3-mavzu. Rеzbali birikmalarni mustahkamlikka hisoblash. Vint sterjeni (bolt)ni yuklanish turlicha ta’sir etganda


Download 66.44 Kb.
bet6/6
Sana30.01.2024
Hajmi66.44 Kb.
#1817088
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-MAVZU. RЕZBALI BIRIKMALARNI MUSTAHKAMLIKKA HISOBLASH.

Klemmali birikmalar.
Кlemmali birikmalarning boltlarini hisoblash. Кlemmali birikmalar rezbali birikmalarning xususiy turi bo’lib, detallarni vallarga, o’qlarga, silindrsimon brus, kolonnalarga va shu kabilarga mahkamlash uchun xizmat qiladi va boltlarning o’zini sirib tortib mahkamlash evaziga hosil qilinadi (3.8-rasm). Кlemmali birikmalar detallarni val sirti bo’yicha surish va ma’lum burchakka burish imkonini beradi.

3.8-rasm. Кlemmaning chiziq bo’yicha (a) va val sirti bilan to’la urinish holi (b).
Кlemmali birikmalarni hisoblash uchun ikki xil sxema qabul qilingan.
1) Val va o’rnatiladigan detallar o’zaro to’g’ri chiziq bo’yicha tutashadi.
Bunday holat val o’rnatiladigan teshik etarli darajada aniq ishlanmaganda ro’y beradi (3.8-rasm, a).
Birikmaning mustahkamligi quyidagicha ifodalanadi:
, , (3.13)
bu erda, Fn – tutashuv joyidagi reaksiya kuchi; f – ishqalanish koeffisienti.
Кlemmaning har qanday yarimi muvozanat sharti bo’yicha,
,
bu erda, Fsir – boltlarni sirib tortuvchi kuch.
Fn ning qiymatini yuqoridagi formulaga qo’ysak,
, . (3.14)
1) Val o’rnatiladigan teshik valning sirtiga aniq moslab tayyorlangan bo’lsa, tutashish yuza bo’yicha bo’ladi (3.8-rasm, b).
Bu holda birikmaning mustahkamligi quyidagi ko’rinishni oladi:
, . (3.15)
Кlemmali birikmalarning boltlarini hisoblash uchun, dastavval uning ishlash sharoiti aniqlanishi, hisoblash sxemasi tanlanishi va taranglik kuchi topilishi kerak. So’ngra ularning mustahkamligi quyidagicha shart bo’yicha tekshiriladi, ya’ni
. (3.16)
Boltli birikmalarga ko’ndalang kuchlar ta’sir etganda detallarning bir-biriga nisbatan siljib ketmasligini ta’minlovchi maxsus qurilmalar qo’llanadi (3.9-rasm). Ularni qo’llash, birinchidan detallarning o’zaro siljimasligini ta’minlasa, ikkinchidan bolt sterjenini bevosita tashqi zo’riqishlardan asraydi.

3.9-rasm. Bolt sterjenini ko’ndalang kuchlardan saklovchi qurilmalar



Download 66.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling