3-Mavzu; Suzish texnikasining ilmiy-nazariy asoslari. Suzish mashg‘ulotlarida o‘rgatish metodlari


Download 273.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana25.02.2023
Hajmi273.14 Kb.
#1228067
  1   2   3   4
Bog'liq
3-маъруза (1)



3-Mavzu; Suzish texnikasining ilmiy-nazariy asoslari.Suzish mashg‘ulotlarida 
o‘rgatish metodlari. 
Ma’ruza mashg’ulot rejasi. 
1. Suzish texnikasining ilmiy-nazariy asoslari. 
2. 
Asosiy atama va tushunchalar

3. Suzish mashg‘ulotlarida o‘rgatish metodlari 
Suzish texnikasining ilmiy- nazariy asoslari 
Asosiy atama va tushunchalar 
Turli masofalardagi natijalarining darajasi suzuvchilarda suzish texnikasini 
muntazam takomillashtirib borishga ko‘p jihatdan bog‘liq. Mashg‘ulot 
jarayonida ilg‘or texnikani egallash va ijodiy yondashish sportchi 
mahoratining oshishini, suzishning nazariy asoslarini egallash murabbiy ish 
faoliyatining muvaffaqiyatini ta’minlaydi, natijalarning yuqori bo‘lishiga 
imkon beradi. 
Shartli ravishda, ularning ayrimlari, quyidagicha belgilanadi: 
-harakatning bajarilish yo`nalishi; 
-oldinga suzuvchi harakat yo`nalishiga mos yo`nalish;
-oqaga suzuvchi harakat yo`nalishiga qarama-qarshi yo`nalish. Chapga va 
o‘ngga suzuvchining harakat yo‘nalishidan o‘ngga va chapga yo`nalish; 
-pastga – tortishish kuchi harakat yo`nalishiga mos yo`nalish. Yuqoriga-past 
yo‘nalishga qarama-qarshi yo‘nalish. 
Suzuvchining gavda o‘qlari. «Gavdaning bo‘ylama o‘qi» gavdaning taz va 
ko‘krakning o‘rta nuqtalarini birlashtirishdan hosil bo‘lgan chiziqdir. 
«Ko‘ndalang o‘q» – gavdaning bo‘ylama o‘qiga nisbatan, og‘irlik markazini 
chapdan o‘ngga kesib o‘tuvchi chiziq. 
«Vertikal o‘q» – suzuvchi gavdasi orqali yuqoridan pastga o‘tuvchi chiziq. 
Gavdaning yassiligi. «Frontal» – vertikal tekislikda joylashgan suzuvchi 
gaydasining chapdan-o‘ngga kesib o‘tuvchi chiziq. «Gorizontal» – suv tekisligiga 
parallel tekislik. «Saggital» – oldindan orqaga suzuvchi gavdasi bo‘ylab 
o‘tuvchi vertikal tekislik. 

Download 273.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling