1. Sirib tortilgan va cho’zuvchi kuch ta’siridan tashqi yuklanish qanday hisobga olinadi?
2. Egilgan boltlarda hosil bo’adigan kuchlanishlarning qay biri bolt mustahkamligi uchun havfli bo’ladi?
3. Ko’p boltli birikmalarni hisoblash tartibini aytib bering.
VI. Mаtn
Umumiy hоlаtlаr.
Rezbani mustahkamlikka hisoblash.
Rezbalarning shikastlanishining asosiy turlari: mahkamlovchi rezbalarda – o’ramlarining kesilishi; yo’naltiruvchi rezbalarda –o’ramlarining yeyilishi. Bularga mos holda mahkamlovchi rezbalar uchun kesilish kuchlanishi bilan bog’langan mustahkamlik, yo’naltiruvchi rezbalar uchun ezilish kuchlanishi bilan bog’langan yyeyilish bardoshlik ishlash qobiliyati va hisoblashning asosiy mezonlari hisoblanadi (3.1-rasm).
3.1-rasm.
Кesilish kuchlanishi bo’yicha rezbaning mustahkamlik sharti,
vint uchun,
,
gayka uchun,
, (3.1)
bu erda, N – gaykaning balandligi yoki vint detalga buralishi chuqurligi; yoki - rezbaning turini hisobga oluvchi koeffisienti, uchburchakli rezbalar uchun К≈0,87, to’rtburchakli rezbalar uchun К≈0,5, trapesiadal rezbalar uchun К≈0,65; Кt – rezba o’ramlari bo’yicha yuklamaning notekis taqsimlanishini hisobga oluvchi koeffisient.
Agar vint va gaykaning materiali bir xil bo’lsa, unda kesilish kuchlanishi bo’yicha faqat vint rezbasi hisoblanadi.
Ezilish kuchlanishi bo’yicha yo’naltiruvchi rezbaning yyeyilish bardoshlik sharti,
, (3.2)
bu erda - ishchi o’ramlar soni (masalan, gayka o’ramlari soni).
Yuklanishlar bolt o’zagiga turlicha ta’sir etganda uning mustahkamligani hisoblashni ko’rib chiqamiz (3.1-rasm).
Faqat cho’zuvchi kuch ta’sir etadigan vint sterjenni mustahkamligi.
1-HOLAT. Bolt o’zagiga cho’zuvchi tashqi kuch ta’sir etadi. Misol sifatida yuk ko’tarish mashinasi kryugini keltirish mumkin (3.2-rasm). Rezba o’yilgan uchsatkasi xavfli kesim hisoblanadi. Ushbu kesimning maydoni rezba ichki diametri d1 bo’yicha baholanadi.
3.2-rasm.
Sterjendagi cho’zilish kuchlanishi bo’yicha mustahkamlik sharti,
. (3.3)
Do'stlaringiz bilan baham: |