3-mavzu: relyatsion ma’lumotlar bazasini loyihalashtirish
Ma’lumotlar bazasini jismoniy loyihalash
Download 127.7 Kb.
|
3.Relyatsion ma\'lumotlar bazasini loyihalashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’lumotlarni guruhlash.
3.4. Ma’lumotlar bazasini jismoniy loyihalash.
Predmet soha ma’lumotlarini MBBT yordamida kompyuter jismoniy xotirasiga kiritish, saqlash hamda kerakli ma’lumotlarni olish va ma’lumotlarga ishlov berishda ma’lum bir usullarni qo’llashni tashkil qilishdir. Mantiqiy model yaratilgandan so’ng u aniq bir MBBT yordamida kompyuter jismoniy xotirasiga kiritiladi. endi kompyuter jismoniy xotirasida mantiqiy modelning tasviri hosil bo’ladi. U orqali predmet soha ma’lumotlarini kiritish, saqlash va kerakli ma’lumotlarni olish hamda ma’lumotlarga ishlov berish mumkin. Ma’lumotlarni olish hamda ularga ishlov berishda ma’lum bir usullar qo’llaniladi. Bu jismoniy yoki ichki model hisoblanadi. Ma’lumotlarni guruhlash. Jadvali ma’lumotlar manzili satr va ustunlar kesishmasi bilan aniqlanadi. MB da ustunlar-atributlar yoki maydonlar, satrlar esa yozuvlar deb ataladi. Yozuvlar MB ning tuzilmasini, maydonlar esa, unda joylashgan ma’lumotlarni tashkil etadi. Maydonlar - MB tuzilmasining asosiy elementlaridir. Ular ma’lum xususiyatlarga ega bo’ladilar. Har qanday maydonning asosiy xususiyati uning uzunligidir. Maydon uzunligi undagi belgilar soni bilan ifodalanadi. Maydonning yana bir xususiyati, uning nomidir. Interfeysda maydonda uning nomidan tashqari yana imzo xususiyati ham mavjud. Imzo - ustunning sarlavhasida aks ettiriladigan axborotdir. Uni maydon nomi bilan aralashtirib yubormaslik lozim. Agar imzo berilmagan bo’lsa, sarlavhada maydon nomi yozib qo’yiladi. Turli tipdagi maydonlar turli maqsadlarda ishlatiladi va turli xossalarga ega bo’ladi. Har bir maydon tipga ega. Tiplar sonli, harfiy, grafik, sana, mantiqiy va hokazo bo’lishi mumkin. Maydon tipiga muvofiq unda ma’lumotlar ifodalanadi. MS Access MBBT misolida maydonlarning xususiyati bilan tanishib chiqamiz: 1. Oddiy matn maydoni. Belgilar soni 255 dan oshmasligi kerak. 2. MEMO - katta o’lchamli matn maydoni. Belgilar soni 65535dan oshmasligi shart. Oddiy matn va MEMO maydonida hisob ishlarini bajarib bo’lmaydi. 3. Sonli maydon. Sonli ma’lumotlarni kiritishga xizmat qiladi va hisob ishlarini bajarishda foydalaniladi. Bu maydon 1,2,4,8 va 16 baytli bo’lishi mumkin. 4. Sana va vaqt maydoni. Bu maydon sana va vaqtni bichimlangan holda saqlab qo’yish imkonini beradi (01.06.01 20:29:59). 8bayt o’lchamga ega. 5. ‘Pul birligi’ nomi bilan ataluvchi maydon. Bu maydondan hisob kitob ishlarini yuritishda foydalaniladi. 6. Hisoblagich maydoni. Bu maydon 4 bayt uzunlikka va avtomatik ravishda ma’lum songa oshib borish xususiyatiga ega. Ushbu maydondan yozuvlarni raqamlashda foydalanish qulaydir. 7. Mantiqiy amal natijasini saqlovchi maydon. Bu maydon ‘rost’ (true) yoki ‘yolg’on’ (false) qiymatni saqlaydi. Maydon o’lchami 1bayt. 8. OLE-nomi bilan yurituvchi maydon. Bu maydon Excel jadvalini, Word hujjatini, rasm, ovoz va boshqa shu kabi ma’lumotlarni ikkilik sanoq tizimsida saqlaydi. Maydon o’lchami 1 Gbaytgacha. 9. Giperssilka maydoni. Bu maydon belgi va sonlardan iborat bo’lib, biror fayl yoki saytga yo’l ko’rsatadi. 10. Qiymatlar ro’yxatidan iborat bo’lgan maydon. Bu maydon bir qancha qiymatlardan iborat bo’lgan ro’yxatdan tanlangan aniq bir qiymatni saqlaydi. Xuddi shuningdek, MySQL, MS SQL Server, Oracle MBBT larida uziga xos tiplar qo’llaniladi. Barcha relyatsion MBBT da ishlatiladigan tiplar SQL tili standartini qanoatlantirishi lozim. MB ni yaratish predmet sohasini tavsiflash asosida amalga oshiriladi. Bunday tavsif predmet sohasini ifodalovchi hujjatlar majmuasiini, aniq ob’ektlar, jarayonlar va hodisalar, MB da saqlanishi kerak bo’lgan axborotlar butun turkumini qamrab olishi kerak. MB ni yaratishda uning tuzilishi aniqlanishi lozim. MB tuzilishini aniqlashdan avval axborot ehtiyojlari - MB ga joylashtirilishi lozim bo’lgan axborot majmuasi aniqlanadi. Shundan so’ng, MB ni loyihalashga kirishish lozim. MB ni loyihalashning asosiy maqsadi uning mantiqiy tuzilishini belgilashdan iboratdir. Loyihalash natijasida relyatsion bazaning tuzilishi, ya’ni relyatsion jadvallari, ularning tarkibi va mantiqiy aloqadorliklari aniqlanadi. Chunki, baza o’zaro mantiqiy aloqadorlikdagi sanoqsiz jadvallardan tuzilgan bo’ladi. Jadvalning tuzilishi esa ustunlar tarkibi, ularning ketma-ketligi, har bir ustun ma’lumotlarining turi va o’lchami, shuningdek, jadval kaliti bilan aniqlanadi. MB da saqlanayotgan ma’lumotlar bilan ishlovchi samarali ilovani hosil qilish ham loyihalash orqali tashkil qilingan ma’lumotlar tuzilmasiga bog’liq. Yaxshi tashkil qilingan ma’lumotlar tuzilmasi: oddiy va foydalanuvchiga tushunarli bo’lgan ilova bilan ma’lumot kiritishni bajarish (amalga oshirish); kerakli bo’lgan ma’lumotni MB dan tez topish; MB ni ortiqcha o’sib ketishga olib kelmaydigan ko’rinishda saqlash; dastur ta’minotini ishlab chiqish va kuzatishni soddalashtirish imkonini beradi. MB ni loyihalashda eng qulay MB tuzilmasi to’g’risidagi masalani hal qilishimiz zarur. Bunda izlanayotgan asosiy maqsadlar: jadvaldagi ma’lumotlarga tez etishishni ta’minlash; kiritishdagi xatolar sababi va kompyuter diski maydonidan noratsional foydalanish sababi bo’lishi mumkin bo’lgan, keraksiz ma’lumotlarni qaytarilishiga yo’l qo’ymaslik; ma’lumotlar butligini shunday ta’minlash kerakki, bitta ob’ekt o’zgartirilganda avtomatik ravishda ular bilan bog’liq bo’lgan ob’ektlarni o’zgarishi ro’y bersin. Relyatsion MB da ma’lumotlarni relyatsion talabi darajasida tashkil qilishda me’yorlashtirish qo’llaniladi. Me’yorlashtirish kelgusida relyatsion modelni takomillashtirish jarayonini namoyon qiladi. U tahliliy modelni tuzgandan so’ng bajariladi va uning tashkiliy tuzilish darajasini oshirish uchun mo’ljallangan. Me’yorlashtirish nima ekanligini o’rganishdan oldin me’yoriy bo’lmagan shakl tushunchasini o’rganib chiqamiz. Me’yoriy bo’lmagan shakl (MBSh) – bu bir yoki bir nechta takrolanuvchi ma’lumotlar guruhiga ega bo’lgan jadval. Takrolanuvchi guruh tushunchasi. Takrorlanuvchi guruh ER – diagrammalardagi munosabatning ko’p qiymatli atributiga mos keladi. Takrorlanuvchi guruh (repeating group) - bu har bir maydonida bir nechta qiymat joylashgan atributdir. Takrorlanuvchi guruhlarni bartaraf etish. Takrorlanuvchi guruhlarni bartaraf etishning ikkita usuli mavjud: noto’g’ri va to’g’ri. Noto’g’ri usul. Birinchi usulda takrorlanuvchi guruhlar har bir takrorlanuvchi qiymat uchun jadvalga alohida ustun qo’shish orqali bartaraf etiladi. Me’yorlashtirish - MB dagi ma’lumotlar ortiqchaligini yo’qotish, takrorlanmaslik va o’zaro bog’lanishlarni tashkil qilish jarayonidir. Me’yorlashtirishning asosiy maqsadi – shunday MB ni yaratishga qaratilganki, unda ma’lumotlar bir marta qayd qilinadi, ya’ni ma’lumotlar ortiqcha yoki takrorlanishi mumkin emas. Bu amal saqlanadigan ma’lumotlarni qarama – qarshiligini bartaraf etish uchun zarur. Me’yorlashtirishni talab darajasida tashkil qilish uchun dekompozitsiya (bo’laklarga ajratish) qo’llaniladi. Dekompozitsiya - MB jadvallarini o’zaro bog’langan sodda va ixcham bir nechta jadvallarga ajratishdir. Dekompozitsiyalashda MB jadvallari soni oshib ketadi, ammo MB ixcham tuzilmaga ega bo’ladi. Ular me’yorlashtirilgan bo’lishi lozim. Download 127.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling