3-mavzu: s, p, d-elementlari hosilalari dori vositalarining olinishi va tahlili. Halkogenlar, bor, azot, vismut va alyuminiy birikmalari. Diagnostika uchun qo’llaniladigan dori vositalari. Reja


Download 0.66 Mb.
bet5/22
Sana05.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#218644
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
3-maruza

Miqdori, ishlatilishi.

argentometrik (Mor) usul bo’yicha aniqlanadi.

Kaliy va natriy bromidlarni tibbiyotda turli asab kasalliklariga (nevrasteniya, nevroz, uykusizlik, serjaxllik) davo qilishda tinchlantiruvchi modda sifatida ishlatiladi. Ularni kuniga 3—4 marta 0,1 — 1 g dan ichiladi.

Preparatlar oqzi maxkam yopiladigan idishlarda yoruqlik ta'siridan extiyot qilingan qolda, quruq joylarda saqlanadi. 2



NATRIY VA KALIY YODID

Natrii jodidum NaJ M. m. 149,89

Kalii jodidum KJ M. m. 166,01

Natriy va kaliy yodidlar xam ushbu elementlarning bromid tuzlariga o’xshash olinadi. Bunda avval sof temir qirindisini sof yod qirindisi bilan qizdirib, temir (II)-yodid bilan temir (III)-yodid tuzlaridan tashkil topgan aralashma (Fe3J8) olinadi. Keyinchalik unga kaliy yoki natriy karbonat ta'sir ettirib, tegishli yodid tuzlariga o’tkaziladi.



Olinishi

sof temir qirindisini sof yod qirindisi bilan qizdirib, temir (II)-yodid bilan temir (III)-yodid tuzlaridan tashkil topgan aralashma (Fe3J8) olinadi. Keyinchalik unga kaliy yoki natriy karbonat ta'sir ettirib, tegishli yodid tuzlariga o’tkaziladi.





Natriy va kaliy yodidlar sho’rtang-taxir, xidsiz, oq kristall kukun bo’lib, suvda juda engil eriydi, etanol va glitserinda eriydi. Ularning ikkalasi xam gigroskopik moddadir.

Preparatlar natriy, kaliy, yodid ionlariga chinlik reaktsiyalarini beradi.

Reaktsiya natijasida ajralib chiqqan yod, suyuqlikka xloroform qo’shib chayqatilganda, uning qatlamini binafsha rangga bo’yaydi.



Miqdori

Natriy va kaliy yodidlar mikdori argentometrik (Fayans) usul bo’yicha aniklanadi. Buning uchun aniq, miqdorda tortib olingan preparatning suvdagi eritmasiga bir necha tomchi sirka kislota va natriy eozinat indikatori qo’shib, uni kumush nitratning 0,1 mol/l eritmasi bilan eritmadagi qizil rang to’la cho’kmaga o’tmagunga qadar titrlanadi.



Natriy va kaliy yodidlarni organizmda yod etishmasligi natijasida kelib chiqadigan gipertireoz, endemik buqoq kasalliklarini davolashda, shuningdek nafas yo’llari va ko’z kasalliklarini (katarakt, glaukoma va x. k.) davolashda eritma va mikstura xolida 0,3—1 g, kuniga 3—4 marta ichiriladi.
Yod preparatlari og’zi maxkam yopiladigan qo’ngir shisha idishlarda saqlanadi


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling