3-mavzu: sharq mamlakatlari xronologiyasi reja


Mesopotamiya kalendarlari


Download 81.89 Kb.
bet3/13
Sana15.06.2023
Hajmi81.89 Kb.
#1478425
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2---mavzu

Mesopotamiya kalendarlari. Miloddan avvalgi 2500 yilda shumerlar Oy-Quyosh kalendarlaridan foydalanganlar. Bobil Xammurapi (mil. av. 1792-1750 y.) hukmronligi davrida nafaqat Mesopotamiyada, balki Old Osiyodagi yirik siyosiy, madaniy markazga aylandi. Xammurapi bir qancha islohotlar, jumladan kalendar islohotini ham o‘tkazib, Ikki daryo oralig‘idagi turli kalendarlarni bekor qilib, Ur shahri kalendarini butun Bobilda yagona rasmiy kalendar sifatida qabul qilindi. Bu kalendar dastlab Oy kalendari bo‘lib, har bir yildagi toq oylar o‘ttiz, juft oylar yigirma to‘qqiz kunlik o‘n ikkita oydan iborat edi. Oylar shunday nomlangan:


1.Nisanu 30 7 Tashritu 30
2. Ayru 29 8. Araxsamna 29
3. Sivanu 30 9. Kislivu 30
4. Duuzu 29 10 Tebetu 29
5. Abu 30 11. Shaabatu 30
6. Ululu 29 12. Addaru 29
Oy nomlari bobilliklarning turmush tarzi bilan bog‘liq edi. “Nisanu”-harakat qilmoq, qadam tashlamoq, “Ayru” - yorqin, yorug‘, “Abu” - adovat, “Tashritu” - boshlanish, “Tebetu” - loyqa, “Shabatu” - vayronagarchilik (yomg‘ir natijasida), “Addaru” - bulutli degan ma’nolarni bildirgan. Bobilliklar kalendardagi “baxtli” va "baxtsiz” kun tushunchasiga katta e’tibor bergan. Ularda dastlab besh, so‘ngra yetti kunlik haftalar bo‘lgan. Besh kunlik hafta “hamushtu” deb atalgan.
Bobilliklar yarim kechani kunning boshlanishi deb hisoblaganlar. Shuning uchun Quyosh botgandan so‘ng yangi Oy ko‘rinishi bilan oyning birinchi kuni boshlangan. Yahudiylar va musulmonlarning ham kalendarlarida ham shu tamoyilga amal qilingan.
Bobilda Hammurapi hukmronligi davrida Oy kalendaridan Oy-Quyosh kalendariga o‘tildi. Xammurapi farmonlaridan birida “Kalendar yilimiz orqada qolib ketmoqda. Shuning uchun keyingi Oy ham eluli (ikkinchi ululi) Oyi hisoblansin. Tishritu Oyi bir Oy keyinga surilsin”,-deb buyruq beradi. Ular aniq hisob-kitoblarsiz qo‘shimcha oylarni joriy qildilar. Ular ikkinchi ululu oyini qo‘shadi. Bobilda bu usul miloddan avvalgi VI asrgacha qo‘llanilgan. Bobilda miloddan avvalgi VI asrga kelib Kleostat siklidan “oktaeterida”dan foydalangan. Unda sakkiz yilda uchta ikkinchi, beshinchi, sakkizinchi yillarda embolistik oylar joriy etiladi. Miloddan avvalgi IV asrga kelib Kleostat siklining o‘rnini Meton sikli egallaydi. Unda har 19 yilda 7 ta (3, 6, 8, 11, 14, 17, 19 yy.) embolistik oy joriy qilinadi. Bobilda Oy-Quyosh yili 22 mart 20 aprel oralig‘ida boshlangan. Keyinchalik Mesopotamiyada Bobil kalendari keng tarqalgan. Ushbu kalendarni miloddan avvalgi XII asrda Ossuriya, keyinroq Ahmoniylar, Salavkiylar, Parfiya davlati qabul qilgan.
Qadimda Bobilda astronomiya fani taraqqiy etgan bo‘lib osmon jismlari harakatini kuzatish maqsadida zikkuritlar bunyod etildi. Miloddan avvalgi 700 yillarda Bobilda astronomiya fanidan “Mulapin” deb nomlangan darslik yaratiladi. Bobilda dastlabki vaqtlar eradan foydalanmagan. Voqealar podsholarning hukmronligi davriga qarab hisoblangani bois noqulayliklarni tug‘dirgan. Bobilda qabul qilingan dastlabki eng qadimgi era sifatida Nabonassar erasini (mil. av. 747-743 yillarda hukmronlik qilgan) aytish mumkin. Nabonassar ajdodlaridan qolgan butun yodgorliklarni buzishga farmon berib, yangi erani boshlaydi (bu Yulian kalendari bo‘yicha miloddan avvalgi 747 yil 26 fevralga to‘g‘ri keladi).

Download 81.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling