NATRIY VA KALIY BROMID
Natrii bromidum. Kalii bromidum.
NaBr M.m. 102.90
KBr M.m 119,01
Tibbiyot ehtiyojlari uchun ishlatiladigan natriy va kaliy bromidlarning sanoatda olish jarayoni asosan ikki shartli bosqichdan iborat bo’lib, uning dastlabki bosqichida oldindan suv bilan ishlab tozalangan sof temir kirindisiga erkin brom ta'sir ettirib, temir (P)-bromid va temir(Sh)-bromidlardan (2FeBr3- FeBr2 yoki Fe3Br8) iborat tuzlar aralashmasi olinadi:
Reaktsiyaning navbatdagi 2-bosqichida olingan maxsulotni qaynagungacha qizdirib, so’ngra unga natriy yoki kaliy karbonat eritmasi ta'sir ettirib, natriy va kaliy bromid olinadi:
Eritmani cho’kmadan filtrlash yordamida ajratib olinadi. So’ngra filtratni buqlatish yo’li bilan undagi natriy va kaliy bromidlar ajratib olinadi.
Natriy va kaliy bromidlar xidsiz sho’r ta'mli oq kristall kukun bo’lib, suvda engil eriydi, natriy bromid etanolda eriydi, kaliy bromid esa etanol va glitserinda kam eriydi. Natriy bromid gigroskopik xossali moddadir.
Chinligi. Natriy, kaliy, bromid ionlariga chinlik reaktsiyalarini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |