3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/35
Sana24.10.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1718367
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Zaruriyat va tasodif falsafiy kategoriyalari narsalar va hodisalarning bir-biri bilan 
har xil tipdagi aloqalarini aks ettiradi. Zaruriyat va tasodif tushunchalari qadim 
zamonlardan beri faylasuflar e’tiborini o‘ziga tortib keladi. Vaqt o‘tishi bilan 
ularning talqini o‘zgargan, ayrim faylasuflar tabiatda tasodifning mavjudligini 
istisno etgan bo‘lsa, ayrimlar uni mutlaqlashtirgan. Masalan, sinergetikada tasodif 
tushunchasi va uning o‘ta murakkab sistemalar o‘z-o‘zini tashkil etishidagi roli 


alohida, hatto ancha muhim ahamiyat kasb etadi. Zaruriyat va tasodif 
kategoriyalari bir qator ilmiy yo‘nalishlar: biologiya, tibbiyot, huquqshunoslik, 
tarix va hokazolarda muhim metodologik ahamiyatga egadir. Odamlar amaliy 
faoliyatida tasodif omili zaruriyatdan kamroq ahamiyat kasb etmaydi. Ammo 
ularning dialektikasini, qarama-qarshilikka asoslangan birligini tushunish ayniqsa 
muhimdir.
Zaruriyat- bu hodisalar o‘rtasidagi ularning qonuniy o‘zgarishi va rivojlanishini 
belgilovchi barqaror, muhim ichki aloqalar. Zaruriyat qonun tushunchasiga yaqin 
turadi, muqarrar tarzda namoyon bo‘ladi. Masalan, nosoz tormoz muqarrar tarzda 
avtomobil halokatiga, uning yo yaqinroqdagi narsalar, yo harakatlanayotgan 
boshqa avtomobillar bilan to‘qnashuviga olib keladi yoki u piyodani urib ketishiga 
sabab bo‘ladi. Halokat aynan qanday yuz berishi, undan kim jabrlanishi 
mumkinligi tasodif bilan bog‘liq masaladir, zero yo‘lda muayyan paytda istalgan 
narsa va istalgan odam duch kelishi mumkin. Bu erda zaruriyat avtomobilning 
ichki holati bilan, tasodif – tashqi sharoit bilan belgilanadiZaruriyat – yuz berishi 
mumkin bo‘lgan narsa. Zaruriyat – ichki xususiyatga ega hodisa, uning sababi 
o‘zida bo‘ladi va hodisalarning ichki o‘zaro aloqasidan kelib chiqadi. Ammo 
nafaqat ichki, balki tashqi zaruriyat ham mavjuddir. Masalan, jismlarning bir-
biriga ularning massasiga to‘g‘ri proporsional va ular o‘rtasidagi masofaga teskari 
proporsional bo‘lgan kuch bilan tortishishi zaruriyat hisoblanadi. Bu tashqi 
zaruriyatdir. Tasodif ham ichki va tashqi bo‘lishi mumkin. Masalan, tirik 
organizmlarning mutatsiyalari tasodifiy xususiyat kasb etadi, ammo ular ichki 
hodisa hisoblanadi, chunki butun organizmni qayta qurish bilan bog‘liq. Xo‘sh, bu 
holda zaruriyat va tasodifni bir-biridan qanday farqlash mumkin? 
Zaruriyat hodisaning, jarayonning mohiyatidan kelib chiqadi va mazkur sharoitda 
muqarrar tarzda yuz beradi. Masalan, har qanday tirik organizmning o‘limi 
muqarrardir, chunki u mazkur organizmning tabiati hamda unda yuz beruvchi ichki 
jarayonlar bilan belgilanadi.
Ammo dunyoda hamma narsa zaruriyat sifatida paydo bo‘ladimi? Yo‘q, dunyoda 
tasodifiy voqealar, hodisalar ham bor.
Tasodif – ob’ektlarning vujudga kelishi yoki mavjudligining muammoliligini yoki 
muqarrar emasligini belgilovchi kategoriya; soddaroq qilib aytganda muayyan 
sharoitda bo‘lishi ham, bo‘lmasligi ham mumkin bo‘lgan narsa tasodifiy 
hisoblanadi. Tasodif voqelikning asosan tashqi sharoitlar, yuzaki, beqaror aloqalar 
va mazkur hodisa uchun ikkinchi darajali omillar ta’sirida paydo bo‘luvchi 
holatlarini aks ettiradi. Tasodif zamirida narsaning mohiyati emas, balki unga 
boshqa narsalar va hodisalarning ta’siri yotadi. Tasodif yuz berishi ham, yuz 
bermasligi ham mumkin bo‘lgan narsa sifatida ta’riflanadi. 
Narsalar mavjudligining zaruriyligi yoki tasodifiyligi muammosi xususida ikki 
nuqtai nazar mavjud. Ularning biri zaruriyatni mutlaqlashtiradi: dunyoda hech 
qanday tasodif yo‘q, hamma narsa muqarrar tarzda yuz beradi. Bu nuqtai nazar 
tasodifni rad etib, fatalizmga yo‘l ochadi. Fatalizmtaqdirga, hamma narsa 
oldindan belgilanganiga bo‘lgan ishonch. Boshqa bir nuqtai nazar tasodifning 
ahamiyatini oshirib ko‘rsatadi. Bu erda, aksincha, voqelikdan har qanday ichki 


bog‘lanishlar, narsalarning ob’ektiv belgilanganligi chiqarib tashlanadi: dunyoda 
faqat tasodif hukm suradi.
Ilmiy dunyoqarash birinchi nuqtai nazarni ham, ikkinchi nuqtai nazarni ham tan 
olmaydi. Zaruriyat va tasodif alohida-alohida mavjud bo‘lmaydi. Ularning o‘zaro 
aloqasi shundan iboratki, tasodif zaruriyatning namoyon bo‘lish shakli sifatida va 
uning to‘ldiruvchisi sifatida amal qiladi. Masalan, mamlakatda amalga 
oshirilayotgan islohotlar zaruriy xususiyat kasb etadi. Ularda bu islohotlarni yo‘lga 
soluvchi muayyan siyosiy arboblar tasodifiy element hisoblanadi. 
Zaruriyat va tasodif dialektikasi ikki muhim jihatni nazarda tutadi. Birinchidan, 
tasodif rivojlanish jarayonida zaruriyatga aylanishi mumkin (u yoki bu biologik 
turning qonuniy belgilari avval tasodifiy og‘ishlar sifatida paydo bo‘ladi va 
to‘planib boradi, so‘ngra ularning asosida tirik organizmning zaruriy sifatlari 
shakllanadi). Ikkinchidan, zaruriyat son-sanoqsiz tasodiflar orqali o‘ziga yo‘l 
ochadi. Masalan, jamiyatning rivojlanishi turli maqsadlarni ko‘zlovchi, fe’l-atvori 
har xil bo‘lgan kishilar faoliyati bilan belgilanadi. Bu maqsadlar va intilishlarning 
bog‘lanishi, chatishuvi va to‘qnashuvi pirovard natijada rivojlanishning zaruriy, 
muqarrar xususiyatga ega bo‘lgan muayyan yo‘nalishiga olib keladi.
Dialektikaning barcha qonunlari va kategoriyalari kabi, zaruriyat va tasodif 
ob’ektiv voqelikni bilishning tayanch nuqtalari hisoblanadi. Bu kategoriyalarning 
funksiyalari teng qimmatga ega emas. Bilishda tasodif doim boshlang‘ich 
instansiya sifatida, zaruriyat – maqsad sifatida amal qiladi. Bilish faoliyati 
tasodifdan zaruriyat sari yuksalish tarzida yuz beradi. Zaruriyat va tasodif 
tushunchalariga ta’rif berishda odatda imkoniyat kategoriyalariga tayanadilar. Shu 
sababli u yuz berishi yoki yuz bermasligi mumkin. Zaruriyat va tasodifning 
qarama-qarshiligi – ichki va tashqi narsalar qarama-qarshiligidir. Tasodif – tashqi 
omillar bilan belgilanadigan aloqa tipidir.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling