3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziddiyatlarning turlari. Ziddiyatlarning butun rang-barangligi turli asoslarga
ko‘ra tasniflanadi. Xususan, 1) namoyon bo‘lish shakliga ko‘ra – ichki va tashqi ziddiyatlar; 2) rivojlanishdagi roliga ko‘ra – asosiy va ikkinchi darajali ziddiyatlar; 3) vujudga kelish xususiyatiga ko‘ra – zaruriy va tasodifiy ziddiyatlar; 4) jamiyatdagi tipiga ko‘ra – antagonistik va noantagonistik ziddiyatlar farqlanadi. Asosiy ziddiyatlar strukturaning qarama-qarshi tomonlari o‘rtasida, ikkinchi darajali ziddiyatlar esa – bog‘lovchi bo‘g‘inlar o‘rtasida yuzaga keladi. Asosiy ziddiyatlar sifatli, muhim va zarurdir. Asosiy ziddiyatlarsiz predmet, uning sifat jihatidan muayyanligi va yaxlitligi mavjud bo‘lmaydi. Ikkinchi darajali ziddiyatlar tasodifiy xususiyat kasb etadi, ularning borligi yoki yo‘qligi predmetning sifatini o‘zgartirmaydi. zaruriy ziddiyatlar – bir lahzalik ziddiyatlardir: ular ichki yoki tashqi, asosiy yoki ikkinchi darajali bo‘lishi mumkin. Masalan, inson hayoti qil ustida turadigan avtomobil halokati yuz bergan paytda barcha ichki ziddiyatlar (psixologik konfliktlar, stresslar va fiziologik patologiyalar) ikkinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Borliqning ichdan ziddiyatliligi – ob’ektiv hodisa, tabiat va jamiyatning asosiy va umumiy xossasidir. Har bir inson hayotiga kelsak, u ziddiyatlar bilan har kuni to‘qnash keladi, qarorlar qabul qiladi, baholar beradi, o‘z qilmishlaridan pushaymon bo‘ladi, ko‘pincha yo‘l qo‘ygan xatolaridan afsus chekadi. Har qanday voqea, vaziyat, taxminning ichki ziddiyatlarini ko‘rib, o‘zi qabul qilayotgan qarorlarning ijobiy va salbiy tomonlarini taroziga solish tafakkurning etuklik belgisidir. Bizni qurshagan dunyoda ziddiyatlar juda serqirra; ularni turli asoslarga ko‘ra tasniflash odat tusini olgan Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib shuni qayd etish mumkinki, dialektik ziddiyatlilik qonuni barcha narsalar, tizimlar, hodisalar va jarayonlar ichki ziddiyatlar, qarama-qarshi tomonlar va tedensiyalar bilan tavsiflanishini nazarda tutadi. Ularning o‘zaro aloqasi, ular o‘rtasidagi «kurash» o‘zgarish va rivojlanish manbai hisoblanadi, ziddiyatlarning kuchayishiga sabab bo‘ladi. Bu ziddiyatlar oxir-oqibatda muayyan bosqichda eskining yo‘qolishi va yangining vujudga kelishi bilan echiladi. Dialektika tizimida bu qonunning markaziy o‘rni nima bilan belgilanadi? Birinchidan, bu qonun har qanday harakat va rivojlanish manbaini yoritadi, ya’ni rivojlanish nazariyasining eng muhim savollariga javob beradi. Ikkinchidan, bu qonun dialektikaning qolgan barcha qonunlari va kategoriyalarining asosi hisoblanadi. Ko‘rsatilgan qonunlar va kategoriyalarning har birida biz birlik va kurash munosabati bilan bog‘liq bo‘lgan qarama-qarshiliklarga duch kelamiz. Uchinchidan, dialektik ziddiyatlilik qonuni yagonani tafakkurda ikkilantirish va uning qarama-qarshiliklarini ularning tahlilini sintez bilan birlashtirish orqali o‘rganishni talab qilib, bilish dialektik metodining bosh mazmunini belgilaydi. Rivojlanish manbaini yorituvchi dialektik ziddiyatlilik qonunidan farqli o‘laroq, miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi qonuni rivojlanish jarayonining mexanizmini yoritadi, u qay tarzda va qanday shakllarda amalga oshirilishini ko‘rsatadi (Bu qonunning xususiyatini, u qanday namoyon bo‘lishi va amal qilishini aniqlash uchun uning asosiy tushunchalari: sifat, miqdor, me’yor, sakrashning mazmunini yoritish talab etiladi. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling