3-mavzu: relyatsion ma’lumotlar bazasini loyihalashtirish


Ma’lumotlar bazasini kontseptual loyihalash


Download 127.7 Kb.
bet2/9
Sana30.03.2023
Hajmi127.7 Kb.
#1310175
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3.Relyatsion ma\'lumotlar bazasini loyihalashtirish

3.2. Ma’lumotlar bazasini kontseptual loyihalash.

Ma’lumotlarni biror bir jismonan aspektda tadbiq qilishni ko’zlamagan holda, tashkilotda foydalanilayotganligiga muvofiq modelini yaratish.


Kontseptual loyihalashda predmet sohasi ma’lumotlarining axborot-mantiqiy modeli qurilishi (loyihalanishi) lozim. Bu modelni ishlab chiqish predmet sohasini tekshirish natijasida olingan tavsifga asoslanadi. Dastlab predmet sohaning MB bo’lg’usi foydalanuvchilarining kontseptual talablari o’rganiladi va aniqlashtiriladi. MB saqlashi kerak bo’lgan ma’lumotlar, foydalanuvchilarning zarur so’rovlari, masalalari hamda ilovalarni bajarishni ta’minlashi lozim bo’lgan predmet sohasi ma’lumotlari tarkibi va tuzilishi o’rganiladi. Bu ma’lumotlar odatda turli hujjatlar, qoidalar, ishlov berish shartlari asosida tahlil qilinadi. Ba’zi bir foydalanuvchilarning xususiy talablari umumiy talablarga zid bo’lsa, ular e’tiborga olinmaydi. Aniqlangan ma’lumotlarning tahlili, axborot ob’ektlarni ajratish uchun qo’llanuvchi rekvizitlarning funktsional bog’liqligini bilish hamda ob’ektlar orasidagi tuzilmaviy aloqalarni aniqlash axborot-mantiqiy modelini qurishga imkon beradi. Axborot-mantiqiy model axborot ob’ektlari bogliqligining ierarxiyasini aks ettiruvchi namunali ko’rinishda berilish lozim. Natijada predmet sohani ma’lumotlarining, ularning jismoniy saqlash usuli ko’rsatilmagan shakldagi o’zaro bog’langan kontseptul modeli yaratiladi.
Bu modelda ma’lumotlar tashkilotda qanday tartibda mavjud va ishlov berilayotgan bo’lsa, xuddi shu holati bo’yicha tavsiflanadi. Bu tavsifning foydalanuvchi ishlatayotgan holatga muvofiqligi doimiy ravishda tekshirib boriladi.


3.3. Ma’lumotlar bazasini mantiqiy loyihalash.

Ma’lumotlarni kontseptual modeli bo’yicha maqsadli, MBBT tipini hisobga olgan holda biror bir jismonan aspektga tadbiq qilish modelini yaratish.


Ishlab chiqilgan kontseptual model bog’lanishlarini tanlangan aniq MBBT ga tadbiq qilishning imkoni bo’lmasligi mumkin. Shuning uchun, kontseptul model tanlangan aniq MBBT uchun qaytadan ishlab chiqiladi va u mantiqiy model deyiladi.
Mantiqiy loyihalashning maqsadi predmet sohaning o’rganilayotgan qismi kontseptul modeliga asoslangan holda aniq bir MBBT uchun mantiqiy bog’lanishlarga ega bo’lgan mantiqiy modelni qurishdan iboratdir.
Bu bosqichda aniq bir MBBT uchun MB jadvallari, jadvallarining tuzilishi va jadvallar orasida bog’lanishlar yaratiladi. Jadvallarni yaratishda me’yorlashtirish talablarining bajarilishiga rioya qilinadi.
Quyida biz Boys-Kodd normal shaklini ham о‘z ichiga olgan, birinchidan beshinchisigacha bо‘lgan normal shakllarni kо‘rib chiqamiz. Normal shakllarni belgilash uchun 1NSH, 2NSH, 3NSH, 4NSH, BKNSH, 5NSH, qisqartmalari qо‘l-laniladi. Birinchi (1NSH), ikkinchi (2NSH), uchinchi (3NSH) normal shakllar dastlabki (birlamchi) bо‘lmagan atributlarning kalitga bog‘liqligini cheklaydi. Boys-Kodd normal shakli (BKNSH) ham dastlabki (birlamchi) atributlarning bog‘liqligini cheklaydi. Tо‘rtinchi normal shakl (4NSH) quyida muhokama etiladigan kо‘p mazmunli bog‘liqliklarning turlariga cheklashni shakllantiradi. Beshinchi normal shakl (5NSH) bog‘liqliklarni birlash-tirish bog‘liqliklari deb nomlangan boshqa turlarini kiritadi.
Munosabatni normallashtirish darajasi uning semantikasiga bog‘liq bо‘lib, qisman ayni paytda ma’lumotlar bazasida mavjud bо‘lgan ma’lumotlar bilan aniqlanishi mumkin emas. Bu shuni anglatadiki, semantika funksional bog‘liqliklar yordamida kiritilgan bо‘lishi zarur.
Hozirgi vaqtda ko’pchilik MB relyatsion modelga muvofiq loyihalashtiriladi. Shuning uchun, loyihalashda Koddning 12 ta qoidasiga rioya qilish talab qilinadi.

Download 127.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling