3-mavzu. Ravon nutqni rivojlantirish


Download 60.53 Kb.
bet5/5
Sana05.10.2023
Hajmi60.53 Kb.
#1692342
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-lekciya

Xorun ar-Rashid dedi: Mening yuzimga shunday dard-anduh bilan to`lgan so`zni aytasanmi? Agar mening qarindoshlarim o`lsalar, men nima ish qilaman? Va qanday qilib kun kechiraman? - deb ta`birchini yuz tayoq urishga buyurdi. So`ngra boshqa bir ta`birchini chaqirdi va tushining ta`birini so`radi. Ta`birchi dedi: “Ey amir al mo`min, sening umring barcha qarindoshlaringning umridan uzun bo`ladi. Xorun ar Rashid dedi: «Barcha aqlning yo`li birdir va ikkovining ta`biri bir erdan chiqadi, ammo yuqoridagi ta`birchining iborasi bilan keyingi ta`birchining iborasi orasidagi farq kattadir», – dedi va Xalifa keyingi ta`birchiga yuz tilla berishini buyurdi.
Ey farzand, so`zingni yuzi va orqa tomonini bilgin, ularga rioya qilgin. So`zlaganda ma`noli gapir, bu notiqlikning alomatidir. Agar gapirgan vaqtingda so`zing qanday ma`noga ega ekanligini bilmasang, qushga o`xshaysan, bunday qushni to`ti deydilar. To`ti ham so`zlaydi, ammo so`zining ma`nosi bo`lmaydi. Shunday kishini notiq (suxango`y) deymizki, uning har bir so`zi xalqqa tushunarli bo`lsin va xalqning har so`zi unga ma`lum bo`lsin. Bunday kishilar oqil (aqlli)lar qatoriga kiradi.
Bilgan so`zingni o`z joyila ishlatgin, vaqtni bekor o`tkazmagin. Agar vaqtni bekor o`tkazsang, donishmandlikka putur etkazgan bo`lasan. Hamma vaqt to`g`ri so`z gapir, bepisandlikni da`vo qilguvchi bo`lmagin, bilmagan ilmdan gapirmagil, shunda ilmdan non talab qilma. Har qanday talabing bo`lsa, bilgan ilm, ma`rifat va hunardan hozir bo`ladi. Bilmagan ilm, ma`rifat va hunarni bilmagan deb da`vo qilsang, nech narsa hosil bo`lmaydi va behuda zaxmat chekasan.
Har bir so`zga quloq sol, tezlik qilma. O`ylamasdan so`zlama. Har bir so`zni o`ylab gapir, xatto aytgan gapingdan pushaymon bo`lmagaysan (Qobusnomadan).
Ma`lumki, til inson aqliy faoliyatining eng oliy va asosiy vositasidir. Chunki insonni boshqa jonzotlardan ajratib turadigan ham til emasmi? Shunday ekan, inson aqliy faoliyatining eng oliy mahsullari, tafakkur mevalari til va nutq orqali ro`yobga chiqadi. Til tafakkur mahsulining hayotga tatbiq etilish vositasi bo`luvchi qudratli quroldir.

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:


  1. Ravon nutq tushunchasi va uni rivojlantirish vazifalari haqida nimalarni bilasiz?

  2. Ravon nutqning mohiyati nimalardan iborat?

  3. Maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarni ravon nutqqa o`rgatish jarayoni qanday kechadi?

  4. Til tafakkur quroli va muomala vositasi deyilishini asoslab bering?

  5. Ta`lim muassasalarida o`qitish qanday shakllarda amalga oshiriladi?

  6. Maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarni ravon nutqqa ijodiy o`rgatish usullari haqida nimalarni bilasiz?

Download 60.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling