3-mavzu: relyatsion ma’lumotlar bazasini loyihalashtirish


Download 127.7 Kb.
bet1/9
Sana30.03.2023
Hajmi127.7 Kb.
#1310175
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3.Relyatsion ma\'lumotlar bazasini loyihalashtirish


3-MAVZU: RELYATSION MA’LUMOTLAR BAZASINI LOYIHALASHTIRISH


Tayanch iboralar: Loyihalash; kontseptual; mantiqiy; jismoniy; Boys-Kodd; Imzo; MEMO; OLE-nomi; Giperssilka maydoni; MySQL; MS SQL Server; Oracle; dekompozitsiya; tranzitiv; funktsional bog’liqlik.


3.1. Relyatsion ma’lumotlar bazasini normallashtirishni tadbiq etgan holda loyihalashtirish.

MB ni ko’rishdan maqsad predmet soha ma’lumotlarini saqlash va ularni qayta ishlashdan iboratdir. MB ni ko’rish, uni loyihalashdan boshlanadi. Loyihalashda predmet soha ma’lumotlari guruhlanadi va ular guruh shaklida MB da saqlanadi. Relyatsion MB da guruh sifatida jadval nazarda tutiladi. Demak, loyihalashda MB jadvallari tanlangan relyatsion MBBT talablariga muvofiq me’yorlashtirilgan holda yaratilishi lozim.


Loyihalashda ikkita yondashuvdan foydalanish mumkin.
Birinchi yondashuvda dastlab baza yaratishdan maqsad ularni echish bo’lgan asosiy masalalar hamda masalalarning ma’lumotlarga ehtiyoji aniqlanadi.
Ikkinchi yondashuvda predmet sohasi o’rganiladi, uning ma’lumotlari tahlildan o’tkaziladi va predmet sohasining bir turdagi ob’ektlari belgilanadi.
Amaliyotda har ikkala yondashuvning birikmasi ma’qulroqdir. Chunki, odatda dastlabki bosqichda barcha masalalar haqida to’liq ma’lumotlar bo’lmaydi, natijada MB ni loyihalash va yaratishni barcha masalalarni tuzish bajarilgunga qadar kechiktirishga to’g’ri keladi. Bu texnologiya qo’llanilsa, ishlab chiqish jarayonining xohlagan bosqichida MB ga o’zgartirishlar kiritish va uning tuzilishini ilgari kiritilgan ma’lumotlariga ziyon etkazmasdan turib modifikatsiya qilish (yangilash)ga imkon beradi. Bu texnologiya MB dan turli axborotlarni olish zaruriyati haqidagi dastlabki ma’lumotlardan foydalanishni ko’zda tutadi.
MB ni yaratish uchta asosiy bosqichdan iborat:

  • kontseptual;

  • mantiqiy;

  • jismoniy.




Download 127.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling