3-mavzu: sharq mamlakatlari xronologiyasi reja


Xitoy mavsumiy qishloq ho‘jaligi kalendari


Download 81.89 Kb.
bet5/13
Sana15.06.2023
Hajmi81.89 Kb.
#1478425
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2---mavzu

Xitoy mavsumiy qishloq ho‘jaligi kalendari



Xitoycha oy nomlari

Oylarning tarjimasi

Grigorian kalendari bo‘yicha mavsumning boshlanish sanasi

1

Lichun

Bahorning boshlanishi

4-5 fevral

2

Yuyshuy

Yomg‘ir suvi

19-20 fevral

3

Dzinchje

Hashoratlarning uyg‘onishi

5-6 mart

4

Chun’fen

Bahorgi teng kunlik

20-21 mart

5

Sinmin

Yorug‘

5-6 aprel

6

Guyuy

Boshoqlar uchun yomg‘ir

20-21 aprel

7

Lisya

Yozning boshlanishi

6-7 may

8

Syaoman

To‘kinlik

21-22 may

9

Manchjun

Bug‘doy boshoqlari

7-7 iyun

10

Syachji

Yozgi teng kunlik

21-22 iyun

11

Syaoshu

Issiq

7-8 iyul

12

Dashu

Jazirama

23-24 iyul

13

Litsiyu

Kuzning boshlanishi

8-9 avgust

14

Chushu

Issiqlikning tudashi

23-24 avgust

15

Baylu

Oq shudring

8-9 sentabr

16

Syufen

Kuzgi teng kunlik

23-24 sentabr

17

Xan’lu

Sovuq shudring

8-9 oktabr

18

Shuanszyan

Qirovning tugashi

23-24 oktabr

29

Lidun

Qishning boshlanishi

7-8 noyabr

20

Syaosyue

Oz qor

22-23 noyabr

21

Dasyue

Ko‘p qor

7-8 dekabr

22

Dunchji

Qishki teng kunlik

21-22 dekabr

23

Syaoxan

Sovuq

6-7 yanvar

24

Daxan

Qahraton

20-21 yanvar

Oltmish yillik davriylik kalendarda o‘n ikkita yer tarmoqlari ham bo‘lgan.


Ular biror bir hayvon nomi bilan atalgan. Masalan: sichqon (szi), sigir (chou), yo‘lbars (in’), quyon (mao), ilon (chen’), ot (u), qo‘y (vey), maymun (shep), tovuq (yu), it (syuy), to‘ng‘iz (xay). Kalendarda oltmish yil davomida “yer tarmoqlar”i besh marta takrorlanadi, ammo oltmish yil davomida “fazoviy” va “yer” tarmoqlaridagi uyg‘unlik hech takrorlanmaydi. Sharqiy Osiyo mamlakatlari kalendaridagi oltmish yillik sikl Sharqiy Osiyo kalendarida oltmish yillik siklning kelib chiqish tarixi quyidagicha: qadimda olam beshta - suv, olov, tuproq, metall va yog‘och kabi unsurlardan tashkil topgan deb hisoblagan, shuningdek, ular ijobiy va salbiy xususiyatlarni mujassamlashtirgan. Quyidagi jadvalda oltmish yillik Xitoy davriy kalendaridagi yillarning nomlanishi berilgan.
Oltmish yillik Xitoy davriy kalendari







Fazoviy tarmoqlar




Davr

davriy belgisi

Mu (daraxt)

XO (olov)

Tu (yer)

Szin metall

Shuy(Suv)










Szya

i

Vin

din

U

Szi

gen

Sin

Jen

guy

yer tarmoqlari







1

2

3

4

5

6

7

8

9

10




I

Szi

1




13




25




37




49




Shu (sichqon)

II

Choy




2




14




26




38




50

Nyu (sigir)

III

In

51




3




15




27




39




Xu (yo‘lbars)

IV

Mao




52




4




16




28




40

Tu (quyon)

V

Chen

41




53




5




17




29




Lun (ajdarxo)

VI

Si




42




54




6




18




30

She(ilon)

VII

U

31




43




55




7




19




Ma (ot)

VIII

Vey




32




44




56




8




20

Yan (quyon)

IX

Shen

21




33




45




57




9




Xoy (maymun)

X

YU




22




34




46




58




59

Szi (tovuq)

XI

Syuy

11




23




35




47




59




Goy (it)

XII

Xay




12




24




36




48




60

Chju
(CHo‘chqa)


Yupiterning 12 yillik harakat yo‘li 300 dan qilib, 12 bo‘lakka bo‘lingan va har bir bo‘lagiga “fazoviy tarmoq” deb ataluvchi o‘n ikki oyning belgilari qo‘yib chiqilgan. Keyin milodning boshlarida bu belgilarga hayvonlarning nomlari qo‘shib qo‘yilgan. Bular Quyoshning yillik ko‘rinma harakati yo‘lida joylashgan ushbu yulduz turkumlari egallagan hududlarga mos keladi: hamal, savr, javzo, saraton, asad, sunbula, mezon, aqrab, qavs, jadiy va hut.
Sharqiy Osiyo mamlakatlari “fazoviy tarmoq”, “yer tarmoqlar”i belgilaridan tashkil bo‘lgan yilni o‘z ichiga olgan siklik jadval kalendarini tuzganlar1. Mazkur kalendar ma’lum yil “fazoviy tarmoq”ning vertikal ustuni va “yer tarmog‘i”ning gorizontal yo‘li kesishgan katakda joylashib, qo‘shma “quyon-olov”, “maymun-metall” yoki “olov-suv” kabi nomlar bilan ataladigan bo‘lgan va aynan shu nomlarga mos ravishda, 60 yildan so‘nggina qaytarilgan 60 yillik siklga ega bo‘lgan bu kalendar hozirgi kunda Xitoy, Yaponiya, Koreya, Vyetnam va Mongoliyada qo‘llaniladi. Xitoy va Koreyada “fazoviy tarmoq”ni tashkil etgan unsurlar ikkilamchi ijobiy va salbiy xususiyatlarga ko‘ra ikkiga bo‘lingan holda, Yaponiyada ular yosh xususiyatlarga ko‘ra katta va kichik nom bilan, Mongoliyada esa besh unsur faqat ranglar bilan ko‘k (ba’zan yashil), qizil, sariq, oq va qora bilan qo‘llanilgan2.



  1. Zardo‘sht quyosh kalendari. VII asrda Zardo‘sht quyosh kalendarining isloh qilinishi. Xorazm quyosh kalendari.

Eron, Markaziy Osiyo hududida zardushtiylik dini shakllangach, Navro‘zga bu dinga xos urf-odat va an’analar kirib, uni diniy bayram sifatida o‘tkazish odatga aylangan. O‘sha davrda zardushtiylik mafkurasiga mos keladigan kalendar ijod qilishgan, uning oxirgi islohoti Sosoniylar sulolasidan bo‘lgan Yazdigird davrida amalga oshirilganligi uchun Yazdigird kalendari deb nomlangan. Bu kalendar 365 kunlik Quyosh (shamsiya) kalendari bo‘lib, uning 12 oyi 30 kundan 360 kun bo‘lgan, qolgan 5 kuni hech bir oyga kirmagan, bu 5 kun 21 martda kiradigan yangi yil oldidan alohida hisoblangan va bu kunlarda Navro‘z oldidan ibodat qilishgan va tayyorgarlik ko‘rishgan. Yazdigird kalendaridagi oy nomlari uning zardushtiylik mafkursi bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatib turadi. Bu oylarning qadimiy Avestodagi va hozirgi nomlari quyidagicha:
Fravashi (Farvardin) - butun mavjudotning ruhi xudo Axuramazdaning sifatlaridan biri
Ashi Vaxishta (Ordibehesht chinakam) taqvodorlik
Xarvatot (Xo‘rdod) - butunlik va salomatlik xudosi.
Tishtriya (Tir) - Sirius yulduziga zardushtiylar sig‘inganlar
Ameretot (Mo‘rdod) - abadiylik
Xshatra-vara (Shahrevar) - oliy hokimiyat
Mitra (Mehr) - yorug‘lik, ahd va osmon xudosi
Apu (Obon) - suv xudosi
Odar (Ozar) - olov xudosi
Dotush (Dey) - yaratuvchi
Vohu Manoh (Baxmon) - yaxshi fikr
Spenti Omoti (Esfand) taqvodorlik asosiy aqidalardan biri
Zardusht yil hisobi Markaziy Osiyo va Eron xalqlari qo‘llagan eng qadimgi yil hisobidir. Zardusht yil hisobi Quyosh yiliga asoslangan bo‘lib, 12 oydan iborat. Har bir oy 30 kun, yana qo‘shimcha besh kun bor. Bu besh kun alohida oy hisoblanadi. Bu besh kun sakkizinchi oydan keyin qo‘yilgan bo‘lib, shunda to‘qqizinchi oyning boshlanishi Navro‘zga to‘g‘ri kelgan. Kalendardagi 12 ta oyning nomi “Avesto”dagi turli ma’budlarning nomiga borib taqaladi. Oy tarkibiga kirgan 30 kunning ham alohida nomlari bor. “Avesto”ning milodning VI asrda sosoniylar davrida tuzilgan matnida oylar va kunlarning to‘liq nomi ro‘yxati keltirilgan. Biroq ba’zi kalendar atamalari “Avesto” “Gotlar”ida ham uchraydi. Bu kalendar sharqiy Eron va Markaziy Osiyoda miloddan avvalgi birinchi ming yillikning boshlarida tuzilgan va dastlab g‘arbiy Eronda Ahmoniylar davrida rasmiy davlat kalendari sifatida qabul qilingan. Shuning uchun ilmiy adabiyotlarda qadimgi Eron yil hisobi deb ataladi.
Abu Rayhon Beruniy “Xronologiya” asarida zardusht yil hisob miloddan avvalgi 441 yildan boshlangan deb ko‘rsatadi. Zardusht kalendari 365 kun, har biri 30 kundan tuzilgan 12 oy va yana 5 kundan iborat, to‘rt yilda yana bir kun orttirilgan, har to‘rt yilda kabisa yili o‘n ikkinchi oyning oxiriga 5 kun emas, 6 kun qo‘shilgan.
Zardusht yil hisobidan milodning 622 yilgacha ya’ni, islomgacha qo‘llanib kelindi. 632 yilda sosoniy shoh Yazdgird III zardushtiylik kalendarini isloh qiladi.
Zardushtiylar kalendaridagi hafta kunlari nomlarini to‘liq tasavvur etish uchun Andargohga murojaat etish lozim. Andargoh 365 kundan iborat kabisa yili qadimgi sharq halqlarida besh kundan iborat bo‘lgan yohud o‘sha davr haftalari besh kundan iborat edi. Hafta iborasi zardushtiylar kalendariga ko‘ra andargohga to‘g‘ri keladi. Andargoh (hafta)ning har bir kuni Zardusht gotlarining alohida nomlari bilan atalgan.

Download 81.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling