3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja
Rivojlanishning umumiy qonunlari va kategoriyalari
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qonun – tizimning elementlari o‘rtasidagi umumiy va invariant aloqa . Ularning uchta turi mavjud. Voqelik qonunlari
2. Rivojlanishning umumiy qonunlari va kategoriyalari.
Rivojlanishning umumiy qonunlari. Hodisalarni tavsiflashdan ularning mohiyatini anglab etishga o‘tish hodisalarda umumiy jihatlarni topishni talab etadi. Bunda vazifa turli hodisalar o‘rtasida umumiy jihatlarni topishdangina iborat emas. Hodisalarni birlashtiruvchi va ularning birligini belgilovchi asosni tushunib etish zarur. Bu asos – hodisalarni «biriktiruvchi» va ularni bir-biriga yo‘ldosh bo‘lish, uyg‘unlashish va muvofiqlashishga majbur qiluvchi amalda mavjud bo‘lgan barqaror aloqani aks ettiruvchi qonundir. Qonunlarni bilishga hodisalarni ilmiy o‘rganish natijasida erishiladi. Odatda, bu olimlarning tafakkurdan uzoq zahmat chekishni talab etuvchi juda og‘ir ishdir. Voqelikning biron-bir qonunini aniqlash uchun olim o‘rganilayotgan hodisalar haqidagi dastlabki ma’lumotlarning ko‘p sonli to‘plamlariga tayanishiga to‘g‘ri keladi. Bu ma’lumotlar shunday tartibga solinishi va umumlashtirilishi lozimki, hodisalarning mazkur sohasi asosiy elementlar va munosabatlarni farqlash imkonini beradigan tizim sifatida namoyon bo‘lsin. Shunday so‘ng elementlarning rang-barang munosabatlari orasida tizimning va tizim ayrim elementlarining har qanday o‘zgarishlarida saqlanib qoluvchi umumiy, o‘zgarmas, invariant aloqalarni aniqlash talab etiladi. Qonun – tizimning elementlari o‘rtasidagi umumiy va invariant aloqa. Ularning uchta turi mavjud. Voqelik qonunlari bizning ongimizdan, biz ularni bilish-bilmasligimizdan qat’iy nazar mavjud va amal qiladi. Fan qonunlari odamlar tomonidan anglab etilgan voqelik qonunlarining ongimizdagi in’ikosi hisoblanadi. Har bir fan voqelikning muayyan sohasini o‘z predmeti sifatida o‘rganar ekan, mazkur sohada amal qiluvchi qonunlarni aniqlaydi. Ilmiy nazariya bilan qamrab olingan soha qancha keng bo‘lsa, uning qonunlari shuncha umumiy bo‘ladi. Fanda qonunlarning umumiylik darajasiga ko‘ra murakkab ierarxiyasi mavjud. Umumiylik darajasi pastroq bo‘lgan qonunlar umumiyroq qonunlarning ayrim ko‘rinishlari sifatida amal qiladi va so‘nggi zikr etilgan qonunlardan ularning oqibatlari sifatida keltirib chiqariladi. Masalan, geometrik optikada yorug‘likning aks etish va sinish qonunlari elektromagnit to‘lqinlar tarqalishining umumiyroq qonunlaridan, ular esa, o‘z navbatida, elektromagnit maydoni nazariyasining yanada umumiyroq qonunlaridan kelib chiqadi. Har qanday qonun muayyan sharoitda amal qiladi. Qonun amal qilishining bazis va lokal sharoitlarini farqlash lozim. Bazis sharoitlar qatoriga qonunning amal qilish sohasini belgilovchi sharoitlar kiradi. Mazkur sharoitlardan tashqarida qonun amal qila olmaydi (ular yo‘q bo‘lgan taqdirda ularda amal qilayotgan tizim ham yo‘q bo‘ladi). Lokal sharoitlar qatoriga qonunning amal qilish sohasidagi sharoitlar kiradi .qonun bu sharoitlarning har qanday variatsiyasida o‘z kuchini saqlab qoladi, lekin ularning o‘zgarishlari qonunning amal qilish natijalarining o‘zgarishlariga sabab bo‘ladi. Qonun lokal sharoitlarga nisbatan invariant, lekin u bazis sharoitlarga nisbatan invariant emas. Masalan, Arximed qonuni uchun suyuqlik va unga solingan jismning, og‘irlik kuchining mavjudligi bazis sharoitlar hisoblanadi. Bu sharoitlarga nisbatan Arximed qonuni noinvariantdir: ular mavjud bo‘lmasa, qonun amal qilmaydi. Bu erda suyuqlikning tarkibi va solishtirma og‘irligi, jismning fizik tuzilishi va shakli lokal sharoitlar hisoblanadi. Ularga nisbatan qonun invariantdir. Ammo uning amal qilishi turli natijalarda aks etishi mumkin: ayrim hollarda jism suvda suzadi, ayrim hollarda esa – u cho‘kib ketadi. Odamlar qonunlarning amal qilish sharoitlarini o‘zgartirib, ulardan o‘zlari istagan natijalarga erishish uchun foydalanish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar. Yangi bazis sharoitlarni yaratish yo‘li bilan esa ular ayrim qonunlarning amal qilishini to‘xtatish va boshqa qonunlarni amalga kiritishga qodirlar. Hodisalarning muntazamligi, takroriyligida qonunlarning amal qilishi (shuningdek fenomenlogik qonun, empirik bog‘lanish) qonuniyat-deb ataladi. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling