3-mavzu: relyatsion ma’lumotlar bazasini loyihalashtirish
Download 127.7 Kb.
|
3.Relyatsion ma\'lumotlar bazasini loyihalashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Belgilashlar
Tavsifnoma
Belgilab olinadigan mohiyat yoki belgilash – bu ikki mohiyat orasidagi “ko’pdan-birga” yoki “birdan-birga” aloqa turidir va u tavsifnomadan belginlangan mohiyatga bog‘lik emasliligi bilan farq qiladi. Xodimlarni turli tashkilotlar bo’limiga qabul qilish bilan bo’g’liq misolni ko’rib chiqamiz, Qat’iy qoidalar bo’lmaganda (xodim bir vaqtda bir nechta bo’limda qayd qilinishi yoki hech qaysi bo’limda qayd qilinmasligi mumkin) tarifni assotsiatsiyada yaratish kerak. Hisobga olish: Bo’limlar (bo’lim raqami, bo’lim nomi,…) Xizmatchilar (tabel raqami, familiyasi,…… ) Qaydnoma [Bo’limlarM, HizmatchilarN] (bo’lim raqami, bo’lim nomi, tabel raqami, qaydnoma muddati). Shunga qaramasdan, agar har bir xodim biror bir bo’limga kiritilishi shart bo’lsa, tarifni xodimlar belgisi bilan yaratish mumkin: Bo’limlar (bo’lim raqami, bo’lim nomi,… ) Xizmatchilar (tabel raqami, familiyasi, bo’lim raqami, qaydnoma muddati,) [bo’limlar] Ushbu misolda xodimlar mustaqil mavjuddir (agar bo’lim yoq qilinsa bu shu bo’limdagi xodimlar ham yoqotilishi kerar degani emas.) Shuning uchun ular bo’lim tavsifnomalari bo’lishi va belgilash deb atalishi mumkin emas . Belgilar takrorlanuvchi qiymatli katta matnli atributlarni saqlash uchun foydalaniladi: talabalar o’rganayotgan fanlar ”kodifikatorlari”, tashkilotlar nomi va ularning bo’limlari, mollar royxati va xakozalar. Ko’rinishidan belgilash tarifi tavsif tarifidan faqat qavslari bilan farq qiladi,belgilangan mohiyatlar katta qavsda emas ,balki kvadrat qavslarda yoziladi: BELGILASH(atribut 1,atribut 2,…)[BELGILANGAN MOHIYATLAR RO’YXATI]. ER-diagrammalar tilida tavsifnoma paralellopiped bilan ko’rsatiladi Belgilashlar Belgilashlar va tavsifnomalar butunlay mustaqil mohiatlar emas,chunki ular “belgilanadigan” va “tavsiflanadigan“ boshqa mohiyat borligini taxmin qiladi. Shunga qaramasdan ular baribir mohiyatlar xususiy holatini ko’rsatadi va albatta xususiyatlarga ega bo’lishi mumkin, assotsiatsiyalar va belgilarda qatnashishi mumkin hamda o’zlarining (ancha past darajadagi) xususiy tavsifnomalariga ega bo’lishi mumkin. Tavsifnomalarning barcha nusxalari tavsiflanayotgan mohiyatning biror bir nusxasi bilan albatta bog‘lanishi kerak. Endi sterjenli mohiyatni na assotsiatsiya, na belgi na tavsifnoma bo’lmagan mohiyat sifatida qayta ko’rib chiqamiz. Bunday mohiyatlar boshqa mohiyatlarni bildirsa ham ular mustaqil ravishda Barcha bilim turlari, predmet sohasi xususiyati va loyihaning (bilim bо‘yicha mutaxassisning) malakasiga bog‘liq holda u yoki bu darajada о‘xshash-lik bilan bir yoki bir necha semantik modellar yordamida ifodalanishi mumkin Bu modellarning asosida tarmoqlar, chukkilar va yoylar tushunchasi yetadi.Tarmoqlar oddiy va iyerarxik bo’ladi, unda cho’qqilar - bu ba’zi bir tushunchalar, mohiyatlar, obyektlar, voqealar, jarayonlar yoki xodisalardir. Bu moxiyatlar o’rtasidagi munosabatlar yoylar bilan aks ettiriladi. Abstrakt yoki aniq obyektlar odatda tushunchalar bo’ladilar, munosabatlar esa bu («bu» («is»), “bir qismi bo’ladi”, “tegishli”, “sevadi” ko’rinishidagi aloqalar. Oddiy tarmoqlar ichki tuzilishga ega emas, iyerarxik tarmoqlarda esa ba’zi bir cho’qqilar ichki tuzilishga egalar. Munosabatlarning quyidagi uchta turini mavjudligi semantik tarmoqlarning xarakterli xususiyatlari bo’ladi: sinf - sinfning elementi xususiyat - ma’no sinf elementining misoli Oddiy semantik tarmoqning parchasini keltiramiz. Ikromga ba’zi bir vakt t1 dan t2 gacha davomida “Lada” avtomobili tegishli. U B1 xodisasida mulk egasi bo’ladi. Ikrom “Odam” ko’pligida element bo’ladi, uning avtomobili esa “avtomobil - VAZ” ko’pligida elementdir. B1 xodisasi “egallik qilish” xodisalar ko’pligida element bo’ladi, u “vaziyatlar” ko’pligida ko’pchilikcha bo’ladi. “E” yeyi ko’pchilikning elementini bildiradi, “P” yeyi ko’pchilikchani bildiradi. “PR” yeyi kesishmaydigan xar xil ko’pchilikmani bildiradi. “ER” yeyi kesishmaydigan xar xil elementdir. Iyerarxik semantik tarmoqlarda tarmoqlarni tarmoqchalarga bulinishi kuzda tutiladi va munosabatlar nafaqat chukkilar o’rtasida, balki tarmoqchalar o’rtasida xam o’rnatiladi. 3.1-Rasm. Joylarning daraxti. Yuqoridagi keltirilgan chizmada joylarning daraxti aks ettirilgan. R6 joyi uchun R4, R2, R0 joylari chegarasida yetgan joylarning barcha cho’qqilari ko’rinadi, qolganlari esa ko’rinmaydi. “Ko’rinishlik” munosabati joylarni tartibga solingan ko’pchilik “istikbollar”da guruxlash imkoniyatini beradi. Iyerarxik tarmoqlarni grafik tasvirlarining qoidalari yoki bitimlarini ko’rib chiqamiz. Bir joyda yetgan chukkilar va yoylar to’g’ri turt burchak yoki ko’p burchak bilan cheklanadilar. Yey uning nomi yetgan joyga tegishli bo’ladi. Rj joyning ichida tasvirlagan Ri joyi avlod (ichki daraja) hisoblanadi, ya’ni Ri dan Rj “kurinadi”. Ri Rj da yetgan super chukki sifatida ko’rib chiqilishi mumkin. Semantik tarmoq ko’rinishidagi bilimlar bazasida yechimni qidirish muammosi qo’yilgan savolga mos keluvchi ba’zi bir tarmoqgacha tegishli tarmoq qismini qidirish masalasidan iborat bo’ladi. Tarmoqli semantik tarmoqning asosiy avzalligi - insonning uzok muddatli xotirasini tashkil qilish xakidagi zamonaviy tasavvurga mos kelishidadir. Modellarning kamchiligi - semantik tarmoqka chiqishni qidirishning murakkabligidir. Predmetli soha - bu vazifalar xakidagi bilimlar sohasi, muammoli soha esa uz ichiga predmetli sohani va bu sohada yechiladigan vazifalarning uzini oladi. Ma’lumotlar - joriy paytda yechilayetgan vazifa xakidagi dastlabki, oralik va yakuniy (natijaviy) bo’lishlari mumkin va bilimlar - bu xar qanday axborotlar, shu jumladan tizim vaktning ushbu paytida vazifani yechayetibdimi yoki yukmi kat’iy nazar, tizimda saklanayetgan aniq dalillar bo’lishi mumkin. BB dan vazifani yechish uchun bilimlardan bevosita foydalanish, karorlarni olish mexanizmi tomonidan ta’minlanadi. Karorlarni olish mexanizmi BBdan javoblarni olish, BBda saklanayetgan atamalrni shakllantiruvchi vazifalar yechimini olish imkonini beradi. Karorlar yechimini olish tamoyili BBda ma’lumotlarni taqdim etish usullar bilan yakindan bo’liq . BBda taqdim qilingan bilimlar uchun tenglamalarni yechish tadbirlari karorlarni olish mexanizmining darajalari bo’ladi. Mantikiy formulalar yoki maxsus ko’rinishidagi qoidalar bilan taqdim etilgan bilimlar uchun esa - bu chiqarishning belgilangan mexanizmidir. Karorlarni olish mexanizmi yechimining algoritmiga, ya’ni maxsus algoritmli bilimga ega. Boshqa tomondan esa karorlarni olish mexanizmi tadbirli shaklldagi bilimlar semantikasining belgilangan qismiga ega. Buni karorlarni olish mexanizmi va BB o’rtasidagi chegaralarning nisbiyligi tasdiklaydi. Interfeys - bu BB tizimining bir qismi, u BB va karorlarni olish mexanizmi bilan ishni BB ga tegishli bo’lgan predmetli soha mutaxassislarining kasbiy tiliga yakin bo’lgan yetarlicha yukori darajadagi tilni ta’minlaydi. Interfesga tegishli tilli protsessor xam kiritiladi. Bundan tashqari, interfeysning vazifalariga foydalanuvchi bilan dialogni kullab-kuvvatlash xam kiradi, bu tizim xarakatlarning izoxini olishga, yechimlarni qidirishda ishtirok etishga va BBga tuzatishlar kiritishga imkoniyat beradi. BB dagi bilimlarning tuzilishini ko’rib chiqamiz. Barcha bilimlar interpretatsiyalanuvchi va interpretatsiyalanmaydiganga bulinadi. Bilimlarni birinchi turi - bu yechivchuni belgilash yoki interpretatsiyalashga kodir tur, ya’ni interpretatordir. Bilimlarning ikkinchi turi yechuvchiga no’malum va yerdamchi va kullab-kuvvatlovchi bilimlarga bulinadi. Qo’shimcha bilimlar tilning leksikasi va grammatikasi xakidagi axborotlarni va dialogning tuzilishi xakidagi axborotlarni saklaydi. Qo’shimcha bilimlar amalda til xakidagi bilimlar va dialog xakidagi bilimlarga bulinadi. Qo’llab quvvatlovchi bilimlardan tizimni yaratishda va izoxlarni bajarishda foydalaniladi. O’z navbatida qo’llab-quvvatlovchi bilimlar texnologik va semantik bilimlarga bulinadi. Texnologik bilimlar - bilimlarni yaratilish vakti va bilimlarning muallifi xakidagi ma’lumotlarga ega. Semantik bilimlar - bilimlarning ma’naviy bayen qilinishi. Ular tarkibiga bilimlarni kiritish sabablari, bilimlarni belgilanishi, ulardan foydalanish usullari va olinadigan samara xakidagi axborotlar kiradi. Shunday kilib kullab-kuvvatlovchi bilimlar bayen qilish xarakteriga ega . Intellekt tizimning ishchi xotirasida ayrim ma’lumotlar saklanadi. Intellekt tizimlarning ishchi xotirasida mavjud bo’lgan ma’lumotlar ajratilgan yoki boglangan sifatida ko’rib chiqiladi. Birinchi holda ishchi xotira ko’pgina oddiy elementlardan, ikkinchisida bitta yoki bir necha murakkab elementlardan tashkil topadi. Oddiyroq holda bu konstantalar yoki o’zgaruvchanlar. Bu yerda ba’zi bir obyektning ta’riflari o’zgaruvchan bo’ladi. Vaqtning ushbu paytidagi tegishli ta’riflarning ma’nosi esa - konstantalar bo’ladi. Murakkab elementlardan tashkil topgan ishchi xotira uchun ayrim elementlar o’rtasidagi aloqa semantik munosabatlar ko’rinishida yaqqol ko’rsatilgan. Ammo BBdagi predmetli va boshqaruvchi bilimlarni tashkil qilish masalalarini ko’rib chiqish eng muxim bo’ladi. Bunga bir qator sabablar ko’maklashadi: Chunki bu BBdagi ahamiyati va xajmi bo’yicha asosiy bilimlar. Bu bilimlar intellekt tizim ishining sifati va samaradorligiga eng katta ta’sir ko’rsatadilar. Interpretatsiyalanmaydigan bilimlarni tashkil qilish masalalari ularni ishlab chiqish oddiyligi tufayli murakkab emas. BB tizimi shunday tashkil qilinishi kerakki, kerakli paytda zarur, ya’ni relevantli bilimlarni belgilash va foydalanish mumkin bulsin. Buning uchun bilimlarni tashkil qilishning uchta jixatini ajratish mumkin. Bilimlarni boglanganligi. Bilimlarga kirish mexanizmi. Takkoslash usuli. Download 127.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling