3-mavzu. Rekombinant dnk texnologiyasi, genomni sekvenslash, genomni sharxlash genetika fanining asosiy usullari


Download 408.14 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.06.2023
Hajmi408.14 Kb.
#1493732
Bog'liq
3-mavzu. Rekombinant DNK texnologiyasi, genomni sekvenslash, genomni sharxlash. Genetika fanining asosiy usullari



3-MAVZUREKOMBINANT DNK TEXNOLOGIYASI, GENOMNI 
SEKVENSLASH, GENOMNI SHARXLASH GENETIKA FANINING ASOSIY 
USULLARI. 
1. 
REKOMBINANT DNK TEXNOLOGIYASI
 
2. 
GENOMNI DEKVENSLASH
 
3. GENOMNI SHARXLASH 
 
Tayanch iboralar: Genomni sekvenslash, genomni sharxlashrekombinant DNK, Halqasimon 
plazmida, Eco R I, elektroforez. 
Rekombinant DNK olish va genlarni klonlash. 
Sun‘iy ravishda rekombinant DNK olish va genlarni klonlash birinchi marotaba 1972-yili AQSh 
olimlari G.Boyer va S.Koen tomonidan amalga oshirildi. Bu ikki olim ichak tayoqchasi bakteriyasi 
E. coli ning xromosoma DNKsini hamda shu bakteriya plazmidani alohida probirkalarga joylab
ularga Eco R I (iko ar bir) restriktaza fermenti bilan ishlov berganlar. Halqasimon plazmida tarkibidan 
faqat bir dona Eco R I restriktaza fermenti tanlab kesadigan nukleotidlar izchilligi bo'lganligi sababli 
restriktaza DNK qo’sh zanjirini faqat bir joydan kesib halqasimon plazmidani yopishqoq uchli ochiq 
holatga o ‘tkazadi. Xromosoma DNK molekulasida Eco R I restriktaza fermenti taniy oladigan 
maxsus nukleotidlar izchilligi qancha bo'Isa, bu molekula shuncha bolakka bo’linadi. DNK 
bo’laklarini elektroforez moslamasida kuchli elektr maydonida katta kichikligiga qarab ajratiladi va 
hosil bo’lgan bo’laklar maxsus bo’yoq bilan bo'yaladi. Natijada bir joyga y.ig'ilgan bir xil kattalikdagi 
DNK bo'laklari to’plamini oddiy ko’z bilan ko’rish mumkin. Elektroforez gelidan xohlagan 
kattalikdagi DNK bo'lagini suvda eritib ajratib olsa bo’ladi. Boyer va Koen shu usullar bilan ajratib 
olingan yopishqoq uchli bakteriya DNK bo'lagini ochiq holatdagi yopishqoq uchli plazmida DNKsi 
bilan probirkada aralashtirib ulovchi ligaza fermenti vositasida bu ikki xil DNK bo'laklari uchlarini 
bir-biriga kovalent bog’lar yordamida uladi. Natijada plazmida tarkibiga yot xromosoma DNK bo'lagi 
kiritildi. Shu usul bilan ilk bor rekombinant plazmida hosil qilindi. 
Mazkur molekular qurilmada plazmida vektor tashuvchi funksiyasini bajaradi. Chunki 
plazmidalar xromosoma DNKsiga rekombinatsiyalana oladi. Bu vektor qurilma o’z tarkibida 
antibiotikka chidamlilik geni bo'lganligi uchun maxsus olingan plazmidasiz ya‘ni antibiotikka 
chidamsiz shtamm (bakteriya) hujayralarga kiritilsa, rekombinant plazmida kiritilgan bakteriya kloni 
antibiotikka chidamli genga ega bo'lib qolgani sababli antibiotik ta‘sirida o’lmaydi. Shunday 
bakteriyalar alohida ko’paytirilsa uning tarkibidagi yot DNK bo'lagi ham shuncha ko'payishi 
mumkin. Undan tashqari rekombinant plazmida vektor avtonom replikatsiyalanuvchi plazmida 
bo’lsa, yot DNK bo’lagi yana o'nlab barobar ko'payadi. Yot DNK bo'lagini rekombinant vektor 
qurilmalar vositasida ko'paytirish genlarni klonlash deb ataladi. Genetik injeneriyada DNK bo'lagini 
klonlashda vektor sifatida virus va fag DNK molekulasidan yoki ko'chib yuruvchi genetik 
elementlardan ham foydalaniladi. 
Molekular genetikaning rivojlanishi bilan faqat ayrim genlarning tuzilishi emas, balki har bir 
organizm genomi yaxlit holda o'rganiladi va qiziqarli ma‘lumotlar olinadi. Genom bu gaploid 
holatidagi xromosomalarning genlar majmuasidir. Genomni tadqiq qiluvchi molekular genetikaning 
shoxobchasi genomika deb nomlanadi. Genomika o’z tadqiqotlarini prokariot organizmlar genomini 
o’rganishdan boshlagan. Keyin esa eukariot organizmlar genomi tadqiq qilindi. Oqibatda prokariot 
va eukariot organizmlar genotipini o’ziga xos tuzilishi ma‘lum bo'ldi. Prokariot organizmlarda 
Esherichia colini misol uchun olsak uning genotipi 4639221 nukleotid juftligidan tashkil topgan. 
Genotipni 87,8 foizi aminokislotalarni kodlashda, 0,8 foizi tegishli genlar RNK genini har xil 
fraksiyalar (T-RNK va R-RNK ) sintezi kodlashda ishtirok etadi.0,7 foizi esa, kodlarda qatshanmaydi 
nukleotidlar juftligi hisoblanadi. Shunday qilib bakteriyalarda genomning 88,6 foizi genlardan iborat 
bo‘lib, 11 foizi atrofida nukleotidlar juftlari kodlashda qatnashmaydigan genlar orasidagi takroriy 
qismlar sanaladi. Prokariotlarga nisbatan eukariotlarda nukleotidlar va genlar soni nihoyatda ko’p 
bo'ladi. Tubandagi jadvalda esa eukariot organizmlarni ba‘zilarini genom kattaligi yoritilgan. 
(M.Singer. Berg 1998). 


3.1-Jadval 
Prokariot organizm tarkibida atigi bir dona xromosoma - genofor, euakariot organizmlarda esa 
xromosomalar soni nihoyatda ko'p. Masalan, odam genomini olsak, uning genomi 23 ta 
xromosomada 3 x 10
9
nukleotidlar juftlari joylashgan. Odamning katta xromosomasida 29 mln., eng 
kichik xromosomasida esa 47mln. nukleotidlar juftlari mavjud. 
Har xil obyektlarda nukletidlar izchilligi asosiy aniqlangan genlar soniga oid ma‘lumotlar. 
3.2-Jadval 
Prokariotlardan farqli ravishda euakariotlarda DNK sida kodlanuvchi va kodlanmaydigan qismlar 
bor. Kodlanuvchi DNK qismlari poli peptid yoki RN K sintezida qatnashadi. Kodlanmaydigan DNK 
qismlarini esa, intronlar, genlar orasida nukleotid juftliklari, soxta genlar 


tashkil etadi. Odam genomini atigi bir foiz ekzonlar, 24 foizi interonlardan va 
75 foizi genlar orasidagi nukleotidlarjuftligidan tuzilgan. Boshqacha aytganda 
odam genomini bir foizigina oqsil molekulalarini sintezi haqidagi axborotni 
o’zida saqlaydi. 
XX asrning 60-yillarini oxirida amerikalik olimlardan R.Britten va 
E.Devidson euakariot organizm lar genom ida har xil darajada takrorlanadigan 
DNK qismlarini kashf etdilar. Bularga: 
1. Noyob-nodir nukleotidlar izchilligi ya‘ni bir nusxadagi nukleotidlar izchilligi. 
2. 0’rtacha takrorlanuvchi yoki oraliq nukleotidlar izchilligi. 
3. Yuqori darajadagi genomda takrorlanadigan nukleotidlar izchilligi. 
Ularning takrorlanish darajasi 10
6
nusxalarga teng. Keyingi vaqtda olingan 
ma'lumotlarga ko'ra noyob nukleotidlar izchilligi oqsilni sintezida qatnashuvchi 
genlar sanaladi. 
Mustahkamlash uchun savollar. 
1. Rekombinant DNK texnologiyasi birinchi marta sun‘iy yaratgan olimlar kim? 
2. Rekombinant DNK nima? 
3. Vektor sifatida nimalardan foydalanilsa bo‘ladi? 
4. Genomni sekvenslash deganda 
nimani tushunasiz? 5.Genomni 
sharxlash deganda nimani 
tushunasiz 

Download 408.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling