3-mavzu. Shaxsning bilish jarayonlari. Reja: Bilish jarayonlari va professional faoliyat. 2Diqqat, idrok va ularning xususiyatlari


Download 59.01 Kb.
bet9/10
Sana18.11.2023
Hajmi59.01 Kb.
#1785759
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-mavzu

Tushunchalar — tafakkurning shunday shakli yoki mahsuliki, unda narsa va xodisalarga xos bo’lgan eng umumiy va xarakterli xususiyatlarni o’zida aks ettiradi. Ular umumiy va juz’iy, konkret yoki mavhum bo’lishi mumkin. Masalan, «ong» tushunchasini oladigan bo’lsak, uning eng muhim va boshqa tushunchalardan farq qiladigan jihatlarini ajratishimiz kerak: faqat insonga xoslik, oliy darajadagi aks ettirish, olamni bilish mexanizmi ekanligi va xakozo.
Xukmlar — atrofimizdagi narsalar va hodisalar o’rtasidagi bog’liqlikni aks ettiradi. Masalan, «Inson ongli mavjudot» degan xukm-fikr «odam, inson», «ong» va «mavjudot» tushunchalari o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalab turibdi. Ana shunday hukmlar bizning nutqimizda har kuni juda ko’p ishlatiladi va ular tabiatan turli bog’liqliklarni yo tasdiqlaydi yoki inkor qiladi, rost yoki yolg’on bo’ladi. Shaxsning insoniyligi aslida u ishlatadigan iboralarning qanchalik mantiqqa, hayotiy haqiqatlarga to’g’ri kelishi, argumental ekanligi bilan baholanadi. Doimo to’g’ri, mantiqan fikr yuritgan odamni biz «bama’ni, gapida jon bor, haqiqatgo’y» deb ta’riflaymiz.
Xulosalarmantiqiy tafakkurning yana bir shakli, mahsuli bo’lib, ular fikrlar, xukmlar va tushunchalar o’rtasidagi bog’lanishdan yangi bir fikrlarni keltirib chiqarishni nazarda tutadi. Masalan:

  1. xukm: O’zbekiston — mustaqil davlat.

  2. xukm: Qirg’iziston — mustaqil davlat.

  3. xukm: Qozog’iston — mustaqil davlat.

  4. xukm: Turkmaniston — mustaqil davlat.

  5. xukm: Tojikiston — mustaqil davlat.

Demak, barcha Markaziy Osiyo davlatlari mustaqildir.
Shunga o’xshash biz ba’zan ayrim fikrlardan umumiy bir fikr keltirib chiqaramiz (bu — induktiv xulosa chiqarish), ba’zan esa aksincha, umumiydan ju’ziy — alohida fikr chiqaramiz (fikrlashning bunday xarakati deduksiya deb ataladi). Bundan tashqari, psixologiya bizdagi fikrlash jarayonini ta’minlovchi alohida operasiyalarni ham o’rganadi. Fikrlash operasiyalariga analiz (fikran narsa va xodisalarga taalluqli sifat va xususiyatlarni alohida qilib ajratish, tahlil qilish), sintez (analiz jarayonida ajratilgan qismlarni yana fikran birlashtirish, qo’shish), mavhumlashtirish (alohida biror xususiyatni ajratib, boshqalaridan fikrni chalg’itish, ayrim xossani mavhumlashtirish), taqqoslash (predmetlar va ularga xos bo’lgan xususiyatlarni fikran bir-biriga solishtirish, umumiy va farq qiluvchi jihatlarini topish), umumlashtirish (umumiy va muhim sifatlariga ko’ra predmetlarni guruhlashtirish, umumiylashtirish) kabilar kiradi.

Download 59.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling