3-mavzu: relyatsion ma’lumotlar bazasini loyihalashtirish
Atributni funktsional bog’liqligi
Download 127.7 Kb.
|
3.Relyatsion ma\'lumotlar bazasini loyihalashtirish
3.5.Atributni funktsional bog’liqligi.
Ma’lumotlarni me’yorlashtirish shakllari nazariyasi bo’yicha relyatsion MB sxemasi tuzilmali va semantik axborotlarga ega bo’ladi. Tuzilmali axborotlar munosabatlarning paydo bo’lishiga bog’liqdir. Semantik axborotlar esa sxemada ifodalangan munosabatlar atributlari orasidagi ko’plab funktsional aloqalarda ifodalanadi. Biroq, ba’zi funktsional aloqalar qo’shimcha ta’sirlar yoki MB ni modifikatsiyalashda kelib chiqadigan noto’g’ri shakl (anomaliya)lar tufayli qo’llanilmasligi mumkin. Shu munosabat bilan taklif etilayotgan sxemaning to’g’ri yoki noto’g’riligi haqidagi savol to’g’iladi. Noto’g’ri funktsional aloqalari bo’lmagan sxema to’g’ri hisoblanadi. Aks holda, dekompozitsiya (bo’laklarga ajratish) deb nomlangan tadbirga murojaat qilishga to’g’ri keladi. Unda ko’plab munosabatlar biri ikkinchisiga almashtiriladi (ularning soni ortib ketadi). Bu tadbirning maqsadi — noto’g’ri shakliy bog’liqlik (anomaliyalar)ni bartaraf etish bo’lib, u me’yorlashtirish jarayonining mohiyatini tashkil etadi. Boshqacha aytganda, me’yorlashtirish — berilgan sxema (yoki munosabatlar yig’indisi)ni munosabatlari ko’proq oddiy va doimiy tuzilmaga ega bo’lgan boshqa sxema bilan qadamba-qadam almashtirish jarayonidir. Dekompozitsiyada yo’qotishlarsiz bog’liqliklarni saqlab qolish, ushbu sxemadagi barcha ehtimol tutilgan funktsional bog’liqliklarni bilishni talab qiladi. Me’yorlashtirish uchun bir necha bog’liqlik tushunchalari ishlatiladi, ya’ni: Funktsional bog’liqlik: Agar ixtiyoriy vaqtda A atributning har bir qiymatiga B atributning mavjud qiymatlaridan yagona bir qiymat mos kelsa, u holda A va B atributlar orasidagi bog’liqlik funktsional bog’liqlik deyiladi. Masalan, bir daryo faqat bir dengizga qo’yiladi va bir dengizga bir necha daryo qo’yilishi mumkin. To’liq funktsional bog’liqlik: Agar B atribut qiymati A tarkibiy atributning qiymatiga funktsional bog’liq, ammo A tarkibiy atribut qiymatining biror bir qismiga funktsional bog’liq bo’lmasa, u holda A tarkibiy atribut bilan B atribut to’liq funktsional bog’liq deyiladi. Ko’p qiymatli funktsional bog’liqlik: Agar ixtiyoriy vaqtda A atributning har bir qiymatiga B atributning ko’pqirrali mos qiymati mavjud bo’lsa, u holda A atribut B atributni bir jinsli aniqlaydi va bu ko’p qiymatli funktsional bog’lanish deyiladi. Download 127.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling