3-mavzu: sharq mamlakatlari xronologiyasi reja
Umar Xayyom kalendarining joriy etilishi. Umar Xayyom kalendarining mukammalligi. Muchal kalendari
Download 81.89 Kb.
|
2---mavzu
Umar Xayyom kalendarining joriy etilishi. Umar Xayyom kalendarining mukammalligi. Muchal kalendari.
Sharqning eng yirik Isfahon rasadxonasini 1076 yili Umar Xayyomning iltimosiga ko‘ra Malikshoh qurdirgan edi. Olim bu rasadxonada olib borgan ko‘p yillik kuzatishlari natijasida o‘zining “Malikshoh ziji” asarini yozadi. Umar Xayyomning xronologiya faniga qo‘shgan hissasi kalendar islohotiga tegishlidir. Malikshoh Umar Xayyomga yil boshi Navro‘z bahorgi tengkunlik bilan mos tushadigan yangi kalendar tuzishni topshiradi. Umar Xayyom bu davrda qo‘llanib kelingan yulian kalendarining xatosi 128 yilda bir kunga teng ekanligi va bu xatoni takrorlamaslik uchun, yangi kalendar yillarini yangi kombinatsiyada tuzishni taklif qiladi. Yangi kalendar loyihasiga ko‘ra har o‘ttiz uch yillik davrning dastlabki yigirma sakkiz yilida kabisa yillari yettinchi kabisa yildan, sakkizinchi kabisa yili esa odatdagidek uch yildan so‘ng emas, to‘rt yildan so‘ng beshinchi yili qabul qilinadigan bo‘ldi. Natijada, Umar Xayyom kalendarning yil uzunligi 365 sutka 5 soat 49 minut 5,5 sekundga teng bo‘ldi. Ayni vaqtda Umar Xayyom kalendarining xatoligi aniqlangan bo‘lib, u 19,5 sekundni tashkil etdi. Bu kalendardagi xatolik 4500 yildagina bir sutkani tashkil etadi. Mazkur natija kalendar qanchalik mukammal tuzilganligidan dalolat beradi. Umar Xayyom kalendari Malikshoh tomonidan 1079 yil (hijriy qamariy 471 yil)da qabul qilinib, Eronda XIX asrning o‘rtalariga qadar qo‘llanilgan. Bu kalendar Umar Xayyom kalendari deyilishi bilan birga Malikshoh sharafiga “Jaloliy kalendari” ham deb yuritilgan. Uning xronologiya faniga oid yana bir mashhur asari “Navro‘znoma”dir. Asarda Quyosh kalendari tarixi Navro‘z bayramining qanday nishonlangani to‘g‘risida ma’lumotlar hamda oy nomlarining lug‘aviy ma’nosi ham berilgan. Umar Xayyom kalendarida kabisa yillari hisobi yulian kalendaridan farq qiladi. Unda 28 yil ichida yulian kalendaridagidek har to‘rtinchi yili, keyingisi o‘ttiz ikkinchi yilda emas, balki besh yil o‘tkazib o‘ttiz uchinchi yilda qo‘shiladi. Demak, yulian kalendari bo‘yicha 32 yilda sakkizta kabisa yili bo‘lsa, Umar Xayyom kalendarida 33 yilda sakkizta kabisa yili bo‘ladi. Bu esa tropik yildan 0.0002 sutka ortiq, xolos. Demak, Umar Xayyom kalendarida 4500 yildan ortiq vaqtda bir sutka xato kelib chiqadi. Download 81.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling