3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja
Sistema, element struktura
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Sistema, element struktura. Butun va qism kategoriyalarini sistema, struktura,
element kategoriyalari to‘ldiradi va rivojlantiradi. Qadimgi yunon falsafasida sistema tushunchasi borliqning tartibliligi va yaxlitligi sifatida tavsiflangan. Hozirgi talqinda sistema muayyan yaxlitlikni tashkil etuvchi qonuniy munosabatlar va aloqalarda bo‘lgan elementlarning organik to‘plami sifatida tavsiflanadi. Sistema (yunon. systema – birlashtirish, yaratish) – bir- birining o‘rtasida qonuniy bog‘lanish yoki o‘zaro aloqa mavjud bo‘lgan muayyan elementlar yig‘indisi. Har qanday sistemaning strukturasi avvalo uning tarkibiy elementlariga bog‘liq. O‘z navbatida, elementlarning xossalari ham ko‘p jihatdan o‘zlari hosil qilgan sistemaning strukturasi bilan belgilanadi. Sistema va element tushunchalari butun va qism kategoriyalariga yaqin turadi. Ammo ular ayniy tushunchalar emas. Xususan, qism bo‘linadi, element – sistemaning boshqa qismlarga ajralmaydigan komponenti hisoblanadi. Shuningdek sistema butun bilan ham solishtirilishi mumkin va xuddi butun kabi, qismlarning aloqadorligi, tartibliligi va uyushqoqligi bilan tavsiflanadi. Ammo butunni o‘rganishda uning o‘ziga xos xususiyatini, sifat jihatidan muayyanligini aniqlash vazifasi birinchi o‘ringa chiqadi. Sistemali yondashuv sistemalarning sifat jihatidan o‘ziga xosligidan qat’iy nazar, ular xulq-atvorining umumiy tamoyillari va qonunlarini aniqlashni nazarda tutadi. Ayni shu sababli sistemalar juda keng miqyosda qo‘llaniladi. Ammo har qanday ob’ektni o‘rganishga nisbatan sistemali yondashuv doim ham samarali emas. Biron-bir ro‘zg‘or buyumi (qoshiq yoki choynak, yozuv daftari va sh.k.)ni sistemali o‘rganishning hojati yo‘q. Ba’zan shunday bir «tadqiqotlar» uchraydiki, ularda sistemalar nazariyasi atamalari ishlatilgan bo‘lsa-da, ularni yaratgan soxta olimlar tavsiflanayotgan ob’ekt talqiniga biron-bir yangi narsa kiritmaydi. Hozirgi zamon fanida sistemali yondashuvning ikki yo‘li qo‘llaniladi: birinchisi-sistemalar tushunchasini muayyan tarzda formallashtirish va ularning fan tilida tavsiflanadigan umumiy belgilarini aniqlash; ikkinchisi-muayyan sistemalarning tipologik tahlilidan foydalanish kabilardir. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling