3-Mavzu; Suzish texnikasining ilmiy-nazariy asoslari. Suzish mashg‘ulotlarida o‘rgatish metodlari
Download 273.14 Kb. Pdf ko'rish
|
3-маъруза (1)
Atamalar. Ularning ba’zilari haqida fikr yuritamiz.
Gavdaning hujum burchagi – gavdaning bo‘ylama o‘qi bilan harakat yo‘nalishiga o‘tkazilgan to‘g‘ri chiziq o‘rtasida hosil bo‘lgan burchak. Kaftning hujum burchagi – kaftning bo‘ylama o‘qi va suv oqimiga qarshi yo‘nalishni xarakterlovchi chiziq o‘rtasida hosil bo‘lgan burchak. Og‘irlik markazi – suzuvchi gavdasining og‘irlik markazi bilan teng harakatlanuvchi nuqta. Bosim markazi – harakatlanayotgan yoki tinch tanaga suyuqlik ta’siri, teng harakatlanuvchi bosim kuchiga qo‘yiladigan nuqta. Trayektoriya – tana nuqtasini o‘z harakati davomida shartli ravishda tasvirlovchi chiziq. Hujum burchagi tekisligi – harakat trayektoriyasi va tekislik orasidagi burchak. Tekislik – ikkita o‘lchov birligiga ega yuza. Harakatlantiruvchi – harakat kuchini yuzaga keltirish uchun suv bilan birgalikdagi biozanjirning umumlashishi. Harakatlantiruvchi kuchlar – suzuvchini belgilangan yo‘nalishda siljishga moslovchi kuchlar. Qarshilik kuchlar – suzuvchining belgilangan yo‘nalish bo‘yicha harakatlanishiga qarshilik qiluvchi kuchlar. Tortishish kuchi – mushaklarning faol qisqarishi hisobiga tortishish kuchini hosil qiluvchi kuchlar. Tayanch – mustahkam o‘rnashish uchun joy, bog‘lanish; faol o‘rnashish va yordam uchun xizmat qiluvchi vosita. Tayanch ta’siri – harakatlanishdan keyingi natija, harakatlanishdan keyingi tayanch, bog‘lanishdan qaytarish tayanchi. Harakatlanuvchilikning ishchi yuzasi – tayanch bilan harakatlanuvchanlikda bog‘lanish hosil bo‘ladigan yuza. «Midelevo» kesishuv – frontal tekislikdagi suzuvchi tanasining kesishish burchaklari. Sikl – dastlabki holat va tugallanuvchi holatni moslashuvi natijasida takrorlanadigan harakat tizimi. Tezlik darajasi – vaqt birligidagi harakatlar soni. Ritm – harakat tuzilishining kinematik va dinamik elementlarini tartiblashtirish. Shag (qadam) – suzuvchining bir harakat jarayoni mobaynida belgilangan yo‘nalish bo‘yicha siljigan masofasi. Download 273.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling