3-mavzu. Shaxsning bilish jarayonlari. Reja: Bilish jarayonlari va professional faoliyat. 2Diqqat, idrok va ularning xususiyatlari


Download 59.01 Kb.
bet6/10
Sana18.11.2023
Hajmi59.01 Kb.
#1785759
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-mavzu

Anglanganlik qonuni. Oddiy, lekin murakkab qonun, ya’ni berilgan materialni qanchalik chuqur anglasak, shunchalik uni mustahkam xotirada muhrlagan bo’lamiz.

  • Qiziqish qonuni. Anatol Frans: «Bilimlarni yaxshi hazm qilish uchun uni ishtaha bilan yutish kerak» deganda, albatta, materialga jonli qiziqish bilan munosabatda bo’lishimiz, va uni yaxshi ko’rishimiz kerakligini nazarda tutgan.

  • Ilgarigi bilimlar qonuni. Ma’lum mavzu yuzasidan bilimlar qanchalik ko’p bo’lsa, yangisini esda saqlab qolish shunchalik oson bo’ladi. Masalan, ilgari o’qigan biror kitobni qaytadan o’qib, uni yangidan o’qiyotganday his qilsangiz, demak, siz ilgarigi tajribangiz yetishmaganligidan uni yaxshi o’zlashtira olmaganligingizni his qilishingiz mumkin. Demak, eski bilimlar ham tajribaga aylangandagina, yangilariga zamin bo’la oladi.

  • Eslab qolishga tayyorlik qonuni. Biror materialni eslab qolishdan avval, bo’lg’usi aqliy ishga qanday hozirlik ko’rgan bo’lsangiz, shunga mos tarzda eslab qolasiz. Masalan, fizika o’qituvchisining barcha darslari sizga doimo ma’qul bo’lgan bo’lsa, Siz: «Bugun ham yangi narsa o’rganib chiqaman», deb o’zingizni ishontirasiz va oqibatda natija ham yaxshi bo’ladi. Yoki vaqtga nisbatan tayyorlik ham shunday. «Bir amallab imtihon topshirsam, keyin qutulaman», deb darsga tayyorlangan bo’lsangiz, imtihon tugagach, go’yoki miyangizni birov «yuvib qo’yganday» tasavvur hosil bo’ladi. Agar materialni mutaxassis bo’lishim uchun juda kerak, deb umringiz oxirigacha muhimligini anglasangiz, u narsa xotirada muqim saqlanadi.

  • Assosiasiyalar qonuni. Bu qonun haqida eramizdan avval Arastu ham yozgan edi. Qonunning mohiyati shundaki, bir vaqtda shakllangan tasavvurlar xotirada ham yonma-yon bo’ladi. Masalan, ayni konkret xona o’sha yerda ro’y bergan xodisalarni ham eslatadi.

  • Birin-ketinlik qonuni. Xarflarni alfavitdagi tartibida yoddan aytish oson, uni teskarisiga aytish qiyin bo’lganidek, xotirada ham ma’lumotlarni ma’lum tartibda joylashtirishga va kerak bo’lganda, tartib bilan birin-ketin tiklash maqsadga muvofiqdir.

  • Kuchli taassurotlar qonuni. Eslab qolinadigan narsa to’g’risidagi birinchi taassurot qanchalik kuchli bo’lsa, unga aloqador obraz ham shunchalik yorqin bo’ladi. Bundan tashqari, siz uchun ahamiyatli va jozibali ma’lumotlar oqimida eslanayotgan material ham yaxshi esga tushiriladi.

  • Tormozlanish qonuni. Har qanday muayyan ma’lumot o’zidan oldingi ma’lumotni tormozlaydi. Shuning uchun uning o’chib ketmasligi uchun yangini esda saqlashdan avval mustahkamlash choralarini ko’rishingiz kerak.

    Demak, yaxshi kuchli bilimlarga ega bo’lish uchun har bir predmet yoki fanning mavzularini o’ziga xos tarzda yoqtira olish va xotirada saqlash uslublarini ishlab chiqishingiz kerak ekan. Lekin albatta, matematika fanidan keyin fizikani, tarixdan keyin adabiyot fanini, she’r yodlashni uyqu oldidan amalga oshirmaslikni maslahat beramiz. Idrok va xotira jarayonlarining samaradorligi yana bir muhim psixik jarayonga bog’liqki, u ongni u yoki bu idrok qilinadigan va eslab qolinadigan obyekt yohud predmetga yo’naltirib turadi. Bu psixik jarayonni psixologiyada diqqat deb atashadi. Diqqat — shunday psixik jarayonki, u shaxs ongining narsa va xodisalarga yo’nalganligini aks ettiradi. Diqqat ham ta’lim-tarbiya tizimida boshqariladigan jarayondir. Talabalar o’z faoliyatlarida uning salbiy jihatlarini ham bilishlari kerak. Bu birinchi navbatda — parishonxotirlik bilan bog’liqdir. Bu sifat ish va o’qish faoliyatida samaradorlikni pasaytiradi, diqqatning uzoq vaqt davomida jadal bir narsaga qaratishda layoqatsizlikda, tez-tez va oson bo’linib turishida namoyon bo’ladi. Shuningdek, diqqatning xaddan tashqari xarakatchanligi (ko’chuvchanligi) va aksincha, xarakatsizligi (barqarorligi) kabi xususiyatlari ham kuzatiladi. Yuqorida biz alohida ta’kidlagan psixik jarayonlar — idrok, sezgilar, diqqat va xotira obyektiv olamning odam tomonidan aks ettirilishini ta’minlaydi, ushbu mazmunning taxliliy o’zlashtirilishi esa tafakkur jarayoni vositasida amalga oshadi.

    Download 59.01 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling