3-mavzu: shakli o‘zgargan novdalar va ularning tuzilishi mavzusidan glossariy


Download 34 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi34 Kb.
#1062105
Bog'liq
3-GLOSSARIY.SHAKLI O‘ZGARGAN NOVDALAR




3-MAVZU: SHAKLI O‘ZGARGAN NOVDALAR VA ULARNING TUZILISHI MAVZUSIDAN GLOSSARIY



Bir yillik o‘simliklar, terofitl a r — hayot sikli bir vegetatsion davr (mavsum) da tamom bo‘ladigan o‘simliklar.
Vegetativ duragaylash — nav yoki turlarni bir-biriga payvandlash bilan yangi nav olish usullaridan biri.
Vegetativ ko‘payish — organizmning jinssiz ko‘payish shakli. Bunda ayrim organ yoki qismdan (novda, kurtak, ildiz) yangi orga­nizm vujudga keladi.
Vegetativ — o‘simlik yoki hayvonlar oziqlani- shi yoxud o‘sishi bilan bog‘lik a’zolar yo a’zolar sistemasini, shuningdek ular faoliyatiga alo- qadorlikni anglatadi. Masalan, o‘simlikning vegetativ organlari.
Vegeta­tiv organlar — o‘simlikning o‘sishi va oziqlanishi uchun xizmat qiladigan organlar (ildiz, poya, barg va xokazo).
Ildizpoya, ye r t a na — ba’zi ko‘p yillik o‘simliklarning ko‘rinishi o‘zgargan er osti poyasi. Jamg‘arma moddalar to‘plash, vegetativ yo‘l bilan qayta tiklanish va ko‘payish uchun xizmat qiladi.
Metamorfoz — SHakl o‘zgarishi— organizm tu-zilishining o‘zgarishi;o‘simliklarda bajaradigan funksiyasining o‘zgarishi bilan bog‘liq xolda asosiy organlar ko‘rinishining o‘zgarishi. Masa-lan, bargning tikanga aylanishi.
Mikoriza — z a m 6 u r u g‘ i l d i z — tuproqdagi zamburug‘lar mitseliysi va yuksak o‘simliklar ildizining hamkorlikdagi yashashi.


Monopodial shoxlanish — poya yoki ta­na shoxlanishining bir turi. Bunday shoxlanish jarayonida o‘simlikning asosiy o‘q poyasi o‘sishda davom etadi va o‘sish nuqtadan pastroqda yonshoxchalar hosil bo‘lib, ular xam xuddi shu yo‘sinda o‘sadi va shoxlanadi. Monopodial (o‘suvchi) shoxlar asosiy poyaning pastki qismida rivojlanadi.
Monopodiy, aso­siy tana — uchki meristema fa­oliyati tufayli hosil bo‘lgan o‘simlikning asosiy tanasi (daraxt tanasi, poya, shox, ildiz).
Periblema — yuksak o‘simliklar ildizining o‘sish konusidagi boshlang‘ich meristematik to‘qima.
Periderma —po‘kak kambiy va felloderma qavatlaridan iborat qoplovchi to‘qima
Perikambiy – peritsikl - o‘simlik ildizi va poyasini qoplovchi qalin qobiqli mexanik hujayralar to‘plami.
Peritsikl – perikambiy- hosil qiluvchi to‘qima, bir necha qavat parenxima hujayralaridan iborat bo‘lib, yosh ildiz, poyaning o‘tkazuvchi to‘qimasi atrofida joylashadi.
Tuganak — o‘simlikning kurinishi o‘zgargan er osti poyasi. Bularda asosan polisaxaridlar (kraxmal, inulin) va qisman yog‘lar (er yong‘ok) to‘planadi. Vegetativ ko‘payish uchun xizmat qiladi.
Tu­ganak bakteriyalari — dukkakli o‘simliklar bilan simbioz (xam- korlikda) yashaydigan bakteriya- lar. Ular xavodagi erkin azotni ildiz tuganaklarida o‘simliklar uzlashtira oladigan birikmalar- ga aylantirish xususiyatiga ega.
Tuganakpiyoz — ko‘rinishi o‘zgargan, shakli piyozga o‘xshash er osti poyasi. Ularda tangachasimon po‘st va seret poya bo‘ladi. Aslida tuganak hisoblanadi. Masalan, shafran, ilongul piyozlari.


Fassiatsiya, yapaloqlanish — o‘simlik poyasi, guli, novdasi kabi qismlarning anormal taraqqiyot natijasida yassi, yapaloqlanib, o‘sishi. Masa­lan, gultojixo‘roz.
Fellogen — Po‘kak kambiy, fellogen — o‘simliklarning ikkilamchi hosil qiluvchi to‘qimasi bo‘lib, tashqi tomonda fellema (po‘kak) ni, ichkari qavatda felloderma (tirik xlorofilli tukima)ni tuplaydi.




Download 34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling