3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/35
Sana24.10.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1718367
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35
Sakrash-bu bir sifatning boshqa sifatga aylanish vaqti, shakli, usuli, miqdor 
o‘zgarishlarining uzluksizligi, bosqichma-bosqichligidagi uzilishdir. Masalan, 
sakrash-bu Erda hayotning paydo bo‘lishi, hayvonlar dunyosidan insonning ajralib 
chiqishi, bir ijtimoiy tuzum o‘rniga boshqa ijtimoiy tuzum kelishi, buyuk ilmiy va 
texnikaviy kashfiyotlardir. Har qanday sakrash rivojlanishda o‘tish davrini 


tavsiflaydi. O‘z tabiatiga ko‘ra u doim ziddiyatlidir, chunki yangining tug‘ilishidan 
ham, eskining qarshiligidan ham dalolat beradi.
Sakrashlarning shakllari rang-barang bo‘lib, rivojlanayotgan hodisaning tabiati, 
shuningdek unda sifat o‘zgarishlari yuz berayotgan konkret sharoit bilan 
belgilanadi. Sakrashlar:
1) o‘zgarishning davomliligiga ko‘ra (jadal, sust); 
2) o‘zgarish shakliga ko‘ra (bir karra, ko‘p karra); 
3) o‘zgarishning chuqurlik darajasiga ko‘ra (qisman, to‘liq); 
4) o‘zgarishning yo‘nalishiga ko‘ra (progressiv, regressiv, yo‘nalishsiz) farq 
qiladi.
Sakrashlarni tahlil qilish chog‘ida «evolyusiya», «inqilob», «islohot» kabi atamalar 
ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. «Evolyusiya» tushunchasi keng va tor 
ma’nolarda qo‘llaniladi. Keng ma’nodagi «evolyusiya» asta-sekin rivojlanish 
jarayoni bo‘lib, u miqdor o‘zgarishlarinigina emas, balki sifat o‘zgarishlari, shu 
jumladan inqiloblarni ham o‘z ichiga oladi. Tor ma’noda «evolyusiya» deganda 
inqilobdan, uning tayyorlanishidan oldingi davr tushuniladi. «Inqilob» tushunchasi 
ijtimoiy hodisalarni tavsiflash uchun ishlatiladi va jamiyatni asta-sekin emas , 
balki tubdan o‘zgarish yasaydigan sakrashdirIslohot jamiyat hayotining biron-bir 
muhim tomonini o‘zgartirish bo‘lib, bunda uning iqtisodiy va davlat tartibi 
asoslari saqlanib qoladi.
Shunday qilib, miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi qonuni, 
rivojlanishning umumiy qonuni sifatidagi mazmuni haqida yaxlit tasavvur hosil 
qilish imkonini beradigan «sifat», «miqdor», «me’yor», «sakrash» kategoriyalari 
yordamida muayyanlashtiriladi. Mazkur qonun butun borliqning rivojlanishi, 
harakati va o‘zgarishi qanday, qay tarzda yuz beradi, degan savolga javob berib, 
ob’ektiv voqelikning har qanday sohasida yangi sifatga o‘tishning ichki 
mexanizmini yoritadi. Ko‘rib chiqilgan qonunlar rivojlanish manbai va uning 
mexanizmini yoritib bersa, inkorni-inkor qonuni – rivojlanishning umumiy 
tendensiyasini, uning yo‘nalishini aks ettiradi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling