3-mavzu. Rеzbali birikmalarni mustahkamlikka hisoblash. Vint sterjeni (bolt)ni yuklanish turlicha ta’sir etganda
Sirib tortilgan bolt mustahkamligi
Download 66.44 Kb.
|
3-MAVZU. RЕZBALI BIRIKMALARNI MUSTAHKAMLIKKA HISOBLASH.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sirib tortilgan, tashqaridan cho’zuvchi kuch ta’sir etadigan bolt mustahkamligi. 3-HOLAT.
Sirib tortilgan bolt mustahkamligi.
2-HOLAT. Bolt sirib tortilgan (3.3-rasm). Misol sifatida mashina korpusi yuklanmagan germetik qopqog’i va tuynuklarini sirib mahkamlash boltlarini keltirish mumkin. Bu halotda birikmada boltning o’zagiga Ғsir taranglovchi kuchdan hosil bo’ladigan cho’zuvchi kuchlanish va rezbalarda burovchi Tr momentdan hosil bo’ladigan kesuvchi kuchlanish ta’siri seziladi. 3.3-rasm. Ғsir kuchdan hosil bo’ladigan cho’zilish kuchlanishi, . Tr burovchi momentdan hosil bo’lgan buralish kuchlanishi, . (3.4) Sirib tortuvchi kuchning talab qilingan qiymati, , bu erda A – bir boltga to’g’ri keluvchi detallarning tutashish maydoni, - tutashishdagi detallarning ezilish kuchlanishi, qiymati germetikligi sharti bo’yicha tanlanadi. Boltning mustahkaligi ekvivalent kuchlanish bo’yicha aniqlanadi, . (3.5) Standart metrik rezbalar uchun, . Bu esa soddalashtirilgan formula bo’yicha boltlar mustahkamligini hisoblash imkonini beradi, . (3.6) Hisoblashlar va amaliyotdan shu narsa ma’lumki, M10…M12 rezdan kichik boltlarni kam sirib tortish natijasidan ishdan chiqarish mumkin. Masalan, M6 rezbali boltni kalitdagi kuch 45 N ga teng bo’lganda, M12 rezbali boltni esa kalitdagi kuch 180 N bo’lganda sirib tortib ishdan chiqarish mumkin. Shuning uchun o’rta va og’ir mashinasozlikda kichik diametrli boltlarni qo’llash tavsiya etilmaydi (M8 dan kichik). Sirib tortilgan, tashqaridan cho’zuvchi kuch ta’sir etadigan bolt mustahkamligi. 3-HOLAT. Yuklanish boltning o’qiga tik yo’nalishda ta’sir etadi. Bunday hollarda boltni hisoblash uning qay tarzda o’rnatilganligiga bog’liq. Bu turdagi boltli birikmada boltlar detaldagi teshikka tirqish bilan va tirqishsiz o’rnatilishi mumkin. Bolt o’rnatiladigan teshiklarning diametri boltning diametridan kattaroq qilib tayyorlanadi. Shuning uchun bolt o’rnatilganda uning sterjeni bilan detal orasida tirqish hosil bo’ladi (3.1-rasm). Bunday hollarda birikmaga ta’sir etuvchi tashqi F kuch detallarning tutashgan joyida boltning sirib tortilganligi tufayli hosil bo’lgan ishqalanish kuchi hisobiga muvozanatga keltiriladi. Bunda birikma oldiga qo’yilgan asosiy talab shuki, tashqi kuch ta’sirida detallar bir-biriga nisbatan siljimasligi kerak. O’zaro tutashishdagi detallarning muvozanatidan, yoki , (3.1) bu erda i – detallarning tutashish sirtlari soni; f – ishqalanish koeffisienti (quruq cho’yan va po’lat sirtlar uchun f≈0,15…0,20); К – zahira koeffisienti (statik yuklamada К=1,3…1,5, o’zgaruvchan yuklamada К=1,8…2). Boltning mustahkamligi quyidagi shart bo’yicha baholanadi, . (3.2) 3.1-rasm. Tirqish bilan o’rnatilgan bolt sterjenini hisoblashga oid sxema. 2) Bolt tirqishsiz o’rnatilgan (3.2-rasm). Bunday hollarda bolt o’rnatiladigan teshiklar u tig’izlik bilan joylashadigan qilib tayyorlanadi. Demak, bunda tashqaridan qo’yilgan kuch detal orqali to’g’ridan-to’g’ri bolt sterjeniga ta’sir qiladi. Bunda boltning gaykasini sirib tortishga hojat qolmaydi. Shuning uchun bunday boltni hisoblashda detallarning tutashgan joydagi ishqalanish kuchiga e’tibor berilmaydi. Bolt sterjeni kesilishga va ezilishga hisoblanadi. Кesuvchi kuchlanish bo’yicha mustahkamlik sharti, , (3.3) bu erda i – kesiluvchi sirt soni. 3.2-rasm. Tirqishsiz o’rnatilgan bolt sterjenini hisoblashga oid sxema. Ezuvchi kuchlanish bo’yicha mustahkamlik sharti: o’rtadagi detal uchun, , ikki chetdagi detal uchun, . (3.4) Ezilishga hisoblashda formulalarning bolt va detalga bir xil taalluqli ekanligini yodda tutish kerak. Shuning uchun, ruxsat etilgan kuchlanishning qiymati bolt va detalning qaysi biri uchun kichik bo’lsa, o’shanisi qabul qilinadi. Tabiiyki, ruxsat etilgan kuchlanishning qiymati bolt va detalning qanday materialdan tayyorlanganligiga bog’liq. Tirqishsiz o’rnatishda boltning va demak birikmaning o’lchamlari kichik va birikma ishonchliroq bo’ladi. Кamchiligi esa boltlarning soni ko’p bo’lganda, boltli birikmani yig’ish ishlarining birmuncha qiyinligidir. Download 66.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling