3-mavzu. Talab, taklif, bozor muvozanati, elastiklik reja


Narx о‘zgarishining kutilishi


Download 88.14 Kb.
bet9/19
Sana16.11.2021
Hajmi88.14 Kb.
#175228
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
3-мавзу (1)

Narx о‘zgarishining kutilishi. Kelgusida mahsulot narxining о‘zgarishining kutilishi ham ishlab chiqaruvchining bugungi kundagi bozorga mahsulot yetkazib berish xohishiga ta’sir kо‘rsatishi mumkin. Masalan, kelajakda neft narxining keskin pasayishining kutilishi neftning taklifini pasaytiradi.

  • Ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) soni. Tovar ishlab chiqaruvchilar qanchalik kо‘p bо‘lsa, taklif qilinadigan mahsulot miqdori shunchalik kо‘p bо‘ladi. Tarmoqdagi ishlab chiqaruvchilar soni ortib borishi taklifni kо‘paytiradi, chunki tovar ishlab chiqarish kо‘payadi.

    Taklif hajmining о‘zgarishiga tovarning saqlanish xususiyati, saqlash xarajatlari va transport-tashish imkoniyatlari ham ta’sir kо‘rsatadi. Masalan, uzoq vaqt saqlab bо‘lmaydigan qishloq xо‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlari uchun taklif kamdan-kam о‘zgaruvchan bо‘ladi.

    Ishlab chiqarish jarayonining xususiyati, tabiiy resurslarning mavjud darajasi ham taklifga ta’sir kо‘rsatadi. Masalan, narxning о‘zgarishiga javoban ishlab chiqarishni kengaytirish yoki boshqa xil mahsulot ishlab chiqarishga о‘tish imkoniyati mavjud bо‘lsa taklif о‘zgaradi. Qishloq xо‘jaligiga yaroqli bо‘lgan yerlar cheklangan bо‘lsa, uning narxi (renta) qanchalik oshmasin, yer taklifini oshirib bо‘lmaydi.

    Ijodiy kasb soha xodimlarining (masalan, olimlar, shoirlar, yozuvchilar, musavvirlar va boshqalar) mehnat mahsuli va noyob san’at asarlarining taklifi ham noо‘zgaruvchan bо‘ladi.


    Download 88.14 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling