liq chizish.
Ichki chiziqlarni chizish.
Yuqori chegara chizig'ini chizish.
O’rtaliq gorizontal chiziqlarni chizish.
Pastki chegara chizig'ini chizish.
45-gradusli chegara chizig'ini chizish.
Chap chegara chizig'ini chizish.
O’rtaliq vertikal chiziqlarni chizish.
O’ng chegara chizig'ini chizish.
-45-gradusli chegara chizig'ini chizish.
|
5.
“Вид” varag'iga izoh:
Yacheyka fon rangini tanlash.
2- Uzor turini tanlash.
|
6.
Himoya varag'iga izoh:
1- Yacheykaga ximoya o'rnatish bayroqchasi.
2- Yacheykadagi formulalarni yashirish bayroqchasi.
Eslatma: Himoya ishlashi uchun menyu satridan Cервис – защита – защитит листь buyrug'i ishga tushiriladi.
|
Yacheykalarni formatlash uchun “Форматирование” uskunalar panelidan foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |